Хudoynazarova sayyora ravshanovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari”


BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MASHG’ULOT JARAYONIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHGA UMUMIY TAVSIF



Download 0,71 Mb.
bet18/36
Sana24.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#223769
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Sayyora .....

2 BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MASHG’ULOT JARAYONIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHGA UMUMIY TAVSIF
2.1 Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri ekanligi
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy sifatlar bola organizmining morfofunksional, psixofiziologik va biologik xususiyatlari bilan bog’liqdir. Jismoniy sifatlarni, harakat ko’nikmalarini o’rgatish bilan birgalikda tarbiyalash bolanining takomillashuviga, tanasining sog’lomlashuviga, hissiy ruhining ko’tarilishiga ta’sir ko’rsatadi, bolalar harakatlarni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq, oson bajarilishiga, yuqori natijalarga erishishga intiladilar, ijobiy mustaqillik ko’rsatadilar.
Asosiy jismoniy sifatlarning /tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va egiluvchanlik/ rivojlanishi harakat malakalarining shakllanishi bilan uzviy bog’liq. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar qat’iy izchillikda va harakat ta’siri murakkablashtirilgan holda jismoniy tarbiya darslari tarkibiga, o’yin soatlariga, sport mashqlariga hamda o’quvchilarning maktabdan va sinfdan tashqari sport tadbirlari tarkibiga kiritiladi. Harakat ko’nikmalarini shakllantirishga e’tibor ayniqsa maktab kun tartibida olib boriladigan jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlari davomida amalga oshirilishi kerak. Mashg’ulot jarayonida o’tkaziladigan harakatli o’yinlar, mashg’ulotni boshlanishidan oldin o’tkaziladigan ertalabki gimnastika, sayrlar, sog’lomlashtirish tadbirlarning barchasi jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga imkon yaratadi. Har bir jismoniy sifat uchun alohida o’ziga xos mashqlar majmuasi tanlanadi va maxsus usulda bajartiriladi.1
Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolatini yuksaltirish masalalari hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. «Jismoniy tarbiya va sport to`g’risidagi» qonunda ta’kidlanishicha, «Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar va talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollikka ehtiyojni shakllantirish umumo`rta ta`lim muassasalari va o`quv yurtlarining ustun vazifasi bo`lib hisoblanadi».
O`zbekiston Respublikasining 2015 yil 4 sentyabrda «Jismoniy tarbiya va sport to`g’risidagi» qonunnini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bunda bolalar va o`smirlar jismoniy taribiyasi kontseptsiyasiga yondoshilib, uzluksiz ta’lim tizimida respublika aholisining ko`p millatliligiga tayangan holda har bir millatning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy talablari hisobga olingan.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bu boradagi muhim qarashlardan biri O`zbekistonda ilk bor «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»i hamda «Ta’lim to`g’risida»gi qonunning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega.
Insonning taraqqiy etishida, shakllanishida faol harakat, ayniqsa, jismoniy harakat eng muhim omillardan biridir. Bir qator olimlarning tajriba va kuzatuvlaridan ma’lumki, optimal harakatlanish bolalarning jismoniy rivojlanishi va qobiliyatining oshishi uchun imkon yaratadi.
Ikkinchi guruh olimlarning ta’kidlashicha, har bir inson maktab yoshigacha bo`lgan davrda o`tkaziladigan jismoniy tarbiya asosida rivojlanish, jismoniy kamolotga erishish va eng muhimi, salomatligini mustahkamlash uchun o`ziga zamin tayyorlar ekan. Uchinchi guruh olimlar va amaliyotchilarning fikricha, bolalarni har tomonlama tarbiyalash, ularda ma’naviy, axloqiy fazilatlarni va jismoniy sifatlarni shakllantirish, oliy his-tuyg’ularni tarkib toptirish uchun maktabgacha tarbiya davri eng qulay davr deb hisoblanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalarning funksional tayyorgarligini ilmiy tekshirish natijasida jismoniy mashqlar organizmning rivojlanishida hal qiluvchi ro’l o`ynashi tasdiqlangan.
Ko`pgina olimlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatadi-ki, shaxsning jismoniy shakllanishi va jismoniy tayyorgarlik dinamikasi o`quvchining mexnat qila olish qobiliyati darajasi hamda doimiy bajariladigan jismoniy mashqlar xususiyati va hajmiga bog’liqdir.
Agar harakatchanlik haddan tashqari oshirilsa, jismoniy mashqlarning foydasi pasayadi va organizmga salbiy ta’sir etadi, harakatchanlikning haddan tashqari oshishi yosh shug’ullanuvchilarga qattiq ta’sir ko`rsatadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni uyg’un rivojlantirish, har tomonlama jismoniy tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat tashkilotlari g’amxo`rligida, ularning kuch-g’ayratlari bilan amalga oshiriladi. Hozirda bolalarni axloqan va jismonan tarbiyalashda ota-onalar hamda pedagoglar jamoasining hamkorligi ijobiy yakun berishi bir qancha olimlarning ishlarida yoritilgan.2
Shunday bo`lishiga qaramasdan, Yu.Kirilova (24) ko`rsatishicha, maktabga (1 - sinfga) kelgan 75-90% bolalarning 55-60% suvda suzishni, 20-25% konkida uchishni, 10-15% ikki g’ildirakli velosipedda uchishni, hattoki oddiy sport elementlari va harakatlarini bajarishni bilmaydi, 20-25% koptokchani yerga urib yurishni, 30% bolalar arqonchasida sakrashni uddalay olmaydi. Bularni bajara oladiganlari ham afsuski, ancha sust harakatlanadi. Bu ma’lumotlar o`z-o`zidan bolalarning jismoniy rivojlanishi past darajada ekanligidan dalolat beradi.Bunday holatlarning kelib chiqish sabablaridan biri bu kichkintoy bolalarda jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlar ahamiyati to`g’risida bilim yo`qligi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga yetarlicha imkoniyat yaratilmaganligi, ota-onalarning minimum pedagogik bilimlarga ega emasligi hamda davr talabiga moslab kichkintoylar jismoniy tarbiyasi takomillashtirilmaganligidadir. Bu muammolarni hal etish uchun pedagoglar jamoasi hamda har bir tarbiyachi yoki o`qituvchidan o`quv jarayoni boshlanishi kunlaridanoq ota-onalar bilan uzviy bog’lanishda bo`lishni talab qiladi.
I.Xijeva (46) ta’kidlashicha, maktabgacha tarbiya muassasalarida ko`zlangan maqsadlarga erishish uchun kun tartibini: dam olish, ovqatlanish va hokazolarni to`g’ri tashkil etish lozim. Bola oiladan to`g’ri bog’chaga kelar ekan, oilada tarbiyalanayotgan bolaning ham harakat malakalarini takomillashtirib borish zarur. Bunda har bir ota-ona, ayniqsa, yosh oilalar bola tarbiyasiga, uning sog’ligini mustahkamlashga ko`proq e’tibor berishi zarurligi ko`p yillik tadqiqot ishlaridan ko`rish mumkin. Sog’lom avlod tarbiyasini to`g’ri yo`lga qo`yish, uyda ota-onaning, bog’chada pedagoglar jamoasining va sog’liqni saqlash tizimi xodimlarining muqaddas burchlaridir.
Bo`lajak avlod - davlat boyligi. Agar oila sog’lom va mustahkam bo`lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla yurt mustahkam bo`lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero oila farovonligi milliy farovonlik asosidir. Insoniyat ko`p yillar davomida yosh avlodni sog’lom tarbiyalash masalasiga ham ijodiy, ham amaliy yondashib kelgan. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy «Odam uchun doim harakatda bo`lish - hayotlikdan asardir, jonsiz mavjudotlar - tiriklik nishonasidan behabardirlar», - deganida, u ming karra haqdir. Darhaqiqat, inson hayotining negizini kuch-quvvat, sog’liq va harakat tashkil etadi. Tana nechog’lik sog’ bo`lsa, ko`ngil shunchalik osoyishta, ravshan, xushfe’l va xushchaqchaq bo`ladi.
N.T.Lebedeva, V.I.Glayzerov, K.N.Boldina, L.M.Mikevich, L.I.Shiropanova- larning tadqiqotlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyaga oid mavjud dasturlar bu boradagi vosita va uslublarning yangi zaxiralarini, o’yin faoliyatida harakat faolligi hajmini kengaytirishda foydalanish imkoniyatlarini to’liq darajada hisobga olmasligini ko’rsatadi.
Buyuk o`zbek mutafakkiri Abu Ali Ibn Sinoning hayot namunalari va bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlari biz uchun asos qilib olinsa foydalidir. Uning oila tarbiyasi to`g’risidagi fikrlari chuqur mazmunga va katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini quyidagi so`zlaridan bilib olish mumkin: «Bolaning xulqini mo`’tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Bunga esa bolani qattiq g’azablinishda, qo`rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Xulqning mo`tadilligi natijasida ham nafas, ham badan sog’lom bo`ladi». Abu Ali Ibn Sino tarbiya jarayonida shaxsiy namuna bo`lish usuli g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligini qayta-qayta uqtirib o`tgan.
Mutafakkir olim Abu Rayxon Beruniy ham o`z asarlarida oila tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarash lozimligi to`g’risida uqtirgan.
Beruniy o`zining oila tarbiyasi haqidagi risolalarida ota-onalar va tarbiyachilar obro`sining bolaga ta’sir etish kuchi haqida fikr yuritgan. Oilada ota-ona bolaning ko`z o`ngida o`z obro`siga qanchalik ega bo`lsa, tarbiya shunchalik samarali natijalar beradi. Dono xalqimizning dono naqli bor: «Sog’ tanda – sog’lom aql». Chindan ham jismoniy va ruhiy sog’liqning aloqadorligi bolalarda yaqqol bilinadi. Bola organizmining barcha fiziologik funksiyalari bir me’yorda kechganda, u jismonan sog’lom bo`ladi.
B.B. Kipchanov, L. Kandalova, B. Oreshina Daniyeva kabi ayrim tadqiqotchilar ta’kidlaganlaridek, harakatli o’yin jarayonida bolalar to’g’rilik, samimiylik, qo’llab-quvvatlash, yordam berish, baxslashishga o’rganadilar. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalar ko’pincha yetakchi hakam ro’llarini o’ynashlariga to’g’ri keladi, bu esa tashkilotchilikka oid bilim va malakalarning to’planishiga yordam beradi. Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlar harakatli o’yinlar katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar harakat faolligining almashtirib bo’lmaydigan vositasi ekanligi haqida xulosa qilishga imkon beradi. Bunday o’yinlar shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgan turli xil metod va usullardan kompleks foydalanishning barcha imkoniyatlariga ega.
Ma’lumki, maktabgacha yosh — bu shaxsning rivojlanishi uchun ajoyib bosqich. Aynan ana shu bosqichda bolada atrof olam haqidagi tushuncha shakllanadi, uning aqliy va ruhiy rivojlanishi kuzatiladi, bola miyasining funksional imkoniyatlari esa 6-7 yoshgacha ayniqsa jadal rivojlanadi. I.P. Voloshinaning ko’rsatishicha, mashg’ulotlarni o’yin shaklida tashkil etish o’yinning, jumladan, sport o’yinlarining (futbol, xokkey, chillak va b.) elementar malakalarini egallash uchun qulay sharoit yaratadi. Jismoniy ta’lim mashg’ulotlarining o’yin shakli bolaning harakat faoliyatiga kuch baxsh etadi, unga mavzu va vazifa o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi, tashabbus va mustaqillikni rivojlantiradi, harakatlarni bir necha marta bajarish uchun sharoit yaratadi. Shuni ta’kidlash muhimki, o’yin shaklidagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining dasturi 3-4 yoshli bolalar uchun ishlab chiqilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, 5-6 yoshidagi bolalar uchun sport yo’nalishidagi milliy va harakatli o’yinlardan foydalanishni hisobga olib, bugungi kungacha bunday dastur ishlab chiqilmagan. 5-6 yoshli bola tabiiy imkoniyatlarining namoyon bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu paytga kelib bola qobiliyatlarining rivojlanish ko’rsatkichlari yetarlicha yuqori darajaga yetadi, ko’pchilik bolalarda ma’lum turdagi faoliyatni aniq tanlash xususiyati kuzatiladi. Shu bilan birga, bola nafaqat sevimli ish bilan shug’ullanishga qiziqish va xohishini namoyon qiladi, balki uning natijasiga yetarlicha jiddiy va qiziqish bilan qaraydi. Agar avvalgi bosqichlarda faoliyat bola tomonidan faqat shu faoliyatning o’zi uchun boshlangan bo’lsa, endi bola ushbu faoliyat muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ko’p kuch sarflagan holda unda natijaga erishish uchun intiladi. Bu yuqorida bayon etilgan shartni ta’minlovchi milliy va harakatli o’yinlardan foydalanishga bevosita aloqadordir. S.L.Rubinshteynning fikricha, bola o’yinlarining mavzusi qandaydir natija yoki manfaatli samaraga ega bo’lish emas, balki o’yin jarayonida u his qiladigan kechinmalardir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun bolalar bog’chalari yangi bir jamoat joyi hisoblanadi.
Bolalar bog’chalarga tez o`rganib ketishlari uchun ularning hayoti va faoliyati to`g’ri tashkil etilishi lozim.
Jismoniy tarbiya maqsadi sog’liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tayyorgarlikni oshirishga, yoshlarni mehnat va mustaqil O`zbekistonni himoya qilishga, mustaqil Respublikaning obro`sini ko`tarishga, dong’ini jahonga taratishga qaratilgandir.
O`zbekiston xalqi o`zligini tanib, mustaqillikni qo`lga kiritgach, hamma sohada bo`lganidek, jismoniy tarbiya va sportda ham milliy an’analar va tarixiy shuhratning davomchisi, ko`paytiruvchisi bo`lishi shubhasiz. Go`zal mamlakatimizni himoya qiluvchi askarlar, O`zbekiston bayrog’ini xalqaro musobaqalarda baralla yuqoriga ko`tarishga erishadigan olimpiyachilar hozirgi kunda bolalar muassasalarida tarbiyalanmoqda.



    1. Бошлангич синф укувчилардаlarida jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o’yinlarni ahamiyati va o’yinlarni turkumlanishi.

Harakatli o’yinlarning aksariyati chetdan kirib kelib, ular milliylashib ketgan. Chunki, ularning mazmun, maqsad va mohiyatlari yurtimizning iqlim sharoitlari, aholining ijtimoiy mehnat va turmush madaniyatiga mos keladi. Shu sababdan harakatli o’yinlar tarkibida uchraydigan boshqa millatlarning harakatli o’yinlari haqida fikr-mulohazalar yuritilsa ajablanmaslik zarur. Harakatli o’yinlar metodikasi fani bir necha quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

  • maktabgacha ta’limda harakatli o’yinlar;

  • umumiy o’rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiyasida harakatli o’yinlar;

  • talaba yoshlar va axoli o’rtasidagi harakatli o’yinlar;

  • sportdagi harakatli o’yinlar;

  • sog’ligida nuqsoni bo’lgan shaxslar jismoniy tarbiyasida harakatli o’yinlar.

Milliy va harakatli o’yinlarini quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:
1. Tabiat manzaralari, fanlar bilan bog’liq o’yinlar. Bunga “Ko’chat o’rnat”, “Kartoshka ekish”, “Yomg’ir”, “Ayoz bobo” kabilarni na’muna qilib ko’rsatish mumkin. Ularning mazmuni va o’yin holatlari (joylar, bajarilish tartiblari, qoidalar). Tabiatning go’zalligi, ob-havoning o’zgarishi, sovuq va yomg’irlardan saqlana bilish kabi harakatlar asosida shug’ullanuvchilarning hushyorlik, chaqqonlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlari va insonning aqliy fazilatlarini tarbiyalashda xizmat qiladi.
2. Hayvonot olami bilan bog’liq o’yinlar, “Qushlar prr etib uchdi”, “Kalhat keldi, qoch bolam”, “Bo’rilar va ovchilar”, “Zovurdagi bo’rilar”, “G’ozlar”, “Tulki bilan xo’roz”, “It va qarg’a” va shu kabi juda ko’p o’yinlarda o’zaro munosabatlar, yaxshilik va yomonlik, o’zini ehtiyot tutish kabi fazilatlar bilan birgalikda barcha jismoniy sifatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi. Shu asosda bolalarda hayvonot olamiga bo’lgan qiziqish, parrandalarni asrash kabi his-tuyg’ular uyg’onishi mumkin.
3. Mehnat bilan bog’liq o’yinlar. Inson faoliyati aqliy va jismoniy mehnat bilan belgilanadi.ularni harakatli o’yinlar mazmunida ham uchratish mumkin.
Aqliy mehnatga doir o’yinlar turkumiga “Sanash o’yinlari”, “Sonlarni yozish va o’ylab top”, “Ism yoki buyumlarni ketma ket va aralash turib aytish”, “Sakrab qo’shiq aytish”, “Rasmlarni tez chizish”, “Shakllarni (kubok) joylashtirib o’z holiga keltirish” (shakl yasash) va shunga o’xshash faoliyatlarni aks ettiruvchi o’yinlar kiradi. Jismoniy mehnatni aks ettiruvchi harakatli o’yinlar ham juda ko’p. Ularga “O’tin yorish”, “Poda to’p” (cho’pon), “Qo’sh haydash” (yerni haydash, chopish), “Osilib chiqish”, “Tortilish”, “Yuk ko’tarish”, “Eshak mindi”, “Piyoda poyga”, “Poyezd” va b.q. kiradi. Ularning mazmunida mehnat qilish yo’llari, bajarish usullari hamda chidamlilikni ifoda etuvchi hislatlar mujassamlanadi.3
Umuman olganda milliy harakatli o’yinlarning barchasida aqliy va jismoniy mehnatlar uyg’unlashib, asosan jismoniy barkamollikni tarbiyalashda xizmat qiladi.
4. Ommaviy madaniy tadbirlarda (bayramlar, to’ylar, turli xil marosimlar, sport musobaqalari va h.k) qo’llaniladigan, ya’ni namoyish va musobaqalashish maqsadida murakkab va oddiy harakatli o’yinlar qo’llaniladi. Ular tarkibiga kurash qismlari (elementlari, ot o’yinlari, ko’pkari-uloq, poyga), dorboz, tosh ko’tarish, arqon tortishish, yelka urishtirish, xo’rozlar jangi va h.k. kiritiladi.
5. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi o’yinlar ham har xil turkumlarga bo’linadi. Ularga quyidagilarni namuna qilib ko’rsatsa bo’ladi, ya’ni:

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish