Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sodda gap sintaksisi)” fanidan O`quv uslubiy мajmua


Gaplarning voqelikka munosabat jihatidan turlari



Download 4,03 Mb.
bet94/231
Sana11.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#341952
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   231
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sodda gap s

Gaplarning voqelikka munosabat jihatidan turlari. Gaplar voqelikka munosabat jihatidan tasdiq (bo'lishli) gaplar va inkor (bo'lishsiz) gaplarga bo'linadi: tasdiq gaplar va inkor gaplar.

Tasdiq gaplar borliq hodisalari orasidagi munosabatning mavjudligini ifodalaydi, inkor gaplar esa bunday munosabatlarning mavjudligini inkor qiladi. Qiyos qiling: Yomg'ir yog'di- Yomg'ir yog'madi. O'zbek tilshunosligida ba'zi tasdiq gaplarda inkorning yashirin ifodalanish usullari maxsus o'rganilgan. (Lutfullayeva D. Tasdiq gaplarda inkor va shakily-mazmuniy nomuvofiqlik: Filol.fan.nom….dis.avtoref. –Toshkent, 1997,-25 b.) .

Tasdiq va inkor kategoriyalari orasida bog'lanish bor: har qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq ham kelib chiqadi: Zulfiya kamtar. (Demak, maqtanchoq emas.) Zulfiya maqtanchoq. (Demak, kamtar emas.)

Inkor gaplar tasdiq gap asosida maxsus inkor ko'rsatkichlari yordamida hosil bo'ladi, tasdiq gaplar esa bunday ko'rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

Inkor gaplar tubandagi vositalar yordamida hosil bo'ladi:

1) Kesim tarkibida kelgan -ma shakl yasovchi, emas va yo'q so'zlari orqali: Buni u menga shu paytgacha aytgan emas ( "Mushtum"). Azizlar! Sizlar begona yurtga kelganlaringiz yo'q ( G`.G`ulom).

2) Maxsus inkor ifoda qiluvchi so’zlar orqali: Kesimlar inkor shaklda keladi: Tashqarida hech kim ko’rinmas edi.

3) Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali: Osmonda na oy , na yulduz bor. ( S. Ahmad).

Gapda ikki inkor vositasining qo'llanishi tasdiq mazmunini beradi: Men yangi kitoblarni o'qimay qo'ymayman. Bizning sayohatga borish fikrimiz ham yo'q emas.

Ritorik so'roq va undov gaplarning ba'zi tiplarida kesim inkor formasida bo'lsa ham, gapda tasdiq anglashilishi mumkin: Mayin shabada kimga yoqmaydi?! (Hammaga yoqadi.)




Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish