Õzbеkistоn rеspublikаsi оliy vа õrtа mахsus tа’lim vаzirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti 5320300 «texnologik mashinalar va jihozlar»


Markazdan qochma tipdagi nasoslar



Download 6,72 Mb.
bet27/62
Sana04.04.2022
Hajmi6,72 Mb.
#528286
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Bog'liq
Ma`ruza matn АТЖ-1 КИСМ ТМЖ

Markazdan qochma tipdagi nasoslar. Markazdan qochma nasoslarda spiralsimon qobiq ichida parrakli ish ģildirak joylashgan bõladi. Ish ģildirakning aylanishida markazdan qochma kuch hosil bõladi. Bu kuch ta’sirida suyuqlikning sõrilishi va uni haydash bir me’yorda uzluksiz boradi. 9.1 – rasmda markazdan qochma nasos sxemasi kõrsatilgan.



8.1 - rasm. Markazdan qochma nasos.
1-spiralsimon qõzғalmas kamera; 2- ish fildiragi; 3-parraklar;
4- val; 5- sõruvchi truba; 6- kirish klapani; 7- tõrli fil`tr;
8- uzatuvchi truba; 9- suyuqlik quyiladigan truba; 10 - sal`nik.





Nasos ishga tushirilishidan oldin sõrish trubasi, ish ģildiragi va qobiq suyuqlik bilan tõldiriladi. SHundan keyin dvigatel tok manbaiga ulanadi va ish ģildiragi harakatga keltiriladi. Suyuqlik ģildirak bilan birga aylanib, markazdan qochma kuch ta’sirida parraklar vositasida ģildirakning markazidan chekkasiga otilib, spiralsimon qõzģalmas kamerani tõldiradi va haydash trubasi orqali balandlikka kõtariladi. Bunda ish ģildiragiga kirish oldida siyraklanish vujudga keladi. Suyuqlik atmosfera bosimi ta’sirida yiģgich rezervuardan kirish klapani orqali sõrish trubasidan nasosga kirib, ish ģildirakning markaziy qismini tõldiradi hamda ģildirakning chekkalariga chiqarib tashlanadi va hokazo. SHunday qilib, uzluksiz markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikning nasos orqali õtadigan uzluksiz oqimi vujudga keladi.
Suyuqlikning ish ģildiragi orqali oqib õtishida dvigatelning mexanik energiyasi suyuqlik oqimi energiyasiga aylanadi. Bunda ish ģildirakdan chiqish oldida suyuqlikning bosimi ortadi.
Porshenli nasoslar. Porshenli nasoslarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Porshenli nasoslarda suyuqlik haydash trubasiga ilgarilanma – qaytma harakat qiluvchi mexanizmlar orqali uzatiladi. Porshenli nasoslar vositasida har qanday qovushqoqlikdagi suyuqliklarni uzatish mumkin. Porshenli nasoslardan oz miqdordagi suyuqliklarni yuqori bosimda uzatishda va suyuqlik sarfi õzgarmas bõlib, bosim keskin õzgaradigan hollarda foydalanish qulay. Bu nasoslarda porshen nasos qobiģida gorizontal va vertikal hollarda joylashgan bõlishi mumkin. Ishlash prinsipiga kõra porshenli nasoslar oddiy, ikki bosqichli va kõp bosqichli bõladi.
Porshen suyuqlikni faqat old tomoni bilan siqib chiqaradigan nasos oddiy bir tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi.
Agar nasos silindrida porshenning ikkala tomonida joylashgan ish kamerasi bõlsa va porshen ulardan suyuqlikni ketma – ket siqib chiqarsa, bunday nasos ikki bosqichli yoki ikki tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi.
Oddiy porshenli nasosning ishlash prinsipini kõrib chiqamiz. Nasos porsheni sõrish jarayonida õng tomonga harakat qilganda ish kamerasining hajmi kattalashadi. Undagi bosim kamayib, siyraklanish hosil bõladi. Pastki rezervuardagi (nasos suyuqlikni sõrib oladigan basseyndagi) suyuqlikning erkin sirti atmosfera bosimi R ta’sirida bõladi. Atmosfera bosimi bilan pasaytirilgan bosim Rs orasidagi farq ta’sirida suyuqlik rezervuardan sõrish trubasi bõylab silindrga kõtariladi hamda sõrish klapanini ochib, nasosning ish kamerasi bõshliģini tõldiradi. Porshen õng chekka holatni egallab, chap tomonga harakat boshlanishi bilan sõrish klapani yopilib, haydash klapani ochiladi va silindrda yiģilgan suyuqlik porshen vositasida uzatish trubasiga siqib chiqariladi.
Suyuqlikning harakat tezligi va bosimlarining pulsasiyalanishini tenglashtirish hamda suyuqlikning sõrish va haydash trubalarida bir me’yorda tekis oqishini ta’minlash uchun nasosga maxsus qurilma (havo qalpoqchalari) õrnatiladi.



Download 6,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish