Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.



Download 354 Kb.
bet1/49
Sana14.05.2023
Hajmi354 Kb.
#938751
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili


Test
Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test. (2013 o’quv yili)
Sodda gap.
1.Ko’p bilgan oz so’zlar
Ushbu gapdagi xolning ifodalanishi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan.
A) Son bilan
B) sifat bilan
S) ravish bilan
D) ot bilan
2. Maqsad ravishdoshi bilan ifodalangan hol qaysi qatorda berilgan
A) U o’qish uchun shaharga keldik
B) Ikkovi do’stlarcha xayrlashdi
S) Siz bilan suxbatlashgani keldik
D) Seni deb bu erlarda yuribman
3. Sabab holi qo’llangan gapni toping
A) Biz dars tayyorlagani keldik
B) U sevinganidan qichqirib yubordi
S) Sodiqov mehmonlarni kutib olgani shoshildi
D) Bahor oylari bilinmay o’tib ketdi
4. O’rin holi ishtirok etgan gapni toping.
A) Obodonchilik ishlari hali oldinda
B) Bunda bulbul kitob o’qiydi
S) Biz avtobusda keldik
D) Iyul oyida havo juda dim bo’ladi
5. To’siqsiz hol qaysi gap tarkibida qo’llangan.
A) ko’za suvga qonsa o’sadi.
B) Oysulton charchasa ham ishini davom ettirdi.
S) Ishlasang sog’lom bo’lasan
D) Saida noiloj birinchi qatorga borib o’tirdi
6. Bir bosh bo’lakli gap qo’llangan qatorni aniqlang.
A) Toshdan gavharni farq qilish kerak
B) Elni ixtilof buzadi
S) O’tgan narsa hamisha totli
D) Etmish go’zallikning biri-mehnat
7. Shahsi ma’lum gapni toping
A) Otangning amaliga suyanma
B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi
S) Xayotni go’zalliksiz tasavvur etib bo’lmaydi
D) Mana otamizning muhabbati, sadoqati
8. Shaxsi topilmas gapni belgilang.
A) Kiyimni bo’yga qarab bichadilar
B) Umr bo’yi bilimni boyitib borish lozim
S) Xalqimning baxtu-saodati yo’lida xizmat qilishga tayyorman
D) Do’stini yomonlagandan qoch
9. Atov gap qo’llangan qatorni toping.
A) Haqiqatni yashirib bo’lmaydi
B) Ko’p yig’lasang ko’zdan ajraysan
S) Baxor. Tog’lar, qirlar yashnab ko’rinadi.
D) Ishning oldinga surilishini istasang tabassumli bo’l
10. So’z-gap qaysi javobda berilgan.
A) Xayot kitobiga hech qachon yakun yasab bo’lmaydi
B) -Bu gap esingdan chiqmasin.
Xo’p, taqsir
S) –Ertaga teatrga boasizmi?
D) Ko’klam. Nega shamol yuksak tog’lardan
11. To’liqsiz gap qatnashgan javobni toping
A) –Shundaymi-yoqasini ushladi chol.
B) –Familyangiz nima
A’zamxonova
S) Sabr-umr xazinasi
D) –Ertaga Qorabuloqqa borar ekansiz-da
Ha
12. Bog’da etilgan olma, anor, uzumlar-hammasidan oldik. Ushbu misoldagi uyushiq va umumlashtiruvchi bo’laklar gapning qaysi bo’lagi hisoblanadi.
A) ega
B) to’ldiruvchi
S) aniqlovchi
D) hol
13. Darak gap berilgan qatorni toping.
A) Qurt tushibdi olmalarga
B) Kuzda haydalgan erlar
S) Oyog’ini qo’liga olib
D) Ko’z qorachig’idek asrab
14. Quyidagi gapda aniqlovchining turlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
Yomonning yaxshisi bo’lguncha, yaxshining yomoni bo’l.
A) izohlovchi va qaratqich
B) qaratqich
S) Sifatlovchi va qaratqich
D) aniqlovchi qatnashmagan
15. Kiritmali gapni aniqlang
A) Fikrimcha, rahbarlarning, mansablarning past-balandlari yo’q
B) Darvoqe, G’ofur kelinga ayt, xizmat-pizmat qilib tursin
S) Baxtimizga, bu yil yomg’ir yo’q bo’ldi
D) O’sha yosh bolani (u ota-onasiz qolgan edi) boyga qaror qilib berishdi
16. Bosh gap haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
A) Ergashgan gapni o’ziga tobelantirib keladi
B) Ma’nosi izohlanayotgan bo’ladi
S) Umumiy, mavhum mazmunli bo’ladi
D) hamma javoblar to’g’ri
17. Bir bosh bo’lakli gaplar:
A) to’liq fikr ifodalaydi
B) to’liq fikr ifodalay olmaydi
S) chala fikr ifodalaydi
D) tushuncha ifodalaydi
18. Quyidagi gapdagi vositasiz va vositali to’ldiruvchi to’g’ri topilgan javobni toping:
Palovga sabzini nechog’lik tekis va mayin to’g’ralsa, osh shuncha shirin bo’ladi:
A) osh, tekis, palovga
B) tekis va mayin
S) sabzini, nechog’lik
D) palovga, sabzini
19. Qaysi gap bo’laklari ajratiladi? To’g’ri javobni toping.
A) Ikkinchi darajali bo’laklar ajratiladi
B) Aniqlovchilar ajratiladi
S) Bosh bo’laklar ajratiladi
D) hamma javoblar to’g’ri
20. Sodda gaplarning bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra turlari ko’rsatilgan javobni toping.
A) yoyiq va yig’iq gap,
B) bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gap
S) to’liq va to’liqsiz gap
D) bosh bo’lakli va bosh bo’laksiz gap
21. Siz bilan olam go’zal sifatga oid so’z gapning qaysi bo’lagi bo’lib kelgan?
A) aniqlovchi
B) kesim
S) ega
D) to’ldiruvchi
22. Go’zal favvoralar qurilishi endi boshlangan. Sifatdosh gapning qaysi bo’lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi
B) ega
S) kesim
D) to’ldiruvchi
23. Vositasiz to’ldiruvchi qaysi gap tarkibida qo’llangan?
A) O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq
B) Odam mehnatda bilinadi
S) Inson hamisha go’zallikka intiladi
D) Mahbuba Umrzoq va Maqsuda bilan uzoq suhbatlashdi
24. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi-aniqlovchi qaysi gapda qo’llangan?
A) Bir azobning bir rohati bor
B) Supada qator o’tiribmiz
S) Shu payt uy eshigi ochildi
D) Tilla bola yana g’olib chiqdi
25. O’ylay berib boshi qotgan Toshpo’lat aka Qutbinisa bilan maslaxatlashdi.
Ushbu gapdagi ibora qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi
B) to’ldiruvchi
S) kesim
D) hol
26. Qaysi gapda izohlovchi qo’llangan?
A) Kayfiyatsiz kishining ishi qachon o’ngidan kelgan?
B) U buloq suvidan ham tiniqroq
S) Xursandchilik kishining xayotiga muhabbatini oshiradi
D) Rassom Alisher Maqbubning sevimli farzandi bo’ladi
27. hol qaysi gapda qo’llangan?
A) Insonning ulug’ligi, go’zalligi, mehnat tufaylidir
B) Qiz-yigitlar mehnat zavqin yurakdan kuylar
S) Hamma uning nimalardir gapirishini kutar edi
D) Biz bu cho’lni keng bedazorga aylantiramiz
28. Payt holi qo’llangan qatorni aniqlang.
A) Bashorat qovun pishig’ida o’n ettiga kiradi
B) Soy tubida toshlar jimirlab ko’rinadi
S) Oqayotgan tiniq suv quyosh nurida go’yo oynadek yarqiramoqda
D) Tog’ning ro’parasida ko’z ilg’amas tekisliklar yastanib yotadi
29. Eshikning qo’qqisdan ochilishi ayollarni cho’chitib yubordi. Ushbu misoldagi fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan gap bo’lagini ko’rsating.
A) hol
B) aniqlovchi
S) ega
D) to’ldiruvchi
30. Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi. Ibora gapning qaysi bo’lagi vazifasida qo’llangan?
A) kesim
B) to’ldiruvchi
S) hol
D) ega
31. Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan ega qaysi qatorda qo’llangan?
A) Har kim bilganicha idrok etadi.
B) O’qimoq –yuksalmoq
S) Intilgan elga yoqar
D) Ot tuyoqlarining dupuri eshitildi.
32. Undalmali va kirish gaplarni toping.
A) Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit
B) Anvar, eshitdingizmi, aytishlaricha, bugun Yulduz kelar ekan
S) Yoshlar, fan sirlarini egallang!
D) Menimcha, tilimizda bunday ogap yuk
33. Qaysi gap bo’laklari uyushadi? Qaysi javobni to’liq deb hisoblaysiz?
A) Bosh bo’laklar uyushadi.
B) ikkinchi darajali bo’laklar uyushadi
S) Barcha gap bo’laklari uyushadi
D) Ayrim gap bo’laklari uyushadi
34. O’zgargan tartib qaysi qatordagi gapda qo’llangan?
A) Kasbning yaxshi-yomoni bo’lmas.
B) Do’stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!
S) Tarbiyachi unvoni juda ulug’ va muqaddasdir.
D) Xayotning zavqidan ko’pdir tashvishi.
35. Gap bo’laklarining odatdagi tartibi qo’llangan qatorni aniqlang.
A) Ko’m-ko’k maysalarda yaltirar shabnam
B) Ko’k palaklar ichida pishib yotar xandalak.
S) Gumon do’stni do’stdan ajratadi.
D) Seni tark etmasin shirin orzular.
36. Bir bosh bo’lakli gap qo’llangan qatorni aniqlang .
A) Toshdan gavxarni farq qilish kerak.
B) Elni ixtilof buzadi.
S) O’tgan narsa hamisha totli.
D) Etmish go’zallikning biri-mehnat
37. Shaxsi ma’lum gapni toping.
A) Otangning amaliga suyanma.
B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi.
S) Xayotni go’zalliksiz tasavvur etib bo’lmaydi
D) Mana otamizning muhabbati, sadoqati
38. Shaxsi topilmas gapni belgilang.
A) Kiyimni bo’yga qarab bichadilar.
B) Umr bo’yi bilimni boyitib borish lozim.
S) Xalqimning baxtu-saodati yo’lida xizmat qilishga tayorman.
D) Do’stini yomonlagandan qoch.
39. Atov gap qo’llangan qatorni toping.
A) Xaqiqatni yashirib bo’lmaydi.
B) Ko’p yig’lasang ko’zdan ajraysan.
S) Bahor. Tog’lar, qirlar yashnab ko’rinadi.
D) Ishning oldinga surilishini istasang tabassumli bo’l.
40. So’z-gap qaysi javobda berilgan.
A) Xayot kitobiga hech qachon yakun yasab bo’lmaydi.
B) –Bu gap esingdan chiqmasin.
Xo’p, taqsir.
S) –Ertaga teatrga borasizmi.
D) Ko’klam. Nega shamol kelmas yuksak tog’lardan.
41. Bog’da etilgan olma, anor, uzumlar-hammasidan oldik. Ushbu misoldagi uyushiq va umumlashtiruvchi bo’laklar gapning qaysi bo’lagi xisoblanadi.
A) ega
B) to’ldiruvchi
S) aniqlovchi
D) hol
42. Kirish gap qo’llangan qatorni aniqlang.
A) O’qish, o’rganish, xormay zo’r ishtiyoq bilan ishlash, shubxasiz, maqsadga etkazadi.
B) Men sizga aytsam, buyuklikka eng yaqini xalollikdir.
S) Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek.
D) Afsuski, ming bor afsuski, bu xayolgina, xolos.
43. Gap bo’laklari tartibi o’zgargan gapni belgilang.
A) Onajon, men sizni sog’inib keldim
B) Shuning uchun shomdan bir umr
S) Do’ppi tikdim-ipaklari tillodan
D) Daryo tez oqadi
44. Yomon urug’dan yaxshi hosil kutma. Ushbu gap grammatik asosiga ko’ra qanday gap?
A) shaxsi ma’lum gap
B) shaxsi topilmas gap
S) shaxsi umumlashgan gap
D) shaxsi noma’lum gap
45. Ikki bosh bo’lakli gap qaysi qatorda?
A) Kulmoq hamisha umrini uzaytiradi.
B) Har kuni sport bilan shug’ullaning .
S) Paxtakorlik kasbini ulug’layapmiz.
D) Sharqda hamma keksalarni shoir hisoblashadi.
46. Shaxsi topilmas gapni toping
A) Xalqimizning baxt-u saodati yo’lida xizmat qilishga tayyorman.
B) Do’stini yomonlagandan qoch
S) Kiyimini bo’yiga qarab bichadilar.
D) Yaxshilikning qadriga etish kerak.
47. Shaxsi noma’lum gapni toping.
A) She’rda aql bovar qilmas sexr bor.
B) Sharqda savdogarlarga alohida hurmat bilan qaraganlar.
S) Go’zallikka boshqa yaxshi fazilatni qo’shishga intiling.
D) Yolg’onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo’lmaydi.
48. Shaxsi ma’lum gaplarda egani anglatib turuvchi grammatik shakl asosan qaysi.
A) fe’ldagi shaxs-son qo’shimchasi
B) 1-,2-shaxsni ko’rsatuvchi olmoshlar
S) egalik qo’shimchasi
D) kesimga berilgan so’roq
49. Navro’zingiz muborak! Mustaqil qo’llanuvchi bunday gaplar qanday gap.
A) atov gap
B) shaxsi ma’lum gap
S) bir bosh bo’lakli gap
D) to’liqsiz gap
50. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A) Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o’xshatmang.
B) Birovning izidan gapirma, yuziga gapir.
S) Zo’r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
D) Farzandni gulga, onani bo’stonga o’xshatadilar.
51. Shaxsi topilmas gapni belgilang.
A) Kiyimini bo’yga qarab bichadilar.
B) Umr bo’yi bilimni boyitib borish lozim.
S) Xalqimning baxt-u saodati yo’lida xizmat qilishga tayorman.
D) Do’stni yomonlagandan qoch.
52. Atov gapni toping.
A) Haqiqatni yashirib bo’lmaydi.
B) Ko’p yig’lasang, ko’zdan ajraysan.
S) Bu erda bemorni musiqa bilan davolaydilar.
D) Bahor. Tog’lar, qirlar yashnab ko’rinadi.
53. So’z-gap qaysi qatorda bor.
A) Hayot kitobiga hech qachon yakun yasab bo’lmaydi.
B) –Bu gap esingdan chiqmasin.
Xo’p, taqsir.
S) –Ertaga teatrga borasizmi?
-Yo’q, borolmayman.
D) Avlod uchun otadan ham ulug’roq kishi bormi.
-Bor.
54 . To’liqsiz gapni toping.
A) –Shundaymi. –yoqasini ushladi chol.
B) –Familiyangiz nima?
-A’zamxonova.
S) Sabr –umr xazinasi.
D) –Ertaga qorabuloqqa borar ekansiz-da.
55. Nutqda qanday gap yakka holda qo’llanmaydi?
A) to’liqsiz gaplar
B) shaxssiz gaplar
S) shaxsi ma’lum gaplar
D) atov gaplar
56. Sodda gaplar grammatik asosiga ko’ra necha xil bo’ladi.
A) sodda va qo’shma gap
B) yig’iq gap va yoyiq gap
S) to’liq va to’liqsiz gap
D) bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gap
57. Qaysi qatorda bir bosh bo’lakli gap berilgan.
A) Bu yil olma bilan o’rik hosili mo’l bo’ldi.
B) Sochilgan urug’ tez uchib chiqdi.
S) Bir tup tok eksang , bir tup tol ek.
D) Suvlar tiniq, yaproqlar oltin.
58. Qaysi qatorda bir bosh bo’lakli gap berilgan?
A) quyosh yotog’idan bosh ko’tardi.
B. Xom suvni ichib bo’lmaydi.
S) qimirlagan qir oshar.
D) Ko’chada hech kim yo’q.
59. Bir bosh bo’lakli gap qo’llangan qatorni aniqlang.
A) Qo’rqoq hamma narsadan mahrum.
B) Elni ixtilof buzadi.
S) O’tgan narsa hamisha totli
D) Toshdan gavharni farq qilish kerak.
60. Shaxsi ma’lum gapni toping.
A) Otangning amaliga suyanma.
B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi.
S) Hayotni go’zalliksiz tasavvur etib bo’lmaydi
D) Keksalikni ko’prikka tashbe qiladilar
61. Bir bosh bo’lakli gapni toping.
A) Insonni bilish uchun uni sevish kerak
B) Nahotki, bugun yomg’ir yog’sa.
S) Hayotning go’zalligi ham xalqlarning rang-barangligida emasmi?
D) Saida bu suxbatni diqqat bilan kuzatdi.
62. Qish kelib, o’riklar gulladi. Ushbu gap qaysi jixatdan bog’lanmagan?
A) grammatik jixatdan
B) ohang jixatdan
S) mazmun jixatdan
D) grammatik va mazmun jixatdan
63. Sodda va qo’shma gaplar asosan qaysi xususiyatga ko’ra farqlanadi?
A) sodda va qo’shma gaplar tarkibidagi bo’laklarning ko’p yoki ozligiga ko’ra
B) grammatik asoslar miqdoriga ko’ra
S) qo’shma gapda ikki va undan ortiq alohida sodda gaplar ishtirok etishiga ko’ra
D) B va S
64. Quyidagi gap qaysi qatorda grammatik jixatdan noto’g’ri tahlil qilingan. Ko’p o’qigan kishi ko’p biladi.
A) qo’shma gap
B) ergash gapli qo’shma gap
S) ikki bosh bo’lakli gap
D) A vaB
65. Siddiqjon nimalar to’g’risida so’zladi.-Maktab tajriba uchastkasi haqida. Bu to’liqsiz gapda qaysi bo’laklar ifodalanmagan.
A) ega
B) kesim
S) aniqlovchi
D) ega, kesim
66. Bir bosh bo’lakli gap qaysi qatorda
A) Mayin shamol sadolarning ko’m-ko’k yaproqlari bilan o’ynashmoqda
B) Ma’naviy fazilatlar husnni oshiradi
S) Hamma narsaga asta-sekin erishiladi.
D) Men bu institutning dovrug’ini ko’p eshitganman.
67. Shaxsi umulashgan gap qaysi qatorda berilgan.
A) Yaxshilik qilganga zinhor yomonlik qilma.
B) qirq besh yildan, beri she’r yozaman.
S) Tabiatni onaga qiyos qilishadi.
D) Ma’naviyatsiz yashab bo’lmaydi.
68. Shaxsi topilmas gap qaysi qatorda.
A) Bu xabarni eshitganman.
B) Umrni oqar suvga o’xshatishadi
S) Mehnat bilan hamma narsaga erishsa bo’ladi.
D) Oydin kecha hali tong otishidan darak yo’q.
69. Shaxsi noma’lum gapni toping.
A) Nimani xor tutsang, shunga zor bo’lasan.
B) Halol odamni badnom qimlib bo’lmaydi.
S) Bilmaganni boshqalardan o’rganadilar.
D) Sizga baxt tilayman.
70. Atov gap qaysi qatorda
A) Xo’p, o’rtoq shifokor!
B) Bolalikka buyuk ehtirom bilan qarash lozim.
S) Mana Mirzo Husayn Bayqaro saroyi. Hamma motamda.
D) Shu yorug’ yo’lda sizga zo’r baxtlar tilayman.
71. Tasdiqni bildiruvchi so’z-gapni belgilang.
A) –Kecha muzeyga bordingizmi
-Ha, bordik.
B) Laylakning ketishini emas, kelishini kutadilar.
S) UH! Rosa charchadim.
D) –Ertaga Yangierga borasizmi?
-Ha
72. Odobli kishini hamma hurmat qiladi. Ushbu gap tahlilga oid javobgarlarning qaysi biri xato.
A) sodda gap
B) sodda yoyiq gap
S) darak gap
D) shaxsi umumlashgan gap.
73. Bir bosh bo’lakli gap qaysi qatorda berilgan.
A) Halol mehnat kishini ulug’laydi.
B) Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin.
S) Paxtakor o’zbekman –zabardast, mag’rur.
D) Aytilgan so’z –otilgan o’q.
74. Qaysi qatorda to’liqsiz gap bor.
A) Bu maydonga nima ekiladi.
B) Olamni quyosh yoritadi, insonni –ilm.
S) Farg’ona vodiysi naqadar go’zal!
D) Abdulla kelayotgan emish-rostdanmi.
75. Ikki dugona termilib qolishdi. Bu gap grammatik asosiga ko’ra qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) bir bosh bo’lakli gap
B) yig’iq sodda gap
S) yoyiq sodda gap
D) shaxsi ma’lum gap
76. Yigit ham shunaqa bo’ladimi . Ushbu gap qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) sodda yig’iq gap
B) sodda yoyiq gap
S) bir bosh bo’lakli gap
D) A va S
77. Qaysi qatorda bir bosh bo’lakli gap berilgan ?
A) Balki zavod qurish uchun ovora bo’lishga to’g’ri kelmas.
B) Rahmat, mulla Jo’ra, ming rahmat.
S) Shoir qalbi go’yo anor, she’ri uning sharbati.
D) To’lqin urgan ummoncha bor yurakdagi tug’yonim.
78. Ham ega, ham kesim guruhidan iborat bo’lgan gapni aniqlang.
A) Tepalikdagi chinor va ikki tup sadaqayrag’och to’rt kishilik talay supalarga soya soladi.
B) Zo’r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
S) Maydondagi favvoralar rang-barang shu’lalari bilan porlaydi.
D) A,S
79. Yurak tandir emaski, o’t yoqib qizdirsang. Mazkur gap haqidagi hukmning qaysi biri to’g’ri.
A) Kesim ergash gapli qo’shma gap.
B) Bog’lovchisiz qo’shma gap.
S) Murakkablashgan sodda gap.
D) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
80. Qaysi juftliklarning har ikkalasi qo’shma gap sanaladi?
A) Mingboshi yaxshi biladiki, Miryoqubdan boshqa chin ko’ngildan kuyadigan odam yo’q.
Mingboshi Miryoqubdan boshqa chin ko’ngildan kuyadigan odam yo’qligini yaxshi biladi.
B) Azimboy shunday zulm o’tkazdiki, oqibatda xalqning sabr kosasi to’ldi. Azimboy xalqning sabr kosasini to’ldiradigan zulm o’tkazdi.
S) Sinf rahbarimiz ishonardiki, bizning guruh musobaqalarda g’olib chiqadi. Sinf rahbarimiz bizning guruhimizning musobaqalarda g’olib chiqishiga ishonadilar.
D) U shunday yalinib gapirdiki, ra’yini qaytarishning sira iloji qolmagan edi. U yalinib gapirdi, shuning uchun ra’yini qaytarishning sira iloji qolmadi.
81. Bog’langan qo’shma gap barilgan qatorni toping.
A) Og’ir eshik unsiz ochildi-da, qop-qorong’i zalga nur yopirilib kirdi.
B) Keyin bir lahza ko’zlarini yumdi-da, yuziga kaftini bosdi.
S) Zuhra oynavand eshikni ochdi-da, ichkariga kirib ketdi.
D) U g’azab bilan baqirdi-da, mashinasini keskin burdi.
82. Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) Lolalar uchun oftob yaxshidir, Bolalar uchun odob yaxshidir.
B) Ko’m-ko’k tog’li yaylovlarda o’tov oqarib, er-u ko’kni podalarning shovqin –suroni tutdi.
S) O’ziga berilgan aqlsiz tentak bo’lsa, o’zini bezagan xushro’y satangdir.
D) Chor atrofda esardi ellar, va bog’larda qushlar chiyillar.
83. Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gap berilgan javobni toping.
A) Boshqalarnibilmayman-u, suyak sho’rva Kulala ikkovimizga zo’rlik qildi.
B) Sen berahm bo’lsang ham, ammo men dushmanlik qilmasman aslo.
S) Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo’lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko’ksida bo’ladi.
D) Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko’ziga xunuk ko’rinadi.
84. Biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar o’rtasida qanday munosabat ifodalanadi.
A) payt munosabati
B) Gap mazmuniga ko’ra turli munosabat ifodalanishi mumkin
B) zidlik munosabati
S) sabab yoki natija munosabati
85. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gapni aniqlang
A) Ko’z yoshi yo ko’ngildagi g’am-g’ussaning damini kesish, yo berahmning rahmini keltirish uchun to’kiladi.
B) Uyatsizlik hamma narsa uchun dog’, hayo hamma narsa uchun ziynatdir.
S) qorong’i kechada otilgan mushak ham go’zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go’zal.
D) Dam jahlim chiqadi, dam kulgim keladi.
86. Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gap berilgan javobni toping.
A) Adabiyotga o’g’ri mushukka o’xshab tuynuqdan oshib tushadiganlar ham bo’ladi.
B) Nima uchun ko’cha harakat qoidasini buzgan kishiga militsiya xushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.
S) Sen berahm bo’lsang ham, ammo men dushmanlik qilmasman aslo.
D) Taqdirimiz birdir, go’zalim gar o’rtada daryo bo’lsa ham.
87. Voqea-hodisalarning o’zaro zidlanish mazmunini ifodalagan bog’langan qo’shma gapni toping.
A) Bu odam to’nkarilib qolgan qo’ng’izga o’xshaydi, o’nglab qo’yadiganlarning qo’lini sasitadi.
B) Adabiyot atomdan kuchli, lekin kuchini o’tin yorishga sarflash kerak emas.
S) O’quvchi asarimizni qiziqib, shavq bilan o’qimas ekan, uning g’oyasini obrazlar orqali qabul qilmas ekan, maqsadimiz qog’ozda qolaveradi.
D) Ba’zi so’zlarda sehr bo’ladi, ba’zi she’rlarda hikmat bo’ladi.
88. Qo’shma gapning komponentlarning sintaktik aloqasiga ko’ra tasnifi berilgan qatorni toping.
A) Bosh va ergash gapli qo’shma gap
B) tobe va ergash aloqali qo’shma gap
S) teng, tobe va aralash aloqali qo’shma gap
D) teng qismli va tobe qismli gaplar
89. Ushbu gap murakkab qo’shma gapning qaysi turiga mansub.
A) Bog’lanish (tenglanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
B) Aralash aloqali murakkab qo’shma gap.
V) Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
G) Bu gap sodda qo’shma gap.
90. Aralash aloqali murakkab qo’shma gapni toping.
A) Yulduzning muomalasi shu qadar mayin ediki, har qanday odam u bilan gaplashib to’ymasdi.
B) Kattalar qancha ishlasa, bolalar ham shuncha ishlar edi, biroq ho’jayin bolalarga kam haq to’lar edi.
S) Otdaysiz, boy, bitta-yarimta shish bor, ammo bezarar, birov borsin, dori bberaman, shishlaringiz, butun illatlaringiz bir pasta qaytadi.
D) Men o’zimni inson bilganda, gulga to’lib bahor kelganda, yuragimda havas uyg’ondi.
E) Shunday hayot tug’ildiki, u sensiz yashay olmaydi.
91. Qaysi javobda o’zganing gapi berilgan.
A) Maqsadga erishish yo’lidagi mashaqqatlardan chekinmaslik kerak.
V) Onayu bola-gulu lola.
D) <>-dedi ichida yigit.
E) D javob to’g’ri.
92. <> Ko’chirma gapli qo’shma gapdagi ko’chirma gap va o’zlashtirma gapni joylashishiga ko’ra to’g’ri tavsiflangan javobni toping.
A) Ko’chirma gap-ergash gapli qo’shma gap, muallif gapi-sodda yoyiq gap.
V) Ko’chirma gap-bog’lovchisiz qo’shma gap, muallif gapi-sodda yig’iq gap.
S) Ko’chirma gap-bog’langan qo’shma gap, muallif gapi-sodda gap.
D) Ko’chirma gap-qo’shma ergash gapli qo’shma gap, muallif gapi-shaxsi aniq gap.
93. O’zlashtirma gap berilgan javobni toping.
A) Yaxshiki ibn Sinoni Xorazmshoh o’z saroyiga chaqirtirgan-deb o’yladi Abdurayxon.
V) Uning yonidagi bir kosaga: <>-deb yozilgandi.
S) O’ktam davlat rejasini bajarish, ishchilarni yaxshi ta’min etish haqida so’zladi.
D) Beruniy soflik haqida so’zladi.
E) S, D javoblar to’g’ri.
Tasdiqlayman”

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish