Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати



Download 7,19 Mb.
bet91/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

1000 V gacha kuchlanishda jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan yoki simdan ajratish uchun kanop, yog‘och, taxta yoki elektr tokini o‘tkazmaydigan boshka quruq jismdan foydalanish kerak (2-rasm). Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan kiyimidan tortib (kiyimi quruq va badaniga yopishmagan bo‘lsa), masalan kamzul yoki paltosining etagidan, yoqasidan tortib ajratish mumkin, bunda uning atrofidagi metall buyumlar yoki jabrlanuvchi badanining kiyimsiz joylariga tegib ketmaslik kerak (3-rasm). Jabrlanuvchini oyog‘idan tortib ham chetga olib qo‘yish mumkin, bundan yordam beruvchi o‘z qo‘llarini izolyatsiya qilmasdan turib, jabrlanuvchining kiyimiga yoki poyafzaliga tegishi mumkin emas, chunki ular nam bo‘lishi va elektr tokini o‘tkazishi mumkin. Qo‘llarini izolyatsiya qilish uchun yordam beruvchi, ayniqsa u jabrlanuvchi badanining kiyim tegmagan joylaridan ushlashi kerak bo‘lganda, yordam beruvchi shaxs dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘liga sharf o‘rashi, qo‘liga movut furajkani, kamzuli yoki paltoning yengini kiyib olishi, jabrlanuvchining ustiga rezina gilamchani, rezinali mato (plashch) yoki oddiy quruq matoni

3-rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida jabrlanuvchini quruq kiyimidan tortib tok ta’siridan ozod qilish

tashlashi kerak. Jabrlanuvchini oyog‘idan tortib ham chetga olib qo‘yish mumkin, bundan yordam beruvchio‘z qo‘llarini izolyatsiya qilmasdan turib, jabrlanuvchining kiyimiga yoki poyafzaliga tegishi mumkin emas, chunki ular nam bo‘lishi va elektr tokini o‘tkazishi mumkin. Qo‘llarini izolyasiya qilish uchun yordam beruvchi, ayniqsa u jabrlanuvchi badanining kiyim tegmagan joylaridan ushlashi kerak bo‘lganda, yordam beruvchi shaxs

dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘liga sharf o‘rashi, qo‘liga movut furajkani, kamzuli yoki paltoning engini kiyib olishi, jabrlanuvchining ustiga rezina gilamchani, rezinali mato (plashch) yoki oddiy quruq matoni tashlashi kerak. SHuningdek, yordam ko‘rsatuvchi shaxs rezina gilamcha, quruq taxta yoki elektr tokini o‘tkazmaydigan har qanday taglik, quruq kiyimlar o‘rami va x. ustiga turib o‘zini izolyatsiya qilishi mumkin. Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratishda bir qo‘l bilan harakat qilish lozim (4-rasm).

Agar elektr toki jabrlanuvchi orqali yerga o‘tib ketayotgan bo‘lsa va u tok o‘tkazuvchi element (masalan, simni) talvasada qo‘lida mahkam ushlab olgan bo‘lsa, eng osoni jabrlanuvchini yerdan ajratgan holda (uning tagiga quruq taxta tikib yoki uning oyog‘ini arqon yoki kiyimi yordamida yerdan uzib qo‘yish) tokning ta’sirini to‘xtatish mumkin, bunda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘ziga nisbatan ham jabrlanuvchiga nisbatan ham yuqorida ko‘rsatilgan ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. SHuningdek simni yog‘och dastagi quruq bo‘lgan bolta bilan (5-rasm) yoki dastagi izolyatsiyalangan asboblardan (ombor, yassi jag‘li ombirdan) foydalangan holda uzish mumkin. Dastagi izolyatsiyalanmagan asbobning dastagiga quruq mato o‘rab xam foydalanish mumkin.

4-rasm. Jabrlanuvchini 1000 V gacha kuchlanishli tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish



5-rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida simlarni o‘zish yuli bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish



Simlarni fazalar bo‘yicha, ya’ni har bir fazani alohida uzish lozim, bunda odam o‘zini yerdan izolyatsiyalashi (quruq taxtalar, yogoch narvon v ax. ustida turishi ) kerak.


Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish