Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати



Download 7,19 Mb.
bet89/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

Shaxsiy himoya vositalari

Himoya ko‘zoynagi

Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz gorelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun ishlatiladi.

Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar (GOST 12.4.003-80, 12.4.013-85 va boshq.) talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan ko‘zoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim.

Qo‘lqoplar

Qo‘lqoplar qo‘lni uchqunlardan, erigan metall zarrachalarining sachrashidan, to‘ponidan, yuqori haroratdan, neftdan, ishqordan, kislotadan, suvdan, mexanik ta’sirlanishdan saqlash uchun mo‘ljallangan.

Erigan metallar, kabel mastikalari bilan ishlaganda qiyin yonuvchi asbest, spilka va boshqa gazlamalardan tikilgan qo‘lqoplardan foydalanish shart.

Qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 talablari asosida tayyorlanishi zarur. Qo‘lqoplar 6 tipda ishlab chiqariladi: baxyalab tikilgan, barmog‘i choklab ulangan; barmoqli, qo‘lqopning pastki qismi to‘la Qo‘lqoplar kuchbichilgan; barmog‘i qo‘lqop bukilishining yon tomonida joylashgan; 2 ta barmoqli; elastik lenta bilan bilaklarga bog‘langan, qo‘njlari uzaytirilgan — 4 ta o‘lchamli.aytiruvchi va himoya qoplamalariga ega. Qo‘njlari uzaytirilgan qo‘lqoplar 420 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Erigan metall, mastika va boshqa moddalar oqib ketishining oldini olishda qo‘lqoplar kiyim englarini zich qoplab olgan bo‘lishi kerak.

Protivogazlar, respiratorlar

Protivogazlar (masalan, PSH-1, PSH-2) nafas olish a’zolarini kislorod etishmaslikdan yoki yopiq taqsimlovchi qurilmalarda avariya holati tufayli metallarning erishi va elektr izolyasiyalovchi materiallarning yonishi natijasida paydo bo‘ladigan o‘ta xavfli gazlar bilan ifloslangan havo bilan zaharlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi.

Kavsharlash ishlarida kavsharlash aerozollaridan himoya qilish uchun aerozolga qarshi filtrlovchi respiratorlar (U-2 k, F-62 sh va h.k.) ishlatiladi.

Havoni filtrlovchi fuqaro protivogazlarini (masalan, GP-5) faqat uglerod oksididan saqlovchi gopkalit patron bilan ishlatishga ruxsat etiladi. Gopkalit patroni havo harorati 6° S va undan yuqori bo‘lganda ishlatishga ijozat beriladi, bundan past havo haroratida uning himoya xususiyati yo‘qoladi.

Protivogaz va respiratorlar GOST va texnik shartlar talablari asosida tayyorlanishi va ishlatilishi lozim.

Xodimlar protivogaz va respiratorlardan foydalanishga o‘qitilib, o‘rgatilgan bo‘lishi zarur. SHlangli protivogazlar bilan ishlash jarayonida ishchilar, xavfsiz zonada bo‘lgan, kerak bo‘lganda yordam berishga qurbi etadigan va tayyor turgan, yordamchi xodimlar nazoratida bo‘lishi lozim. Respiratorlar faqat shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa kishilarga dizenfeksiya qilingandan keyin ishlatishga ruxsat etiladi.

Kaskalar

Kaskalar boshni mexanik shikastlanishdan, yog‘ingarchilikdan, elektr toki urishidan saqlash uchun xizmat qiladi. Elektrostansiya va podstansiyalardagi ishlab turgan elektr uskunalarida (boshqaruv, releli va shunga o‘xshash shchitlardagi ishlardan tashqari), yopiq va ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida, tunellar va quduqlarda hamda havo elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini bajarish jarayonida hamma ishchilar kaskadan foydalanishlari majburiydir.

Kaskalar 12.4.091-80; 12.4.087-84-sonli GOSTlar va texnik shart talablari asosida tayyorlanishi zarur. Kaskalar belgilangan maqsadiga qarab bir necha turda ishlab chiqariladi: cheti soyabonli, fara ushlagichli, olib qo‘yiladigan pelerinali tomchi o‘tadigan joylarda ishlash uchun qo‘llaniladigan, qish mavsumida kiyish uchun mo‘ljallangan issiq shlemli. Kaskaning barcha detallari o‘tkir qirralar va tomonlardan hamda bo‘rtiqlardan holi bo‘lishi zarur. Kaska engakdan o‘tkazib bog‘lash uchun kamar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Kaska materiali metall buyumlar bilan urilganda uchqun chiqarmasligi kerak. Kaska korpusi ikki tomoni ochiq tok o‘tkazuvchi detallardan holi bo‘lib, 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida elektr toki urishidan himoya qilishi shart. Kaskaning tashqi yuzasi tekis, silliq, darz ketmagan va pufaksiz bo‘lishi zarur.

Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari

Montyorning saqlagich kamari havo elektr uzatish tarmoqlarida, elektrostansiya va podstansiyalarda, taqsimlovchi uskunalarda balandlikda ishlovchi ishchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kamarlar GOST 14185-77, 5718-77 talablariga mos kelmog‘i lozim.

Ishlab turgan elektr uskunalarida ish bajarishda (kavsharlash ishlaridan tashqari) texnik kapronli lentadan yoki shunga o‘xshash materialdan qilingan osma arqonli moityorning saqlagach kamarini ishlatish lozim. Elektr uskunalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan kuchlanishni olib yoki tok o‘tkazmaydigan qismlaridan kuchlanishni olmasdan kavsharlash ishlarini bajarish jarayonida osma zanjirli saqlagich kamarini ishlatish lozim.

Kamar karabini qulflab berkitilishi va qimirlamaydigan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Dinamik siltanishga duchor bo‘lgan kamar ishlatishdan olib qo‘yilishi zarur.

Xavfsizlik arqoni qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Ish joyi montyorning saqlagich kamarini osma arqoni bilan uskunalar konstruksiyasiga mustahkam o‘rnashib olish imkonini ta’minlay olmaydigan masofalarda xavfsizlik arqonidan foydalanish shart. Buning uchun uzunligi kamida 10 m va diametri 15 mm dan kam bo‘lmagan paxtadan qilingan arqondan yoki maxsus to‘qilgan kapron arqondan foydalanish zarur. Arqonning statik uzilish yuklamasi 10000 N (1000 kgs)1 dan kam bo‘lmasligi shart. Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari aylanasiga mahkamlash uchun bog‘lagich tuguni ko‘rsatilgan. Xavfsizlik arqonlari karabinlar (prujinali qisqichlar) bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.

Nazorat savollari.



  1. Elektr himoya vositalari haqida tushuntirib bering.

  2. Elektr tokidan himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositalari.

  3. Kolektiv himoya vositalari.



Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish