Modal so`zli so`z birikma: Buning hokim bo`lagi vazifasida modal so`zlar keladi: o`zingda yo`q, olamda yo`q.
So`z birikmalari, tobe bo`lagining sintaktik tabiatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
To`ldiruvchili so`z birikmalari: Oyni etak bilan yopib bo`lmas.
Aniqlovchili so`z birikmalari: To`za qalbda dog` bo`lmas.
Holli so`z birikmalari: Or- nomusga soqchi bo`lar aql har dam.
N a z o r a t s a v o l l a r i:
1. So`z birikmasining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. So`z birikmasi tarkibidagi hokim bo`lakning ifodalanishiga ko`ra turlarini misollar yordamida tushuntirib bering.
3. So`z birikmasi gap va turg`un birikmalardan qaysi xususiyatlariga ko’ra farqlanadi?
4. So`z birikmasining tuzilishiga ko`ra qanday turlari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |