TEXNOLOGIK QISM
Ushbu bitiruv malakaviy ish tarmoq topologiyalari haqida bo`lib,nazariy qismdatarmoq topologiyalari va uning turlari,uning afzalliklari va maqsadi,tamoyillari haqida hamda tarmoq topologiyalarining bir nechta turlari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Tarmoq__ undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob –uskunalar katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yuboradi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i – elektron pochta orqali axborot almashinuvini amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishini ta’minlash va ruxsat berilmagan kishidan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek , foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar local va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlannadi va uzatiladi.Ushbu bitiruv malakaviy ishda kompyuter tarmoqlari va ularning turlari qisman yoritib berildi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,hozirgi kunda kompyutersiz hayotimizni tasovvur qilish juda qiyin.Chunki axborotlashgan asrda texnika taraqqiyotining o`rni juda muhim. Kompyuter tarmog`i kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning. Tarmoqlar yil sayin har bir firma, kompaniya, ishlab chiqarish korxonasi va o’quv muassasalari uchun zarur sifatli ish dastgohi bo’lib bormoqda. Apparat va dasturli vositalarni rivojlanishi, mukammalligi va shu bilan bir qatorda ko’rinishidangina soddaligi, ko’pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o’z kuchlari bilan o’rnata oladigan darajaga keltirilgan. Ayniqsa Windows operatsion tizimining oxirgi versiyalarida ancha rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi maxsus tarmoq dasturlarini xarid qilishdan ozod qiladi.Kompyuter tarmogidan foydalanganda bir kompyuter bilan boshqa kompyuterning o`zaro bog`lanishini tushunsak,tarmoq hosil qilishda bir qancha usullardan foydalanishimiz mumkin.Hozirgi kunda keng tarqalgan global tarmoq ,ya`ni Internetning ahamiyatini ta`kidlash joizdir.Hayotimizning turli jabhalarida kompyuter tarmoqlarining o`rnini ko`rishimiz mumkin.Bu Internet tarmoqi simsiz tarmoq tashkil qilish hisoblanadi.yuqorida tarmoq topologiyalari va ularning ishlatilishi doirasi haqida fikrlar keltirilgan. Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat jismoniy o’rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqda signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |