Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси қурилиш вазирлиги



Download 18,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/201
Sana19.02.2022
Hajmi18,71 Mb.
#460092
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   201
Bog'liq
3 китоб

O‘zbekiston Respublikasida mulklarning xususiylashtirilishi 
va bozor munosabatlarining shakllanishi 
Xasanov Shaxrizod – SamDAQI, “Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni 
boshqarish” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi, 
Turdibekov Yusuf Ibragimovich – SamDAQI, “Ko’chmas mulk ekspertizasi 
va uni boshqarish” kafedrasi katta o’qituvchisi. 
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. Bu bilan davlat monopoliyasi 
tugatildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, mulkdorlarning keng qatlami 
shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi.
 
Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish 
O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishdan maqsad:
1. Davlat monopoliyasini tugatib, ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barxam 
berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish.
2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish.
3. Xorijiy sarmoyadorlarga 
keng 
yo‘l ochish, 
ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat. 
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy 
tamoyillari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan 
mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olingan va 
o‘zining hayotiyligini namoyish etgan.
 
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish 
davlat qo’mitasining xabar berishicha, 2015-yil O’zbekistonda 848 ta tashkilot 
va ob’ektlar xususiylashtirildi. Hisobotga ko’ra, eng ko’p ob’ektlar soni
Toshkent viloyatiga (128 ta ob’ekt) to’g’ri keladi. Namangan viloyatida – 108 
ta, Farg’ona viloyatida – 100 ta ob’ekt, Andijon viloyatida – 82 ta ob’ekt,
Qashqadaryo viloyatida – 54 ta ob’ekt, Jizzax viloyatida – 53 ta ob’ekt va 
Surxondaryo viloyatida – 52 ta ob’ekt xususiylashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 
xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni 
rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini yangi sifat darajasiga ko’tarish,
xususiylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini samarali qo’llab-quvvatlash borasida 
ko’plab ishlar amalga oshirilayapti. Mamlakatimizda xususiy mulk egalarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan mustahkam 
bazasi yaratilgan. Davlat xizmatlari ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri zamonaviy 
interaktiv shakllari joriy etilmoqda. Davlat organlari bilan ishbilarmonlar o’rtasida 
tizimli muloqot yo’lga qo’yilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror 
rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishning 
muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil qo’llab-
quvvatlash bo’yicha ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da xususiy mulkchilik va 
tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli 


203 
muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, o’z biznesini yo’lga qo’yish istagini 
bildirgan aholi vakillariga har tomonlama ko’mak berish bo’yicha dolzarb vazifalar 
belgilangan. Xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab 
chiqarish ko’rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda 
muntazam tahlil qilib birish, faoliyat ko’rsatmayotgan, past rentabelli va zarar 
ko’rib ishlayotgan korxonalarni, bo’sh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan 
ob’ektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash ishlari tizimli yo’lga qo’yilgan. Bu
borada ilgari xususiylashtirilgan qariyb 40 ming ob’ekt o’rganilib, ularning 3 
ming 900 tasi bo’sh turgan yoki to’liq ishlamayotgani aniqlangan. Ushbu 
ob’eklarning 2700 tasi faoliyatini qayta tiklash yoki ular negizida ishlab chiqarish 
quvvatlarini tashkil etish bo’yicha loyihalar va “yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan.
Ushbu loyihalar doirasida 2,7 trillion so’mlik investitsiyalar o’zlashtirilib, 25 
mingdan ortiq ish o’rni yaratiladi. Bugungi kungacha 420 korxona faoliyati qayta 
tiklandi, yil yakunigacha yana 1800 ob’ektda ishlab chiqarish jarayoni yo’lga 
qo’yiladi. Davlatimiz rahbarining 2017- yil 18-apreldagi “O’zbeksiton 
Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil etish to’g’risida”gi farmoni bu borada muhim 
omil bo’lmoqda. Davlat qo’mitasi tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinar ekan,
korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash, yangi ish 
o’rinlari yaratish, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish,
ruxsat beruvchi hujjatlarini olish, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va tijorat 
banklaridan 
kredit 
ajratilishida 
ularga 
ko’maklashish 
maqsadida 
xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo’l xaritasi” ni ishlab chiqish 
va joriy etish bo’yicha ko’plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Mutasaddilarga 
mulk egalari bilan birgalikda ishlamay turgan 1 ming 200 ob’ekt faoliyatini 
tiklash va rivojlantirish yuzasidan loyihalar va “yo’l xaritasi” ishlab chiqish va 
ularni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha izchil chora-tadbirlar ko’rish 
yuzasidan topshiriqlar berildi. 
Joriy yilda 408 davlat ob’ekti xususiy mulkdorlarga sotilgan. Ularning
278 tasi 1,6 trillion so’mlik investitsiya kiritish va 10 mingdan ortiq ish o’rni 
yaratish sharti bilan “nol” qiymatida berilgan. Bugungi kunda yana 388 davlat 
ob’ekti sotuvga qo’yilgan bo’lib, uiarning 161 tasi “nol” qiymat bo’yicha berish 
rejalashtirilgan. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayoni, eng 
avvalambor, mulkning asl egasini topish va ulardan eng samarali foydalanishni 
yo‘lga qo‘yishga qaratilgan va bu yo’nalishda ishlar olib borilmoqda. 

Download 18,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish