4-topshiriq. Quyidagi sintaktik qoliplarga muvofiq so’zshakllarini va biriktiruvchi vositalarni tanlab, so’z birikmalarini hosil qiling. So’z birikmalari qismlarining bog’lanish usullarini ko’rsating.
NAMUNA. [ot + fe'l]: asfal't yo’l // asfal't − tobe so’z, yo’l − hokim so’z; tobe so’z hokim so’zga bitishuv usulida bog’langan.
[Ot + ot], [ot + fe'l], [son + ot], [sifat + ot], [fe'l + fe'l], [ravishdosh + fe'l], [ravish + fe'l], [sifatdosh + ot], [ravish + ravish].
5-topshiriq. Quyidagi so’zshakllari ishtirokida so’z birikmasi hosil qiling. Hosil bo’lgan so’z birikmasining bog’lanish usulini aniqlang. Tobe so’zning qanday shaklda qo’llanganligiga izoh bering.
O’qish, o’quvchi, o’qigan, qiziqish, qiziquvchan, qiziqarli, uquvli, uquv, yugurish, yuguruvchi, yugurgan.
6-topshiriq. Xalq maqollaridan foydalangan holda quyidagi sintaktik qoliplarga muvofiq so’z birikmalarini toping.
[Ot-ning + Oteg.qo’sh.], [Ot-ni + Fe'laniq.m.], [Otb.k + Otb.k ], [Son-ning + Soneg.qo’sh.], [Ravish + Fe'list.m.], [Otko’m. + Fe'lmaqs.m.], [Ot-ga + Fe'lbuyr-ist.m.], [Ot-dan + Soneg.qo’sh.], [Otlashgan so’z-dan + Soneg.qo’sh.].
7-topshiriq. Tobe so’zi qo’shma, juft va takroriy so’zlardan tashkil topgan so’z birikmalarini hosil qiling hamda ularning qurilish qoliplarini belgilang.
NAMUNA. Katta-kichik bolalar - so’z birikmasi, tobe so’z juft so’zdan tashkil topgan. Qurilish qolipi: [Isif.+Iot]
8-topshiriq. Quyidagi jadvalni to’ldiring.
№
|
So’z birikmalarining tuzilishiga ko’ra turlari
|
So’z birikmalarining hokim so’zning turkumiga ko’ra turlari
|
|
|
|
9-topshiriq. She'riy parchadan otli va fe'lli birikmalarni ajratib ko’chiring.
Olamda fojia ko’p erur biroq,
Bunisin alami haddan ziyoda.
Oh, nechog’ dahshatdir tirik turgan chog’,
Umring oyoq osti bo’lsa dunyoda. (A.Oripov. "Fojia")
10-topshiriq. Matndan so’z birikmalarini ajratib, ularni tuzilishiga ko’ra tasniflang.
Siz – qochoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozgandek bo’lib qochgansiz. Ikki yil bo’yi Marg’ilon kelib yurishingizni men o’zimcha yechdim, lekin topib yechdim: Sizning barcha mashaqqatlaringiz – dushmanlaringizdan o’ch olish uchun bo’lganini angladim. Yo’qsa, meni ko’rar edingiz, ko’rgingiz kelmaganda ham, boshqalar Sizni ko’rar edilar, to’yar edilar. (A.Qodiriy. "O’tkan kunlar")
11-topshiriq. [Iq.k.+Ie.k.] va [Ib.k.+Ie.k.] qurilish qoliplari orqali voqelanuvchi so’z birikmalarini taqqoslab, farqli belgilarini izohlang.
12-topshiriq. Berilgan so’z birikmalarining qurilish qoliplarini belgilang.
NAMUNA. Bittalab ajratmoq: [Irav.+Ife'l].
Bittalab ajratmoq, uchala qiz, tezda ketmoq, avval borib, barg tukkan, siyosiy fikr, buloqning suvi, birdan o’zgarmoq, tog’lik yigit, uning fikri, gulni asramoq, katta-katta binolar.
Uyga vazifa:
1.M.Muhammad Do’st asarlaridan murakkab so’z birikmasi qatnashgan 10 ta gap toping. So’z birikmasi qismlarining bog’lanish zanjirini chizma orqali ko’rsating.
N
1
2
22
AMUNA: qora belbog’li ko’ylak
2.Tarixiy asarlardan 10 ta izofali birikma toping. Uning so’z birikmasi bilan umumiy va farqli jihatlari to’g’risida ilmiy xulosa yozing.
Mavzu: Gap
Do'stlaringiz bilan baham: |