158
O’zbekistonda tashqi savdoning samaradorligi
Qurilish fakulteti.301-KT:(B va IQ)
guruh talabasi Berdiqulova Farida
Rahbar: katta o’qituvchi Djalilova Sh. S.
O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasida har tomonlama
aloqalar o’rnatilmoqda, bunday iqtisodiy, siyosiy aloqalar respublikamiz
davlat mustaqiligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi.
Dastlabki davrda respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha
MDX mamlakatlari bilan xukumatlararo bitimlar va horijiy mamlakatlar bilan
erkin muomiladagi valyuta hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi .
Tashqi iqtisodiy faoliyati Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama
aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat bermoqda .
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi
savdo sohasida boshqaruv
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoniga binoan “tashqi
savdo asosiy ko’rsatkichlari parametirlarini shakllantirishda va O’zbekiston
Respublikasining bojxona tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi
savdoni liberallashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish”
“tovarlar (ishlar va xizmatlar), shu jumladan, o’ziga xos tovarlar va sanoat
mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tarif va notarif boshqaruvi
choralarini qo’llash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog’liq
tadbirlarni muofiqlashtirish”va shunga o’xshash bir necha farmoni 2017 yil 13
apreldagi farmoni “Zarafshon” gazetasida chop qilindi.
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida
yagona iqtisodiy makon
to’g’risida tuzilga shartnoma samara bera boshladi . Uning integiratsiyalashuviga
qaratilgan dastur ishlab chiqildi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin qisqa davr ichida 80
dan ko’p davlat bilan diplomatik munosabatlarni o’rnatdi.
Dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida diplomatik elchixonalarini ochdi,
ko’pgina xalqaro tashkilotlarda BMT iqtisodiy muassasalari, jahon banki,
xalqaro bank, xalqaro valuta fondi, xalqaro moliya
korparatsiyalari iqtisodiy
taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-
iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarininig erkin faoliyat
yuritishlari uchun barcha iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratilgan va
bu qonun bilan muhofaza qilinadi.
Bugungi kunda har bir fuqaroni o’z biznesini erkin tarzda yo’lga
qo’yish uchun juda katta imkoniyatlar ochib berilmoqda.
O’zining mahsulotlari bilan jahon bozoriga kirib borish,
mahsulotlarini sifat darajasini yaxshilash va shu orqali xalqaro qo’shma
korxonalar va chet el investorlarining O’zbekistonda qo’shma korxonalar
tashkil etishi va eng katta investitsion loyihalarni
amalga oshirish imkoniyati
yaratilib berilmoqda.
Bu esa respublikaga valyuta tushumlarini olib kelish bilan birgalikda
mahalliy ishchi kadrlarni malakasini oshirish bilan ish o’rinlarini kengaytirib
beradi. Oxirgi yillarda O’zbekistonda eksport tarkibiga mahalliy xom-ashyodan
159
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va qo’shimcha daromadni qo’lga kiritishga
olib keladi. Natijada qo’shimcha ishchi joylari va boshqa ijobiy ko’rsatkichlarni
amalga oshiriladi.
Bugungi kunda respublikamizda an’anaviy eksport mahsulotlaridan paxta,
gaz,
rangli metal, yumshoq o’yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari va shunga
o’xshash ko’plab mahsulotlarimiz jahon bozorida o’z mavqeyiga ega bo’lib
bormoqda. Bu maxsulotlarni chet davlatlarga reklama qilish maqsadida Toshkent
Xalqaro Marketing markazi ochildi, unga binoan O’zbekistonda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar namoyish qilinadi va mahsulotlarga xaridor topishga ko’maklashadi.
Bunday samarali hamkorlikdan ko’zlangan maqsad mahsulotlarimizni son va sifat
darajasini oshirish, qolaversa, investorlarni jalb qilib samaradorlikni oshirmoqda .
Mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini samaradorligini aniqlashda tashqi
savdo balansi ma’lumotlaridan foydalaniladi, mamlakatning
tashqi savdo balansi
mamlakat to’lov balansining tarkibiy qismi bo’lib, tovarlar import qilinganida
undan chiqib ketadigan mablag’lar bilan tovarlarni chet elga eksport qilinganda
mablag’lar o’rtasidagi nisbatini ko’rsatadi. To’lov balansining shu tarkibiy qismi
mamlakatning tashqi iqtisodiy ahvoliga baho berishda eng muhim ko’rsatkich
hisoblanadi.
Agarda mamlakatning eksporti ma’lum davrda chet eldan import qilishdan
ortiq bo’lsa, savdo balansi musbat bo’ladi, ya’ni eksportdan tushgan tushim
importga ketgan xarajatlarga nisbatan ko’p bo’lsa, unda
mamlakat tashqi balansi
musbat savdoga ega bo’ladi. Agar import eksportdan ortiq bo’lsa, savdo balansi
shunga muvofiq salbiy bo’ladi yoki boshqacha qilib aytganda, mamlakat chetdan
sotib olayotgan tovarlar summasidan ortiq bo’lsa, mamlakat savdo balansi salbiy
savdoga ega hisoblanadi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi
bank (OIV) hamda jaxon savdo tashkiloti (JST)
bilan hamkorligi istiqboli
yo’nalishlaridan xisoblanadi . Shunday qilib O’zbekistonning jaxon hamjamiyati
qo’shilishida dunyo mamlakatlarida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
hamkorlik xal qiluvchi o’ziga ega bo’lib bu
milliy iqtisodiyotning
baynalmillashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichda
ko’tarishining asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, oxirgi yillarda O’zbekistonda
eksport tarkibida
mahalliy xomashyodan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va qo’shimcha
daromadlarni qo’lga kiritishga olib keladi.
Bu mahsulotlar ko’pgina chet davlatlarni qiziqishlariga va mamlakatimizga
juda ko’p katta-katta investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratib
bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: