1-topshiriq. Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo’yicha egallagan bilimlaringizni yodga oling.
O’zbek tilshunosligida gap haqidagi sintaktik nazariyalar qaysi tilshunoslar tomonidan yaratilgan?
Nutqiy gapning belgilari deganda nimani tushunasiz?
Semantik-sintaktik shakllangan gap deganda qanday birlik nazarda tutiladi?
Grammatik shakllangan gap deganda qanday birlik nazarda tutiladi?
Gap so’z birikmasidan qaysi jihatlari asosida farqlanadi?
Gap va so’z birikmasining umumiy va xususiy jihatlari nimalarda kuzatiladi?
Gapning grammatik qurilish asosi deganda nima tushuniladi?
Predikativ munosabat qanday vositalar yordamida yuzaga chiqadi?
O’zbek tilshunosligida gapning qanday grammatik kategoriyalari farqlanadi?
Gapning kommunikativ xususiyatlari qanday belgilanadi?