Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimi
Lablarning ishtirokiga ko'ra
|
Lablanmagan
|
Lablangan
|
Tilning tik harakatiga ko'ra
|
Tilning to'g'ri yo'nalishiga ko'ra
|
Til oldi
|
Til orqa
|
Til oldi
|
Til orqa
|
Tor
|
|
i
|
bl
|
ii
|
u
|
O'rta keng
|
|
e
|
|
ø
|
0
|
Keng
|
|
a
|
|
a
|
|
:<’ Ycma qarang: MaxMyaoB A. TjiacHbie yrbeKCKoro jiuTcparvpuoro HJbixa. - T.: «ct>an», 1968, c. 33.
Yuqoridagi jadvaldan quyidagilar ma’lum boiadi: a) hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning kontrast juftlari mavjud: i-bi, ü-u, e-o, e-a kabi; b) lablanmagan unlilar 3 ta emas, 4 ta (i, e, e, bi); d) lablanganlar esa 5 ta (ü, u, e, o, a);
Professor O. Azizov hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmini quyidagicha tasnif qiladi [4, -20-21]:
Tilning ko ‘tarilishi va uning tanglay tomon yaqinlashuviga ko ‘ra:
til oldi (oldingi qator) unlilari — i (b), e;
til orqa (orqa qator) unlilari — bi (b), a,"u, o;
Lablarning holati va ishtirokiga ko‘ra:
lablangan — u, ü, o, e;
lablanmagan — e (ä), a, o (ä), i (b), bi.
Tilning ko‘tarilishi va og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra:
tor unlilar — i, bi, u, ü.
o'rta keng unlilar — e, o, ö.
keng unlilar — e (ä), a, o (ä).
Yuqoridagi tasnifni xulosalab, muallif shunday deydi: «Hozirgi zamon o'zbek adabiy tilida oltita unli fonema bo'lib, ularni belgilariga ko'ra jadvalda shunday ko'rsatish mumkin [4, -21]:
Tilning ko'tarilish o'rniga ko'ra
|
Til oldi (oldingi ) qator
|
Til orqa qator
|
Labning holati va ishtirokiga-ko'ra
|
Lablanma-
ganlar
|
Lablan
ganlar
|
Lablanma-
ganlar
|
Lablan
ganlar
|
Tilning ko'tarilish va og'izning ochilish darajasiga ko'ra
|
|
|
|
|
Tor unlilar
|
i
|
ii
|
bi
|
u
|
O'rta keng unlilar
|
e
|
ö
|
-
|
0
|
Keng unlilar
|
a (ä)
|
-
|
a, o (ä)
|
-
|
Risoladan keltirilgan bu ma’lumotlami (tasnif va jadvalni) quyidagicha sharhlash mumkin: o'zbek adabiy tili vokalizmi 6 unlidan iborat, ammo ularning nutqdagi real ko'rinishlari (demak, ottenkalari) ancha ko'p. «Ularni belgilariga ko'ra jadvalda shunday ko'rsatish mumkin» deyilganda ayni shu ottenkalar nazarda tutilgan bo'Isa kerak.
Professor M. Mirtojiyevning «0‘zbek tili fonetikasi» o'quv qo'llan- masida ham bu masala o'zgacha yoritilgan. Unda tor unlilarga i, b, i, u, bi, u, ü, o'rta keng unlilarga 3, e, o, o, keng unlilarga esa e, ä, ä, o 54 tovushlari kiritilgan. Tilning yonlama harakatiga ko'ra ular old qator (i, n, ü, e, e, a) va orqa qator (b, bi, u, o, a) tiplarga, lab ishtirokiga ko‘ra esa lablangan (ü, u, e, o) va lablanmagan (i, n, e, a) tiplarga bo‘lingan. Bu tasnifda ruscha o‘zlashmalarda qo‘llanadigan i, bi fonemalarining o‘zbek tili vokalizmi tarkibida berilganini ko‘ramiz [16, -16—20].
Shunday qilib, o‘zbek adabiy tili vokalizmining tasnifi va tavsifi masalalari hozircha ancha munozarali bo‘lib qolayotganligini anglash qiyin emas. Bunday munozaralarga sabab bo'layotgan omillar qatorida quyidagilar bor: 1) eski o'zbek adabiy tili vokalizmiga xos 9 unlili tizimning hamda shu tizimga xos kontrast juftliklarning (i-bi, ü-u, a-a, e-o kabi oppozitsiyalarning) hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida ham saqlanganligini asoslashga intilish; 2) qipchoq lahjasi shevalari vokalizmiga xos fonologik xususiyatlarning hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida borligini asoslash harakati; 3) fonemalar o'rnida ularning ottenkalarini (allofonlari, variatsiyalarini) ko'rsatish holatlarining mavjudligi; 4) quyi keng «o» fonemasining lablanish-lablanmaslik belgisiga berilayotgan tavsiflarning har xilligi va boshqalar21.
Do'stlaringiz bilan baham: |