Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Betaraflik  (neytralitet)



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

9 -§ .  Betaraflik  (neytralitet)
Betaraflik  (neytralitet)  urush  huquqining  eng  qadim iy  institutlari- 
d an   biridir.  Ayni  ch o g 'd a  hozirgi  zam on  xalqaro  huquqida  u  bir  qator 
yangi jih atla r bilan  boyidi.  Betaraflik  xalqaro  g u m an itar  huquq  instituti 
sifatida,  a w alo ,  davlat  aholisini  qurolli  m ojarolar bilan  bog'liq  falokat- 
Iardan  him oya  qilishga  qaratilgan  vosita  hisoblanadi.
0 ‘z  ichki  qonunchiligiga  m uvofiq,  Shveytsariya,  Avstriya  va  M alta 
doim iy  b etaraf b o 'lg an   va  bu  boshqa  m am lakatlar to m o n id an   tan  olin­
gan.  M oldova  va  T urkm aniston  ham   o 'z   betarafligi  haqida  m a ’lum   qil­
gan.
U rush  davrida  b etaraf  davlatning  vazifasi  urushayotgan  to m on lar- 
ning  birontasiga  faol  ko'm aklashishdan  tiyilish  va  ular  bilan  m unosa- 
b a td a   yagona  an d o zalarg a  am al  q ilishdan  ib o ratd ir.  B etaraf  davlat 
urushayotgan  davlatlar  bilan  savdo-sotiqni,  shu  jum ladan ,  harbiy  so­
h ada  savdo  qilishni  to'xtatishga  m ajbur em as.  Savdo  borasida  cheklash- 
lar joriy  etilgan  hollarda bunday  davlatlar barch a urushayotgan  tom o n- 
larga  bir  xil  m unosabatda  bo'lishi  zarur.  B etaraf  davlat  o 'z   hududida 
urushayotgan  to m o n lam in g   yollash  punktlarini  joylashtirish  huquqiga 
ega  em as,  am m o  o ‘z  fuqarolari  ularning  qurolli  kuchlariga  ko'ngilli 
b o 'lib   kirishini  m an  etishga  m ajbur  emas.
B etaraf davlatning  o 'z in i  m udofaa  etish  zarurati  yuzasidan  amalga 
oshirgan  harbiy  harakatlariga  dushm anlik  harakati  sifatida  qaralm aydi.
Dengiz  urushida betaraflik bilan bog'liq quyidagi  ikkita asosiy m uam - 
m o  yuzaga  keladi:
1)  b etaraf davlatning  savdo  m unosabatlari  va  m anfaatlariga  nisba­
ta n   urushayotgan  davlatlar  huquqi;
2)  b etaraf davlatning  o 'z   yurisdiksiyasi  doirasida  vaqtincha  bo'lgan 
va  urushayotgan  to m o n la r  kem alariga  nisbatan  huquqi.
D engizdagi  qurolli  m ojarolarda  dengiz  qam ali  qo'llan iladi,  ya’ni 
p o rtlar  yoki  dushm an  to m o n n in g   qirg'oqbo'yi  chiziqlari  izolyatsiyala- 
n ad i.  Q am al  sam arali  am alga  oshirilishi,  k em alar  q atn ovin i  to 'sib  
qo'yishga  qodir jiddiy  g'ov  bo'lishi  zarur.  B etaraf  kem alar  qam al  zo- 
nasiga yaqinlashganda tintuv qilinishi,  qamal tartibini buzganda esa qo'lga 
olinishi  m um kin.  Jahon  urushlari  yillarida  qam al  dengiz  izolyatsiyasi 
rejimi  bilan  alm ashtirildi.  1945-yildan  keyin  ham   qam al  e’lon  qilish 
hollari  uchrab  tursa-da,  ulam ing  birontasi  tegishli  talablarga javob  ber- 
m as  edi.  M asalan,  P okiston  bilan  o 'z a ro   urush  davrida,  1971-yilda 
H indiston  dushm an  portlariga  nisbatan  qam al  e ’lon  qiladi.  A m m o  b un­
day  m aqsad  uchun  ajratilgan  kem alar  m iqdori  qam alni  samarali  amalga 
oshirish  talablariga  m utlaqo javob  berm as  edi.  1962-yili  AQSH  Kubaga 
sovet  raketalari  yetkazib  berilishiga  yo'l  qo'ym aslik  m aqsadida  keng 
m iqyosdagi  qam al  uyushtirdi.  Q am al  tinchlik  davrida  am alga  oshirilga-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni  u ch u n   g‘ayrihuquqiy  bo'lib,  bunda  kuch  ishlatm aslik  prinsipi  buzil- 
ganini  kuzatish  m um kin.
Q am al  xalqaro  iqtisodiy sanksiya sifatida  ham   qo 'llan ilad i.  1990-yili 
B M T ning  Xavfsizlik  Kengashi  Iroqdan  neft  eksport  qilishga  barham  
berish  uch un  harbiy  dengiz  kuchlaridan  foydalanish  vakolatini  bergan.
D engiz  akvatoriyasida  davlatning  b arch a  hud u d lari  u chu n  um um iy 
bo'lgan   rejim   am al  qiladi.  Agar  b etaraf davlat  hududiy  dengizi  haqida 
gap  borayotgan  b o'lsa,  u  holda  bu  h udud  harbiy  h arakatlar  teatriga 
aylantirilishi  m um kin em as.  D ushm anning t a ’qib etilayotgan  harbiy  k e­
masi  b e ta ra f davlat suvlariga kirgan taqdirda,  uni t a ’qib etish to'xtatilad i.
Havo  bo'shlig'ida
  harbiy  harakatlar  olib  borish  to 'g 'risid a  maxsus 
konvensiya  m avjud  emas.  U rushayotgan  to m o n la r  b etaraf  davlatning 
havo  b o 'sh lig 'i  daxlsizligini  hurm at  qilishga  m ajbur.  U rushayotgan  dav­
latga  m ansub  sam olyot  b e ta ra f  d av latn in g   havo  b o 'sh lig 'ig a  kirgan 
taq d ird a,  b e ta ra f  davlat  uni  chiqarib  yuborishi  yoki  uning  bortidagi 
shaxslam i  kelgusida  m uayyan  hududga  joylash tirish   uchun  sam olyotni 
qo'n ish g a  m ajbur  qilish  m aqsadida  o 'z   im koniyatidagi  choralarni  ishga 
solishi  shart.  M uayyan  hududga joylashtirish  chorasi  sam olyotning  m aj­
buriy  q o 'n ish   hollarida  ham   qo'llaniladi.  H a tto   ochiq  dengizda  b etaraf 
kem a  bortiga  chiqarib  olingan  halokatga  u ch rag an   sam olyot  ekipajiga 
nisbatan  ham   m uayyan  hududga joylashtirish  chorasi  am al  qiladi.
B etaraf davlat  urushayotgan  davlatlarga  aviatsiya  texnikasini  yetka- 
zib  berish  huquqiga  ega  em as,  am m o  u  xususiy  firm alam ing  bunday 
faoliyatini  taqiqlashga  m ajbur  emas.
U rushayotgan  davlatlarning  b e ta ra f  d av latlar  fuqaro  aviatsiyasiga 
nisbatan  nazorat  faoliyati  b etaraf davlatlarning  dengiz  kem alariga  nis­
batan qo'llaniladigan  nazoratga o'xshashdir.  F uq aro  sam olyoti tekshirish 
uchun  q o 'n ish g a  tak lif etilishi  m um kin.  A gar  sam olyot  betaraflik  qo i­
dalariga  m os  kelm aydigan  faoliyat  bilan  m ashg'ul  b o 'lsa,  uni  m usodara 
etish  m um kin.
U rushayotgan  davlat  hududida  joylashgan  b e ta ra f davlat  fuqarolari 
xalqaro  g u m an itar  huquqqa  muvofiq  m ahalliy  aholiga  nisbatan  alohida 
im tiyozlarga  d a ’vo  qila  olm aydilar.  S hu  o 'r in d a   u lam i  b etaraf  davlat 
diplom atik  him oyaga  olish  im koniyati  m avjudligi  ham   katta  aham iyat 
kasb  etadi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish