Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlari talabalarni “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”ga oid ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni tanqidiy nuqtai nazaridan tahlil va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar egallagan bilimlarini dars paytida munozara yoki ma’ruza shaklida namoyish etadi.
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar hozirgi o‘zbek tilining ilmiy muammolari to‘g‘risida amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilishadi.
Seminar mashg‘ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular quyidagicha:
O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari, manbalari va dialektal tarkibi.
O‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti va unda yangi lingvistik paradigmalar.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida lison, nutq, me’yor munosabati. Lisoniy va nutqiy birliklar.
Hozirgi o‘zbek tilida lisoniy munosabat va uning turlari.
Lisoniy ziddiyatlar. Lisoniy tasnif va uning turlari.
Fonetika va fonologiya. Fonema va tovushning dialektik munosabati.
O‘zbek tilshunosligida aksentuatsiya va sillabika. Urg‘u va bo‘g‘in.
O‘zbek tilining yozuv tizimlari taraqqiyoti: ta’rix va muosir.
O‘zbek tili orfografiyasining asosiy prinsiplari.
Leksik sath va uning birligi lingvistik muammo sifatida.
Leksemaning semantik strukturasi. Semema va sema munosabati. Sema turlari. Monosemiya va polisemiya.
Leksik-semantik sistemalar: lug‘aviy-ma’noviy guruh, lug‘aviy-mazmuniy to‘da, lug‘aviy-mazmuniy maydon.
O‘zbek tilidagi leksemalarning shakl va ma’no munosabatlari: omonimiya, sinonimiya, antonimiya.
O‘zbek tilidagraduonimiya, giponimiya, partonimiya munosabati.
O‘zbek tili leksemalari tasnifi.
O‘zbek tili frazeologizmlari.
O‘zbek leksikografiyasi va lug‘atchiligi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari.
Morfema, uning turlari, lisoniy xususiyatlari va nutqiy voqelanishi.
O‘zbek tili derivatsiyasi va so‘z yasalishi.
Grammatik shakl, grammatik ma’no va grammatik kategoriya.
O‘zbek tilida so‘z turkumlari. Mustaqil so‘z turkumlari.
Fe’l, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.
Fe’l, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.
Ot, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.
Sifat va son, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.
Ravish va uning grammatik xususiyatlari.
Taqlid va uning grammatik xususiyatlari.
Olmosh va uning grammatik xususiyatlari.
O‘zbek tilida sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar. Egalik va kelishik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi.
Kesimlik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi.
Yordamchi so‘zlar: tizimi, turlari va substansial-grammatik xususiyatlari.
O‘zbek tilida so‘z-gaplar: tizimi, turlari va substansial-grammatik xususiyatlari.
Sintaktik birliklar. So‘z birikmasining lisoniy sintaktik xususiyati va bog‘lanish omillari.
Valentlik va sintaktik aloqa.
Sodda gapning lisoniy sintaktik qolipi va nutqiy voqelanishi.
Gap bo‘laklari haqidagi sintaktik nazariyalar.
Kesim va uning o‘zbek tilshunosligidagi talqini. Kesimlik va predikatsiya.
Gap va so‘z kengaytiruvchilari.
Murakkablashgan sodda gapda shakl va mazmun.
Uyushgan gap va uning til lisoniy sintaktik sistemasidagi o‘rni.
Qo‘shma gap haqidagi nazariyalar va uning tasnifi.
Murakkab qo‘shma gap va o‘zga gapli sintaktik birliklarning lisoniy qurilish xususiyatlari.
Tinish belgilari: turlari va vazifalari. Tinish belgilarining qo‘llanishidagi muammolar.
Izoh: Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |