Savol:
Sintaksisning asosi- gap haqidagi ta’limot. Sintaksis tilning morfologiya, leksikologiya va
fonetika bo‘limlari bilan bog‘liqligi. Sintaksisning bosh birligi – gap. So‘z birikmasi – gapning
tarkibiga kiradigan yordamchi birlik.
1. Sintaktik munosabatlarning turlari.
Sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga
bo‘linadi: predikativ va
nopredikativ
Predikativ bo‘linish gap qurilishi asosi (grammatika markazi/ komponentlari (ega va
kesim)ning sintaktik munosabatidir. Bular orqali gap hosil qilinadi. Misol: Men ishga kecha
chiqdim. (shaxs va sonda moslashayapti).
Nopredikativ boғlanish bunday xususiyatga ega emas. Teng boғlanish (teng sintaktik
munosabatda bo‘lish, so‘zlar shuningdek, qo‘shma gaplarning predikativ komponentlari
orasidagi biri ikkinchisiga bo‘ysinmagan, teng aloqasini ko‘rsatuvchi munosabat:o‘qituvchi va
o‘quvchi, qo‘nғiroq chalindi va dars boshlandi va ergash boғlanish (bunda biri hokim va
ikkinchisi tobe bo‘lgan so‘zlar o‘zaro aloqaga kirishadi: Salimni ko‘rdim) nopredikativ
boғlanishning bir turlaridir.
Morfologik shakllar umumiy grammatik ma’no va oraliq grammatik ma’no masalasi
tadqiqotlarda birmuncha kengroq o‘rganilgan. Biroq ularning oraliq grammatik ma’nolarini
farqlashda sathlararo munosabatlar masalasini o‘rganish ham muhimdir. Morfologik shaklni
sintaktik qolip nutqqa olib kiradi va lug‘aviy hodisalar deganda ayrim leksemalargina emas,
balki, leksemalarning guruhlari, birliklarning kategorial guruhlari ma’nolari ham tushuniladi.
Sintaktik hodisalarning vujudga kelishi, asosan, leksik va morfologik asosdadir.
Sintaksi
1
sning asosiy birligi bo‘lgan gap mohiyatining «mayl-zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor
ko‘rsatkichlari bilan shakllangan mustaqil so‘zlar» tarzida ta’riflanishining o‘ziyoq bu sathlar
orasidagi aloqadorlik darajasini yaqqol namoyon qiladi. Biroq bu sintaksisda u morfologiya va
leksikadan xoli qilinsa, hech narsa qolmaydi degan «hayratomiz» to‘xtamga olib kelmasligi
kerak. Zero, «morfologik shakllangan mustaqil so‘z» uchun bulardan tashqari, kesimlik
pozitsiyasi ham talab qilinadi. Aks holda «qo‘ydi-chiqdi eskidan qolgan odat» kabi birikuvlarda
morfologik shakllangan so‘z (qo‘ydi-chiqdi) har doim ham kesim bo‘laverar edi.
Sintaksisda semantik-funksional shakllangan gaplarning vujudga kelishi sof leksik
asoslarda bo‘lib, sintaktik hodisalar farqlanishida leksika ustuvorlik kasb etadi va buning
hisobiga morfologiyaning passivlashishi kuzatiladi.
Gap va so‘z kengaytiruvchilarining o‘zaro farqlanishi, asosan, morfologik asoslarda
bo‘lib, ba’zi o‘rinlarda so‘z semantikasiga tayanish zarurati tug‘iladi. Uzoq vaqtlardan beri
munozara bo‘lib kelayotgan to‘ldiruvchi va holni farqlash masalasida grammatika hech qanday
rol o‘ynamaydi, bunda farqlovchi mezon sifatida leksik omilga asoslanish zarur va yetarlidir.
Sintaksisda oraliq shakl muammosi qo‘yilgan. Tadqiqotchilar oraliq bo‘g‘in deganda,
lisoniy sintaktik qolipning sintaktik sathdan quyidagi, nutqiy sathgacha bo‘lgan bo‘linishlarini
nazarda tutadi. Biroq oraliqlanish uzluksiz bo‘lib, u [W + W] umumiy sintaktik qolipidan
muayyan gaplargacha cheksiz davom etadi.
Sintaktik qoliplarda ham sathlarning hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Leksika, asosan,
sintaktik qoliplarni to‘ldirish va ba’zan oraliq qoliplarni farqlash bilan mashg‘ul bo‘lsa,
morfologik vositalar, asosan, qoliplarni shakllantirish va farqlash mas’uliyatini zimmasiga oladi.
Demak, lisoniy sistemaning voqelanishida sathlarning uzviy aloqasi juda zich bo‘lib,
bunda ularning hamkorligi turli daraja kasb etadi. Leksikaning morfologiya va sintaksis bilan
aloqalari nisbatan kuchsiz bo‘lsa, morfologiyaning leksika va sintaksis bilan aloqasi o‘rtacha,
sintaksis uchun esa leksika va morfologiya hamkorligi o‘ta muhimdir.
Ko‘makchilar lisoniy mohiyatining nutqiy voqelanishida sathlar hamkorligi alohida o‘rin
tutadi. Ayniqsa, sof va vazifadosh ko‘makchilarning qo‘llanishlarida sathlarning hamkorligi
yaqqol farqli ko‘rinishlar asosida namoyon bo‘ladi.
Til hamisha iste’molda bo‘lgan jamiyat a’zolari tomonidan misoli ulkan ummon bo‘lib,
iste’molchilar undan til qonuniyatlari asosida foydalanadi, unga shumg‘iydi, qidirgani va
topganicha dur-u zar topadi.
Tilshunoslar tilni o‘rganish borasida keyingi paytlarda alohida-alohida o‘rganilgan til
birliklarini umumlashtirish, ularning ichki va tashqi imkoniyatlarini
hisobga olgan holda
tekshirish
, ma’lum paradigmalarga birlashtirish, o‘xshash va farqli xususiyatlarini qiyoslab
o‘rganish, zamonaviy tilshunoslik yutuqlari asosida xulosalash bosqichiga o‘tishmoqda.
Ma’lumki, o‘zbek tili lisoniy tizimi yaxlitligida so‘zlarni bog‘lovchi vositalar o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, grammatik ma’no ifodalash, so‘zlarni o‘zaro teng yoki tobe holda
bog‘lash, nutqqa kiritish, gap bo‘laklari mavqeini ta’minlash, tobe-hokimlik munosabatini saqlab
turish, til uslublari uchun imkoniyat yaratish, nutqiy tejamkorlikni ta’minlash, tilning ontolik
xususiyatlarini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlarni bog‘lovchilar sintaktik
vositalar hisoblanib, ular so‘z birikmasi va gap tuzish jarayonida tayanch vazifa
bajaradi. Kelishik shakllari, egalik shakllar
1
i, ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar
(nokategorial shakllar) va boshqalar so‘zlarni bog‘lovchi vositalar hisoblanib, nutqda o‘rni bilan
vazifadosh til birliklari sifatida namoyon bo‘ladi.
Bunday so‘z-shakllar turli lisoniy sathlarga tegishli bo‘lib, so‘zlarni bog‘lash vazifasi
yuzasidan o‘z lisoniy sathida ichida ichki, o‘z lisoniy sathidan tashqarida (so‘zlarni bog‘lovchi
vositalar bilan birgalikda) tashqi paradigmalarda gradual munosabatda ishtirok etadi. Bu esa
tilning yaxlit tizim ekani, undagi birliklar esa doimo gradual munosabatda yashashini ko‘rsatadi.
Til eng muhim aloqa vositasi hisoblanadi, aloqa esa keng ma’noga ega. Jamiyat a’zolari
o‘zlari uchun doimo tilga ehtiyoj sezishadi. Tilsiz jamiyat a’zolari hayotini tasavvur ham qilib
bo‘lmaydi. Biroq yozuv, imo-ishora kabi bir necha aloqa vositalari bo‘lsa-da, ular tiling
vazifasini to‘liq bajara olmaydi. Shunday ekan, til jamiyatda aloqa vositasini bajarishi jihatidan
ham muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlarni bog‘lovchi vositalarlarning so‘z birikmasi va gap
tuzish jarayonida aloqa vazifasini bajarishi yuqoridagi fikrga qiyoslanganda ular orasida
aloqadorlik mavjudligi ravshanlashadi. Zeroki, so‘zlarni bog‘lovchi vositalarsiz so‘zlar
tizimining fikr ifodalashini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, so‘zlarni
bog‘lovchi vositalar tilda o‘ta muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi. Aloqa vositasi vazifasini
bajarishda muhim vosita hisoblangan til va so‘zlarni bog‘lovchi vositalarning oraliq
bo‘g‘inlari
aniqlanib
, to‘ldirilsa, aytish mumkinki, bunda ham til tizimining yana bir gradual
munosabati tiklanadi.
Sintaksisning asosi – gap haqidagi ta’limot. Sintaksis grammatikaning so‘z lar va
gaplarning o‘zaro aloqasini, gap bo’laklari, so‘z birikmalari, gap va nutqning yirik parchasi
bo‘lgan matnni o’rganuvchi bir qismi. Matn (tekst) o’z ichida qism, abzas – grafik ajratmalardan
tashkil topishi, ba’zan o’z sarlavhalariga ega bo’lishi, nutqning matn tusida namoyon
bo’lishi.Matnning turlari: mikromatn va makromatn. Sintaksis tilning morfologiya, leksikologiya
va fonetika bo’limlari bilan bog’liqligi. Sintaksisning bosh birligi – gap, so‘z birikmasi –
gapning tarkibiga kiradigan yordamchi birlik. Gapning sintaktik birliklari. Gapda so‘z larni
biriktirish vazifasini bajaruvchi vositalar: so‘z formalari (sintaktik affikslar), yordamchi so‘z lar
(sintaktik – leksik vosita), tartib va intonasiya ekanligi. Sintaktik aloqaning turlari: predikativ
aloqa va nopredikativ aloqa. Predikativ aloqa gapni, nopredikativ aloqa so‘z birikmasini hosil
qilishi. So‘z larning atributiv, obyektli va relyativ munosabatda bo’lib, so‘z birikmasini tashkil
qilishi. Predikativ munosabatning gapni tashkil qilishi. Gap tarkibidagi so‘z lar orasida ikki xil
sintaktik aloqa (tenglanish va tobelanish) ning mavjud ekanligi. Tenglanish gap tarkibidagi teng
bo’laklar (uyushiq bo’laklar) va teng huquqli gaplar orasida bo’lishi, teng qismlar orasida teng
bog’lovchilar va tenglanish intonasiyasining mavjud bo’lishi. Tobelanish hokim va tobe qismlar
orasida, teng bo’lmagan qismlar orasida bo’lishi. Tobe aloqaning ko’rinishlari: moslashuv,
boshqaruv, bitishuv. Moslashuv hokim so‘z tobe so‘z bilan shaxs va sonda mos bo’lishi.
Moslashuvning so‘z
birikmasi
, (qaratqich va qaralmish) va ega-kesim munosabatida ko’rinishi.
Moslashuvda ba’zan moslikning buzilishi: stolning yonida, uyning o‘rtasida kabi ot
ko‘makchili
qurilmalarda
, shuningdek “Amir Temur” xiyoboni, “Navoiy” ko‘chasi,
“Mustaqillik” bekati kabi birliklarning bo’laklarga ajratilmasligi. Boshqaruvda tobe so‘z hokim
so‘z talabiga ko’ra ma’lum shaklga kirishi. Hokim so‘z ning ifodalanishiga ko’ra boshqaruvning
uch turga bo‘linishi: fe’l boshqaruvi, ot boshqaruvi, sifat-ravish boshqaruvi. Boshqaruvning
kelishikli va ko’makchili turlari. Bitishuvda so‘z larning shaxs – sonda moslashmasligi, tobe so‘z
ning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum shaklda kelmasligi. Bitishuvda ikki qismning
ko’rsatkichlarsiz qo’llanishi. Bitishuv aloqasidagi qismlarning o’zaro mazmun va tartibga ko‘ra
tobela
1
nganligi.
Morfologiyaning ob’yekti so‘zning grammatik tomonidir, (so‘zning grammatik tomoni
deganda, uning ot, sifat, fe i kabi grammatik kategoriyalarga boiinishi tushuniladi). U so‘zni
tilning grammatik tizimi nuqtai nazaridan tekshiradi. So‘zning morfologik tarkibi deganda
morfologik kategoriyalar, so‘zning morfologik shakllar tizimi, so‘z shakllarining hosil boiish
yoilari, vositalari, so‘zlaming leksik-grammatik kategoriyalari tushuniladi. Morfologiyaning
asosi keng ma’noda shakl yasashdir, so‘zning shaklidir. Fonetikaning asosini unli-undosh,
jaranglijarangsiz kabi fonetik oppozitsiyalar
tashkil qilganidek
, morfologiyaning asosi bir-biriga
zid, lekin o‘zaro bogiangan grammatik oppozitsiyadir (birlik-ko‘plik, boiishli-boiishsiz kabi).
Demak morfologiya so‘z haqidagi grammatik taiimotdir. Morfologiyaning so‘z haqidagi
grammatik taiim ot sifatida ta’riflanishi, uning tekshirish ob’yektlari doirasiga so‘zlaming leksik-
grammatik kategoriyalarga boiinishi - so‘zlaming turkumlanishini ham (ot, fe i kabi) kiritishga
imkon beradi. Morfologiya va sintaksis bir-biri bilan uzviy bogiiqdir. Chunki tilning grammatik
qurilishi yaxlit sistema bo‘lib, u morfologik va sintaktik hodisalardan, ulaming qismlari o‘zaro
munosabatda boigan bir butunlik, yagona sistema hosil qilishidan iboratdir. Morfologiya bilan
sintaksisning yaqin munosabati juda ko‘p hodisalarda sezilib turadi:
1.Gapda so‘zlarning bogianish usullari va aloqa shakilari so‘zning shakliy
1) o‘zgarishi — morfologik o‘zgarishi bilan bogiiq;
2) so‘z turkumlari va grammatik kategoriyalar bilan gap boiaklari orasida bogianish bor, ya’ni
so‘zning qanday gap boiagi vazifasida kelishi uning morfologik shakli bilan belgilanadi;
3) shakl o‘zgartiruvchi affikslar va koinakchilar sintaktik munosabat ifodalaydi;
4) so‘zlarni ot, fe i kabi guruhlarga ajratishning bir asosi ulaming sintaktik belgisidir. Qoilanma
boiajak bakalavrlarga morfemika, so‘z yasalishi va morfologiyadan m aium ot berish uchun
moijallangan.
Biz yuqorida ko’rdikki, grammatikaning o’ziga xosligi leksikadan farqlanuvchi tomoni
uning umumiyligi, umumlashma xarakterda ekanligidadir. Biroq bu umumiylik chek-chegarasiz,
bilib bo’lmaydigan, tushunib bo’lmaydigan umumiylik emas. Grammatikadagi umumiylik
ma’lum shakllardagi, daraja va chegaradagi umumiyliklardir. Ularning ayrimlari muayyan tur,
guruhga oid umumiyliklar bo’lsa, ba’zilari
bir necha tur
, guruhga oid umumiyliklardir. Ular
orasida umuman tilga oid umumiyliklar ham bor. Ana shu umumiyliklar xarakteriga ko’ra
grammatika ikki qismga bo’linadi: morfologiya va sintaksis. Morfologiya grammatikaning quyi
darajadagi umumiyliklarni o’rganadigan qismi va shunday umumiylik darajasidagi hodisalardir.
Morfologiya so’zlarning birikish qonuniyatlari, usullari va bu birikish natijasida yuzaga
keladigan hodisalarni emas, birikishgacha va birikishga tayyor bo’lgan umumiyliklarni
o’rganadi. So’zlarning leksik-grammatik kategoriyalari-so’z turkumlari, so’zlarning ma’noli
qismlari, so’z shakllari, ularning hosil bo’lish yo’llari ana shunday hodisalardir.
Morfologiyada gap tarkibidan ajratib olingan so’zlarning va so’z-shakllarning belgi-
xususiyatlari tekshiriladi. Buning sababi shuki, morfologiyada tilning leksik sathi bilan bog’liq
umumiyliklar ham va sintaktik sath bilan bog’liq umumiyliklar ham va shu bilan birga ayni
morfologiyaning o’zi uchungina xos bo’lgan hodisalar uyg’unlashgandir. Masalan, kitobga so’z
shakli morfologik nuqtai nazardan ot (predmetning nomi) predmet tushunchasi bilan bog’liq,
kitob o’zak; -ga qo’shimcha, konkret ot, yakka ot, turdosh ot,birlikdagi ot, sanaladigan ot,
tushum kelishigidagi ot tavsifiga egadir.
Bu erda kitobga so’zining predmet ma’nosini anglatishi, «predmet» tushunchasi bilan
bog’lanishi uning leksik sath bilan aloqador jihati bo’lsa, tushum kelishigidagi ot ma’nosi uning
sintaktik sathga aloqador xususiyatidir, boshqa belgi-xususiyatlari morfologiyaning o’zi bilan
bog’liq ma’nolaridir. Demak, morfologiyada uch xil umumiylik mujassamlashgan.
1. So’zning bevosita nimani anglatishi,
bildirishi
, bilan bog’liq leksik satxga aloqador umumiy
ma’nosi (predmet, belgi, miqdor, harakat kabilar).
2. So’zning boshqa so’zlar bilan aloqasi, bog’lanishi bilan bog’liq sintaktik sathga aloqador
munosabat, bog’lanish holati bilan izohlanuvchi umumiy ma’nosi.
3. Ayni morfologiya bilan izohlanuvchi umumiy ma’no-xususiyatlar. Shu ma’noda morfologiya,
leksika va sintaksis orasidagi oraliq shakllarni o’rganuvchi oraliqdagi sohadir Grammatikaning
ikkinchi qismi sintaksis esa yuqori darajadagi umumiyliklarni o’rganadi. So’zlarning birikish
yo’llari, sintaktik aloqa va munosabatlar, bular natijasida yuzaga keladigan hodisalar: so’z
birikmasi, so’z tizmasi, gap, gap bo’laklari, qo’shma gaplar, murakkab sintaktik birliklar kabilar
shular jumlasidandir. Sintaksisning o’ziga xos xususiyati uning mustaqil hodisalarning birikishi,
o’zaro munosabati, aloqasi bilan bog’liq hodisalar bilan shug’ullanishidir. Shuning uchun ham u
so’zdan, so’z-shakldan yuqori turadigan umumiyliklarni o’rganadi.
Ularni umumiylashtiradi, umumiy qonuniyatlarni yoritadi
Demak, sintaksisda so’z birikmasi, sodda gap, qo’shma gap, mikro matn kabi sintaktik
birliklar bilan birga, bu birliklarning yuzaga kelish jarayonlari, sintaktik aloqa va munosabatlar
ham o’rganiladi. Sintaksisning vazifalari ham shulardan kelib chiqadi. Bu vazifalarning
asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. So’zlarning o’zaro bog’lanish usullari va vositalarini o’rganish.
2. Sintaktik aloqa va uning tur va tiplarini o’rganish.
3. Sintaktik munosabat va uning turlarini o’rganish.
4. So’z birikmasi, uning tur va tiplarini o’ranish.
5. Gap va uning grammatik kategoriyalarini o’rganish.
6. Gaplarni tasnif qilish.
7. Sodda gaplarni, ularning tur va tiplarini o’rganish.
8. Qo’shma gaplarni, ularning tur va tiplarini o’rganish.
9. Sodda va qo’shma gap oralig’idagi sintaktik tuzilmalarni o’rganish.
10. Matn va matnning hosil bo’lishi, matn turlari, matn grammatikasini o’rganish.
11. Sintaktik birliklarda tinish belgilarining roli va ularning ishlatilish o’rinlarini o’rganish
kabilar.
Bu hodisalar orasida gapni o’rganish asosiy o’rin tutadi. Chunki gap fikr ifodalovchi
asosiy sintaktik birlikdir. Sintaksisni o’rganishdan maqsad esa mustaqil fikr ifodalash va fikrlarni
maqsadga muvofiq shakllantirishni o’rganish, fikrni har xil shak
1
llarda ifodalashga ko’nikma
hosil qilishdir. So’z birikmasi gapning tarkibiy qismi sifatidagi sintaktik birlik hisoblanadi. So’z
birikmasi mustaqil sintaktik birlik emas. Qo’shma gap ham gap bilan bog’liq asosiy grammatik
xususiyatlarga ega. Mikromatn turli gaplarning bir mavzu, g’oya atrofida uyushishidan,
birlashishidan hosil bo’ladi. Demak, gap sintaksisda markaziy o’rin tutuvchi, boshqa sintaktik
birliklarning mohiyatini belgilashda qatnashuvchi markaziy masaladir. Shu sababli ba’zilar
sintaksisni gap haqidagi ta’limot ham deyishadi. Shu ma’noda sintaksisni o’rganishdan maqsad
gapni o’rganishdir, deyish mumkin. Ammo gapni nimaga o’rganamiz, degan savol ham bor. Biz
gapni fikrni to’g’ri, maqsadga muvofiq ifodalash uchun o’rganamiz. Gap tuzish qonun-
qoidalarini o’rganish har bir talabaning oldida turgan muhim vazifadir. Bunda bizga yordam
beruvchi asosiy fan sintaksisdir.
Demak, biz sintaksisni mohiyat e’tibori bilan fikrlash mohiyatini o’rganish, fikrimizni
yaxshi, to’g’ri, chiroyli, maqsadga muvofiq ifodalashga ko’nikma hosil qilish uchun o’rganamiz.
Sintaksisning oldiga qo’yilgan vazifalar ham ana shu bosh maqsadga bo’ysundirilgan va shunday
bo’lishi lozim. Aks holda, u o’zining vazifasini to’liq bajarmagan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |