1.2 Xorazm antik davri arxeologik yodgorliklarning o‘rganilishi.
Xorazm vohasida O‗rta Osiyoning eng katta daryosi Amu deltasi
joylashgan. Bu o‗zan juda ham keng bo‗lib, ellik ming kvadrat kilometrga yaqin
maydonni ishg‗ol qilib yotadi. Uning shimoli-g‗arbida Ustyurt tepaligi, sharqda
Sulton Uvays tog‗i hamda Qizilqum, janubda va janubiy-g‗arbda Qoraqum
sahrolari o‗rab olgan.
Amudaryo deltasi butun Evroosiyoda eng katta bo‗lib, Volga deltasiga
nisbatan uch yarim hissa, qadimgi Nil deltasiga nisbatan ikki hissa ko‗proq
maydonni egallaydi. Delta tuprog‗i unumli bo‗lib, dehqonchilik uchun juda ham
qulay
1
.
Antik davr Xorazm vohasining ancha rivojlangan davri hisoblanib, biz buni
yozma va arxeologik materiallar asosida ko‗rishimiz mumkin.
XX asrning 30 yillariga qadar Xorazm vohasida antik davrga oid
tarixiy obidalarda arxeologik qazish ishlari olib borilmasdan asosan
yodgorliklarning o‗rta asr madaniy qatlamlari o‗rganilgan xolos.
Qadimgi
Xorazmda
shahar-davlatchilik
tarixining
o‗rganilish
tarixshunosligini ikki bosqichga ajratish mumkin.
I-Bosqich yozma manbalardagi ma‘lumotlar bo‗lib, XX asrning 30 yillari
o‗rtalarigacha;
II-Bosqich esa XX asrning 30 yil o‗rtalaridan hozirgi kungacha bo‗lgan
tarixiy jarayonni qamrab olgan.
Birinchi bosqichda Xorazm vohasi tarixiga oid ma‘lumotlar Avesto,
yunon va rim, ahamoniylar, Xitoy yozma manbalari, arab sayyohlari va
geogarflari, Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy asarlari, rus tadqiqotchilari
asarlaridagi ma‘lumotlarni qamrab olgan
2
.
Ikkinchi bosqichda o‗zbek va rus tadqiqotchilarining Xorazm vohasida
muntazam ravishda arxeologik izlanishlarining olib borilishi natijasida olingan
ashyolar asosiy manba vazifasini bajargan. Xorazm yodgorliklarini arxeologik
1
Исо Жобборов. Антик маданият ва маънавият хазинаси.Т.,Ўзбекистон,1999.15б.
2
Толстов С.П.Новые материалы по истории культуры древнего Хорезма.ВДИ №2,1946.С.50-55.
13
jihatdan o‗rganish XX asrning 30-yillari o‗rtalaridan boshlanadi va bu ish
hozirgacha davom etmoqda. Tadqiqotda Xorazm vohasining qadimgi davri
qal‘alarining arxeologik jihatdan o‗rganilishi tarixi to‗rt bosqichga bo‗lish
mumkin: urish davrigacha (1936-1940) olib borilgan tadqiqotlar; urishdan
keyingi davrda (1945-1958) olib borilgan tadqiqotlar; 1959-1990 yillarda olib
borilgan tadqiqotlar va mustaqillik yillarida olib borilayotgan tadqiqotlar
1
.
Xorazm yodgorliklarini tadqiq qilishning birinchi va keyingi bosqichlari
akademik YA.G‗.G‗ulomov, S.P.Tolstov va yana ko‗plab arxeologlarning nomi,
hamda Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi faoliyati bilan bog‗liq.Xorazm
vohasidagi tarixiy obidalarni har tomonlama chuqur ilmiy asosda o‗rganish 1936
yilda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi
munosabati jonlanib ketdi.1936-1937 yillari Xorazm vahosida birinchi o‗zbek
arxeologlari YAhyo G‗ulomov va T.Mirg‗iyosovlarning ekspeditsiyasi Mang‗it
qishlog‗i yaqinida Qubatov tepaligidan milodiy I ming yilligi o‗rtalariga mansub
bo‗lgan zardushtiy qabristonini topib, birinchi marta qadimiy islomga qadar
Xorazm yodgorligiga duch keladilar, Geolog Arxangelskiy Xorazmning qadimgi
sug‗oriladigan hududida Jonbosqa‘la, Tuproqqal‘a, Qizilqal‘a, Bozorqqal‘a,
Guldursin qal‘alari to‗g‗risida ma‘lumot berib, ularni xaritaga joylashtirgan,
lekin arxeologik tadqiqiqotlar olib borilmagan. 1937 yildan boshlab Xorazm
vohasida professor S.P.Tolstov boshchiligida Xorazm arxeologik-etnografik
ekspeditsiyasi xodimlari Guldursin qal‘ada dastlabki qazish ishlarini olib bordi.
SHu ekspeditsiyaning ilmiy xodimi A.Terenojkin 1937 yili Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Beruniy va To‗rtkul tumanlarida arxeologik tekshiruv ishlarini olib
bordi. Uning fikricha, Kat qal‘asining qadimgi bo‗lagi bo‗lgan Pilqal‘a o‗ziga
xos qurilishga ega bo‗lib, milodiy III-IV asrlarda vujudga kelgan
2
. Ekspeditsiya
1940 yilda o‗zining asosiy ish hududida – Amudaryoning o‗ng sohilidagi
qadimgi sug‗orma erlarida qazish va qidirish ishlarini olib bordi. 1938 yilda
Tuproqqal‘a shahristoni tekshirildi, u erda so‗nggi antik Xorazm qal‘asi ilk bor
1
Ходжаниязов Ғ.Х.Қадимги Хоразм мудофаа иншоатлари.Т.,Ўзбекистон,2007.22б.
2
Тереножкин А.И. Археологические разведки в Хорезме.СА.М.,1940.-Вып.VI.-С.170.
14
aniqlandi. SHu yili ekspeditsiyaning qidiruv bo‗limi tomonidan Tuproq, Pil
qal‘a qo‗rg‗onlarida arxeologik kuzatuv ishlari olib borildi, sopol idish
qoldiqlari asosida taxminiy sanalari belgilandi. Antik yodgorliklardan
Qo‗yqirilganqal‘a, Qo‗rg‗oshinqal‘a, Bozorqal‘a, Jonbosqal‘a, Qizilqal‘a,
Tuproqqal‘a, Katta va Kichik Qirqqiz, Anqaqal‘a, Qo‗ziqirilganqal‘a
tekshirildi
1
.
Qoraqalpog‗istonning janubiy-sharqiy hududidagi boshqa
yodgorliklarining sxemasi chizildi.
S.P.Tolstov miloddan avvalgi VIII-VII asrlar va antik davrda Xorazmdagi
yirik suvg‗orish kanallarning mavjudligini, qudratli markaziy davlat siyosati
bilan bog‗lab, shu hududda davlat tashkiloti bo‗lmaganda bunday yirik va uzun
kanallarni qazib va ularni saqlab bo‗lmasdi deb to‗g‗ri xulosaga kelganligini
qayd qilishimiz lozim
2
.
Urushgacha bo‗lgan davrda olib borilgan ishlar yakuni S.P. Tolstovning
―Qadimgi Xorazm ‖monagrafiyasida berildi(M.,1948). Hozirgi mezonlarga
ko‗ra juda kam bo‗lgan arxeologik material asosida Xorazm tarixi eng qadimgi
zamonlardan o‗rta asrlargacha davrlashtirib berildi. Antik Xorazm yodgorliklari
tarixiga ayni shu kitobda birinchi darajali ahamiyat qaratildi va mudofaa
inshootlarining tarixiy sharhi hamda tasnifi keltirildi. Antik Xorazm
yodgorliklarini o‗rganish to‗rt davrga bo‗linadi:
1) uy-joy devorlari bo‗lgan shahriston madaniyati (mil.avv.VI-IV asrlar). 2)
―Qanxa‖ madaniyati (mil.avv.IV asr -mil.I asr).
3) ―kushonlar‖ madaniyati (mil.II-III asrlar).
4) ―kushon-afrig‗‖ o‗tish madaniyati (mil.III-V asrlar)
3
.
YUqorida keltirilgan yodgorliklarni arxeologik o‗rganish bosqichlari
yildan-yilga ko‗lami kengayib boradi. Olimlarimiz tomonidan antik davrning
o‗zi ham alohida davrlashtirilishi, bu albatta o‗rganishda bir qancha
qulayliklarni yaratdi. SHu o‗rinda bu hududda tadqiqot ishlari olib borib
Xorazm tarixining yoritilishiga o‗z hissasini qo‗shgan olimlar va ularning
1
Ходжаниязов Ғ.Х.Қадимги Хоразм мудофаа иншоатлари.Т.,Ўзбекистон,2007.23-24б.
2
Толстов С.П. Древности Южного Хорезма.М.,Наука,1948.С.341.
3
Ходжаниязов Ғ.Х.Қадимги Хоразм мудофаа иншоатлари.Т.,Ўзбекистон, 2007.25б.
15
xizmatlari haqida ham to‗xtaladigan bo‗lsak. A.I.Terenojkin Quyi Amudaryo
havzasida arxeologik qidiruv ishlarini olib borib,qadimgi davrga mansub
Jonbosqal‘a,
Tuproqqal‘a,
Qo‗yqirilganqal‘a
yodgorliklari
to‗g‗risida
ma‘lumotlar beradi
1
.
S.P. Tolstov o‗zining tadqiqotlari natijasini bir qator ilmiy adabiyotlarda
nashr qilish bilan Xorazm tarixini yoritishda alohida o‗rin egalladi
2
.
YA.G‗ulomov tadqiqotlari qadimgi Xorazmda sug‗orilish madaniyati,
Xorazm qishloq va shaharlarini,etnik jarayonlar, davlatchilik masalalari
arxeologik ashyolar va yozma manbalardagi ma‘lumotlar asosida keng ko‗lamli
tarzda yoritgan
3
. Xorazmning sug‗orilish tarixi bilan bog‗liq keyingi tadqiqotlar
B.V. Andrianov ishlarida chuqur o‗z aksini topdi
4
. YU.A. Rapoport Xorazm
ekspeditsiyasi o‗z faoliyatini to‗xtatgach, e‘lon qilinmagan materiallar asosida
quyi Amudaryo havzasida ilk davlatchilik va urbanistik jarayonlarga oid qator
ishlarni e‘lon qildi
5
. Amudaryoning o‗ng sohillari yodgorliklaridan biri
Tuproqqal‘ada E.E.Nerazik ham tadqiqot ishlarini olib borib, milodiy III-asrga
oid yangi ashyolarni topib o‗rgandi
6
. B.I. Vaynberg qadimgi Xorazm tangalari
haqida asar yaratdi
7
. Ushbu monografiyada Xorazmning mil. avv. II asrdan
milodiy IX asrlargacha bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi numizmatik materiallar
asosida yangicha talqin qilindi.
Xorazmning qadimgi tarixini yangi ma‘lumotlar bilan boyitishga V.N.
YAgodin, M. Mambetullaev, G. Xodjaniyazov, E. Bijanov, YU.P. Manilov kabi
mahalliy arxeologlar ham o‗zlarining salmoqli hissalarini qo‗shdilar. V.N.
YAgodinning ilmiy ishlari keng qamrovli bo‗lib, istiqlol yillarida olim qadimgi
1
Тереножкин А.И. Археогические разветки в Хорезме СА,№ 6 1940 г.
2
С.П.Толстов Последам древнохорезмийской цивилизации М.,Наука,1948г.
3
Я.Ғуломов Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т.,Фан,1956 й.
4
Андрианов Б.В. Проблема происхождения ирригационного земледелия и современные археологические
исследования.1968. С. 16–25; Ўша муаллиф. Древние оросительные системы Приаралья. М., 1969.
5
Рапопорт Ю.А. Краткий очерк истории древнего Хорезма // Приаралье в древности и средневековье.М.,
1998.С.28–39; Ўша муаллиф. Хорезм в древности // В низовьях Окса и Яксарта. Образы древнего
Приаралья. М., 2000. С.15–68.
6
Е.Е.Неразик Сельское жилище в Хорезме (I-XIVвв) из истории жилища и Семиь Археолого-
этеографические очерки ТХАЭЭТ-IX.М.,Наука.1976г.
7
Вайнберг. Б.И. Монеты древнего Хорезма. М., Наука, 1977.
16
Xorazm shaharsozligi va ilk davlatchiligi tarixining qator jihatlariga
bag‗ishlangan ishlarini e‘lon qildi.
XX asrning 80-yillaridan boshlab janubiy Xorazmda keng ko‗lamda
arxeologik tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar G. Xodjaniyazov va
S.Bolelov qadimgi Xorazmning antik davr yodgorliklarini o‗rganish
ishiga katta hissa qo‗shdilar va qadimgi Xorazm shaharsozligi va moddiy
madaniyatiga oid boy arxeologik ma‘lumotlarni qo‗lga kiritdilar.
Mazkur adabiyotlardagi ma‘lumotlarni tahlil qilish orqali Amudaryoning
o‗ng sohilidagi sug‗orish sistemalari hamda yodgorliklardagi o‗ziga hoslikni
ko‗rish mumkin.
YUqorida Xorazmning davrlashtirilgan antik davrini keltirdik va shu
asosda antik davrning o‗ziga xos rivojlangan davri, bu kangyular ta‘siridagi
antik davr va kushonlar ta‘siridagi antik davr hisoblanadi. Biz buni yodgorliklar
misolida o‗rganishimiz mumkin.
1938-1939
yillarda
S.P.
Tolstov
boshchiligidagi
ekspeditsiya
Jonbasqal‘ada, 1951-1957 yillarda Qo‗yqirilganqal‘ada o‗z ishlarini olib bordi
va mil.avv. IV-I asrlarga tegishli ekanligi aniqlandi, hamda topilgan
materiallarda kangyuylar ta‘siri seziladi.
Katta va kichik Qirqqiz qal‘alari dehqonchilik hududlarini himoya qilish
uchun strarategik punktdagi chegara qal‘a sifatida barpo etilgan.
G‗.Xodjaniyazov shaharni qazish vaqtida qo‗lga kiritilgan sopol ma‘lumotlariga
suyanib, yodgorlikning qurilish sanasini mil.avv. IV-III asrlar bilan belgilaydi
1
.
Xorazmning eng go‗zal yodgorligi, eramizning dastlabki asriga tegishli
ya‘ni kushonlar gornizoni hisoblangan, Ayozqal‘a kompleksining dastlabki
arxeologik xarakteristikasi 1941 yilda S.P.Tolstov tomonidan beriladi. Xalq
afsonasida bu qal‘a qahramonining nomi bilan Qirqqiz qal‘asida o‗zining qirqta
dugonasi bilan birga istiqomat qiluvchi malikaning visoliga etishmoq uchun
kurashgan qul Ayoz nomi bilan bog‗lanadi
2
.
1
Ходжаниязов Ғ.Қадимги Хоразм мудофаа иншоатлари.Т.,2007.30-31б.
2
Толстов С.П. Қадимги Хоразм маданиятини излаб.Т.,Фан,1964.29б.
17
Janubiy Qoraqalpog‗istonning ―qadimiy sug‗orma erlari‖da to‗rtta
yodgorlik topilgan. Bulardan uchtasi antik yodgorlik:
1.
Milodiy I-II asrlariga mansub Ayozqal‘a-3dagi katta bino;
2.
Ayozqal‘a-3 yaqinidagi miodiy II asrga oid dehqon qo‗rg‗oni;
3.
Qadimgi Xorazmning ilk qo‗rg‗onlaridan biri –―qadimgi sug‗orma
erlar‖ning eng sharqiy chegarasida joylashgan Jonbosqal‘a xarobalari
1
.
1940 yil urushdan avvalgi qazishmalar olib borilgan oxirgi yil bo‗lib, 1939
yilda topilgan neolit davri makoni Jonbosqal‘a-4 ni qazishga, katta Tuproqqal‘a
qadimiy shahrini dastlabki qazish va o‗lchash ishlari bilan yakunlandi.
Dastlabki to‗rt yil davomida dala sharoitida olib borilgan ishlar vaqtida
to‗plangan materiallar juda ko‗p bo‗lib, 1500 kilometrdan ortiq masofada olib
borilgan ishlar natijasida 400 tacha yangi yodgorliklar toptldi, shulardan 14 tasi
ozmi-ko‗pmi intensiv ravishda qazib ko‗rilgan
2
.
1945 yili Jonbos-4 makonidagi qazishma ishlari tamomlanib, Jonbosqal‘a
atroflarida neolit va bronza davriga oid juda ko‗p yangi makonlar topilgan,
Tuproqqal‘ada yangi ishlar olib borildi hamda ma‘lum mashrut bo‗ylab
Qoraqalpog‗istonning shimoliy sharqiga razvetka uyushtirildi.
Jonbosqal‘a tepaligining janub tomonida yassi qum pastekisligi bor,
pasttekislik janubdan sharqqa tamon cho‗zilib ketgan taqirlar bilan tugagan. Bu
erda uchib turgan qumlar bag‗rida Xorazm ibtidoiy madaniyatiga oid juda ko‗p
makonlar mavjud, 1945 yilda ―Jonbos‖ degan umumiy nom ostida 18 ta shunday
makon topilgan. Bu makonlarning o‗rganilishi 1939 yildan boshlab va undan
keyingi yillarda davom etadi.
1946 yil iyulida antik davrga mansub ulkan Tuproqqal‘a qadimiy shaharida
qazish ishlari avj olib, uch mavsumda 1938, 1940 va 1945 yillarda o‗tkazilgan.
Arxeologlar Tuproqqa‘a qazishmalarini yanada kengroq olib bordilar. Bu
yodgorlikni tekshirish yuzasidan olib borilgan ishlarga asoslanib, Tuproqqal‘a
milodiy III-IV asrlariga tegishli ekanligi aniqlandi
3
.
1
Толстов С.П. Қадимги Хоразм маданиятини излаб.Т.,Фан,1964. 41б.
2
Ўша асрда 42б.
3
Толстов С.П.Қадимги Хоразм маданиятини излаб.Т.,1964.28б.
18
XX asrning birinchi choragidagi arxeologik ishlar natijasida qasrning
anchagina qismi qazib ochildi. Keyingi qazishmalar tufayli ko‗pgina yangi va
kutilmagan kashfiyotlar qilinishi mumkin bo‗lsada, qilingan ishlarning o‗ziyoq
yodgorlikning xarakteri to‗g‗risida ma‘lum tasavvurga ega bo‗lish imkonini
beradi. SHundan keyin Tuproqqal‘ada qazishma ishlari to 1950 yilga qadar
davom etib, saroy binosi to‗liq qazib ochildi. Milodiy III va IV asrlari oralig‗ida
o‗tgan Xorazmshohlarga mansub arxivni topilishi muhim ahamiyatga egadir
1
.
So‗nggi kushon davriga tegishli Kat qal‘asi haqidagi muhim tarixiy
ma‘lumotlar YA.G‗ulomovning ―Xorazmning sug‗orilish tarixi‖ asarida
berilgan.
O‗rta asrining yirik tarixchi geografi, sayyoh Ibn Havqal: ―SHahar qal‘a va
qo‗rg‗ondan iborat edi. Uning o‗rtasida Jardur kanali kesib o‗tar edi. Bozorlari
obod, savdo-sotiq qizg‗in edi‖, deb yozgan.
Ammo S.P.Tolsovning mil.avv. birinchi asr oxirlarida Xorazm qudratli
kushon imperiyasiga kiradi degan xulosasi o‗z tasdiqini topmadi. Xorazmning
Kushon davriga oid tarixi juda xam noaniq. Ammo bu davrda Xorazmda
kushonlar tangasi uchrashiga qaraganda Xorazm Kushon imperasi tarkibiga
kirgan deb faraz qilingan. Xozir milodning birinchi asrlariga oid Xorazm
tangalari ma‘lum bo‗lib, bu o‗z navbatida Xorazm mustaqil davlat
bo‗lganligining belgisidir.
Lekin kushonlar imperiyasi davrida din, arxektura va san‘at sohasida ro‗y
bergan o‗zgarishlar Xorazm madaniyatiga xam ta‘sir etadi. SHuningdek,
qadimgi Baqtriya (Termiz yaqinidagi Ayritom yodgorligi), Toxariston
(Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Bolaliktepa yodgorligi) madaniyati
xam Gandxara san‘ati an‘analarining bevosita ta‘siri ostida taraqiy qilgan.
Natijada Xorazmda uchraydigan kushon davri haykalchalaridagi kiyim va
bezaklariga Gandxar san‘atining ta‘siri sezilib turadi. YAngi tipdagi
1
Исо Жоборов. Антик маданият ва маънавият хазинаси.Т.,Ўзбекистон.199.93б.
19
haykalchalar hind kiyimlaridagiday ochiq bo‗lib, bu hol uning budda obrazlari
bilan bog‗liq ekanligini ko‗rsatadi
1
.
Xorazm
arxeologiya
– etnografiya ekspeditsiyasining topografik
tekshiruvlar bo‗limi xodimi B.V.Andrianov tomonidan 1956 yilda sug‗orish
inshootlari bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar jarayonida Beruniy tumanidagi
Ozod jamoa xo‗jaligining shimoliy-sharqidagi baland qizilqum barxanlari
orasida Oqchaxon yodgorligi ochilib,topografik xaritaga tushirildi va antik
davriga oid baholandi. Arxeolog G‗.Xodjaniyazov 1982 va1985 yillari
Oqchaxon qal‘asida qisqa mudatli tadqiqot ishlarini o‗tqazdi.Natijada qal‘aning
mil.avv.IV-III asrlardan milodiy III-IV asrlargacha aholi yashagan inshoot
ekanligi, uning ikki qismdan iboratligi, o‗sha davrdagi eng katta qal‘a
bo‗lganligini aniqladi
2
.
Zero, mamlakatimiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan bu
borada chet ellik olimlar bilan hamkorlik ishlari uchun keng yo‗l ochildi.
So‗nggi o‗n yildan ortiq davr ichida o‗zbekistonlik olimlarning AQSH,
Fransiya, YAponiya, Rossiya, Germaniya kabi o‗nlab xorijiy davlatlar
mutaxassislari bilan birgalikda olib borayotgan tadqiqoq ishlari bunga dalil
bo‗ladi.O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‗iston bo‗limi Tarix,
arxeologiya va etnografiya instituti bilan Avstraliyaning Sidney universiteti
olimlari hamkorlikda Beruniy tumani Toshxirmon vahosida olib borayotgan
ishlar ham xalqaro xamkorlikning bir ko‗rinishidir.
Professor V.N.YAgodin va professor A.Betslar rahbarligidagi bu
ekspeditsiya tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida Oqchaxon
qal‘aning miloddan oldingi IV-III asrlarda Xorzm vohasidagi eng katta shahari
ekanligi to‗g‗risidagi yuqorida aytilgan fikrlar to‗la tasdiqlandi
3
.
SHuningdek, bu masala 2000 yilning oktyabr oyida Qoraqapog‗iston
Respublikasi Ellikqal‘a tumani Bo‗ston shahrida va Beruniy tumanida
1
Исо Жобборов Фанга бағишланган умр.Т.,Фан,1987.20б.
2
Андрианов Б.В. Древние орасительные системы Приаралья.М.,Наука,1969.С.135.
3
Ягодин, Беттс, Ходжаниязов и др., 2006-Ягодин В., Беттс А., Ходжаниязов Г., Кидд Ф., Амиров Ш.,
Искендерова А. Археологические исследования на городище Казахлыяткан(Ахшахан).//Археологические
исследования в Узбекистане 2004-2005годы.Т.,Фан.
20
o‗tqazilgan
―Jahon
madaniyat
tarixi
tizimida
Qadimiy
Xorazm
sivilizatsiyasining o‗rni‖ mavzusidagi xalqaro simpoziumida va ―Qadimiy
Toshxirmon vohasi arxeologiyasi‖ dala seminarida V.N.YAgodin va
G‗.Xodjaniyazovlar tomonidan bayon etildi. Muhokamada qatnashgan
simpozium ishtirokchilaridan O‗zR FA Arxeologiya institutining direktori,
professor
SHirinov,
fransiyalik
P.Lerish
,t.f.n.
K.Abdullaevlar
Oqchaxonqal‘aning mil.avv. IV-III asrlar - mil. IV asr boshlaridagi Xorazmning
poytaxti bo‗lganligini ta‘kidladilar.
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, Xorazm vohasida keng miqiyosda
olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida to‗plangan va O‗zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda arxeologik guruhlar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida miloddan avvalgi IV milodiy IV
asrlarga mansub arxeologik ashyolar, bugungi kunda antik davr tarixini yangi
ma‘lumotlar bilan boyitmoqda hamda jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy va
madaniy rivojlanish jarayonini, tarixiy-siyosiy harbiy vaziyatni, tarixiy
jarayonlar oqibatida vujudga kelgan mudofaa inshootlari hamda shaharsozlik
madaniyati tarixini o‗rganishda muhim manba hisoblanadi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |