Taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar, obrazga taqlid so‘zlar.
Konversiya va uning ko‘rinishlari. So‘z turkumlarining o‘zaro bir-biriga ko‘chishi. Mustaqil so‘z turkumlari va yordamchi so‘z turkumlarida ko‘chish hodisasi.
XI bob. Sintaksis
Sintaksis predmeti. Sintaksis grammatikaning so‘zlar va gaplarning o‘zaro aloqasini, gap bo‘laklari, so‘z birikmalari, gap va nutqning yirik parchasi bo‘lgan matnni o‘rganuvchi bir qismi. Sintaksisning morfologiya, leksikologiya va fonetika bo‘limlari bilan bog‘liqligi. Sintaksisning tarkibiy qismlari. Sintaktika, semantika va pragmatika. Sintaktik aloqa vositalari:formal vositalar, leksik-grammatik vositalar, pozitsion vosita va intonatsion vosita.
Sintagmatik va paradigmatik munosabatlar. Shakliy va mazmuniy sintagmatik munosabat.
Do'stlaringiz bilan baham: |