Yig`iq undalmalar - yolg`iz bir so`zdangina tarkib topadi. Masalan: O`quvchilar, yo`l harakati qoidalariga rioya qiling.
Yoyiq undalmalar - o`ziga oid so`zlar bilan kengayib keladi. Yoyiq undalmalar sifat, sifatdosh, ot bilan ifodalanadi: Aziz do`stlar, davramizga xush kelibsiz. Sevar yorim, senga bir gap bo`ldimi, Shirvon eldan yo bir xabar keldimi?
Murakkab undalmalar- yolg`iz undov so`z bilan yoki undov so`zlar bilan barobar, aniqlovchi, izohlovchilar bilan birga kelishi mumkin. Bu holda kuchli his – tuyg`u ifodalanadi: Sher yurak ey qahramon, yovdan jahonni pok et (H.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |