738
tanqidiy taxlil etish ko’nikmasi namoyon bo’ldi. Talaba taqdimotda fikrini izchil
va aniq bayon etdi. Buning uchun mustaqil ishning mantiqiy to’g’ri bo’lgan
rejasini tuzdi. Shu reja asosida nazariy fikrlar, o’tkazilgan tajriba natijalari
bayon etildi. Mustaqil ishni yoritishda o’rganilgan adabiyot ma’lumotlarini
“ko’chirmachilik” qilishdan qochish, foydalanilgan adabiyot nomi, nashr etilgan
yil va foydalanilgan kitob betlari aniq ko’rsatildi. Taqdimot darsni bosh qismida
amalga oshirildi. Bunda talaba diqqat bilan o’qituvchi topshiriqlarini bajardi,
ya’ni simpatik va parasimpatik asab tizimlari qaysi a’zolarni ishini kuchaytiradi
yoki susaytiradi? degan savolga javob berdi. Talaba avvalgi bilimlarini qayta
tikladi va qisman qayta o’zgartirib aniq topshiriqlarni bajarishda qo’lladi. Talaba
avval o’rgangan bilimlar asosida yangi, avvalgidan o’zgargan sharoitlarda
foydalandi, ya’ni mavzuga oid vaziyatli masalalar echishda qo’lladi. Bunda
talaba o’rganilayotgan sohaning mohiyatiga tushundi, uning yangi munosabati
va bog’lanishlarini aniqladi, g’oyalar va tushunchalarni yangi sharoitga bog’ladi.
Muhokama: Mustaqil ishlash uchun avvalo talabada bilim olishga ijobiy
munosabat shakllanishi zarur. Shunda u har bir darsga etarli tayyorgarlik bilan
keladi va dars davomida faol ishlaydi. O’qituvchi bayon etayotgan
informatsiyani o’zlashtirish, qoidalarni tushunishi va topshiriqlarni bajarishda
o’quvchi mustaqil harakat qilishi zarur. O’quvchi va talabalarda mustaqil ishlash
va o’qish ehtiyoji (ko’nikmasini) izchil shakllantirish talab etiladi. Mustaqil
ishlash shaxs tomonidan o’z jismoniy va psixik imkoniyatlaridan foydalanishni
ifodalasa, mustaqil o’qish bilimlarni egallashga shaxsiy intilishni ko’rsatadi.
Yangi mazuni an’anaviy usuda tushuntirganda o’qituvchi asosiy sub’ekt
boshqaruvchi, talab qiluvchi, etaklovchi sifatida maydonga chiqdi. Talaba esa
tobe bo’lib, barcha talablarni bajardi. Bunda talabaning qiziqishlari va
extiyojlari ta’limni tashkil etish jarayonida e’tiborga olinmadi. U bajaruvchi
sifatida maydonga chiqdi.
Hulosa: Mustaqil o’qish bilimning hayotiy ahamiyatini tushunish bilan
bog’liq. Mukammal hayotiy maqsadga ega bo’lgan shaxs muttasil o’z bilimini
boyitib boradi. Bugungi kunda amaliy faoliyat bilan bog’liq bilimlarni
egallashga intilish kuchaymoqda. Mustaqil ishning barcha turi talabada ijodiy
ishlash ko’nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Ijodiy ishni asosiy maqsadi
talabani ilmiy izlanishga o’rgatish va o’z mulohazalarini asoslash, bayon etish
va ma’lum g’oyalarni amaliyotga tadbiq etishga o’rgatishdan iboratdir. Hozirgi
kunda talabani har bir olim o’z ijodiy laboratoriyasiga olib kirishi, birgalikda
ijod etish darajasiga ko’tarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: