Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


UZLIKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MASOFALI TA’LIM VA SAMARADORLIK



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

UZLIKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MASOFALI TA’LIM VA SAMARADORLIK 
Ibraimov X. – NDPI, prof., p.f.d. 
O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “o`qishni, mustaqil bilim 
olishni indivudiallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish 
va o`zlashtirish” haqida alohida ta’kidlangan. O`zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida turli o`yin, 
uslubiyotlar va texnologiyalar virtual fazoda muvaffaqiyat bilan qo`llanilmoqda. Bir vaqtlar pero va 
qog`ozni yaratilishi ta’limni yangi bosqichga ko`targani kabi, axborot texnologiyalarining paydo 
bo`lishi va rivojlanishi hozirgi zamon jamiyatining ta’lim tizimida yangi inqilob bo`lishiga olib 
kelmoqda. Ta’limda telekommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari axborotlarni tasvirlash va 
uzatishning yangi shakllariga yo`l ochmoqda, yangi o`qitish shaklini paydo bo`lishga asos solmoqda. 
Ana shunday o`qitish shakllaridan biri «masofali o`qitish» deb nomlangan Internet tarmog`idagi 
ta’limdir.
«Masofali o`qitish - davlatda va xorijda aholining keng qatlamiga masofada turib o`quvchi va 
o`qituvchini o`quv axborotlar bilan almashinish vosita (kompyuter aloqa, sun’iy yo`ldoshli 
televideniye va sh.k.) larga asoslangan maxsus axborot-ta’lim muhiti yordamida ta’lim xizmatlar 
majmuasini taqdim qilishdan iborat». Masofali o`qitishning xususiyatlariga, birinchidan, o`quvchini 
o`qituvchidan uzoqdaligi; ikkinchidan, mustaqil o`qish - sirtqi o`qitish shaklining qandaydir varianti; 
uchinchidan, axborot vositalari va ashyolarini o`quv jarayoniga faol birlashishidir.
Masofaviy o`qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng ko`p tarqalgan 
ta’rif quyidagicha: masofaviy o`qitish texnologiyasi bu ta’limni belgilangan mazmunini nusxalab 
amalga oshirishga yo`naltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, o`qitish shakllarining 
majmuasidir. 
Ma’lumki, hozirgi kunda ta’lim olishning kunduzgi shakli - asosiy shakllardan biri 
hisoblanadi. Ko`pgina davlatlarda va shu jumladan, respublakimizda ham ma`lum bir davrlarda 
ta’limning sirtqi, kechki va eksternat shakllaridan ham keng foydalanib kelindi. Shu kecha-kunduzda 
bularning safiga yangi rivojlanayotgan zamonaviy shakli-masofali ta’lim tizimi qo`shilmoqda.
Masofali ta’limni dastlab buyuk ajdodlarimiz Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy 
va boshqalar amalga oshirganlar. Ular boshqa shaharlardagi shogirdlariga xat orqali (chopar, kabutar 
yordamida) bilim va topshiriqlar berib turganlar. Ammo xat orqali axborot (ma`lumot) almashishga 
haftalab, oylab vaqt ketgan. 
Olimlar orasidagi bu an’ana telegraf, radio va televidenie kashf etilishigacha davom etdi. 
Hozirgi davrda esa, kompyuter texnikasi axborot telekommunikatsiyasi va Internet tizimi asosida 
masofali ta’lim, xuddi o`qitishning kunduzgi shakli darajasidagidek amalga oshirilmoqda.
Masofaviy o`qitish texnologiyasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:

ta’lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi

ta’lim axborotlarini uzatish texnologiyasi; 

ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 
Masofali o`qitishning asosiy tamoyillaridan biri uning barchaga barobarligi-aniq shartlarda 
xohish bildirgan ixtiyoriy kishi «virtual o`quvchi» bo`lishi mumkinligidir.
Yangi ta’lim texnologiyalaridan biri, uy sharoitlarida kompyuter yoki telekommunikatsiya 
yordamida boshqa davlatda joylashgan maktabda kurslarni o`tish imkoniyatini beradigan masofali 
o`qitishdir. Virtual ta’limda, shuningdek, o`quv jarayonini samarali tashkil etish, o`quvchilarning 
qiziqishini ko`tarish kabi vazifalari ham mavjud va bu yerda an’anaviy ta’limda ham 
foydalaniladigan, tarmoq o`yinlari, virtual seminarlar, treninglar va hamkorlikdagi jamoaviy 
loyihalar va boshqa shu kabi psixologo-pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etishi mumkin. 


42 
Ikki turdagi: axborot va o`qitish texnologiyalar — o`qitish jarayoniga yangicha yondashish, 
shaxslarni ta’limning umuman mazmunidan iborat bo`lgan ijodiy salohiyatini va bilishga intilishlarini 
rivojlantirish imkoniyatini berib muvaffaqiyatli birlashtirilishi mumkin. 
Masofali ta’limni amalga oshirishda o`quv kurslarini qo`llab-quvatlash, o`quvchilarga o`quv 
materiallarini yetkazib berish, ma’lumotnoma materiallari bilan ta’minlash (kutubxona), maslahat 
berilishi, bilimlarni nazorat qilib turilishi lozimdir.
Masofali ta’limda ham o`quvchilar xuddi kunduzgi o`quv shaklidagidek bir-birlari bilan 
telekommunikatsiya tizimi orqali o`zaro muloqotda bo`ladilar va maslahatchi (o`qituvchi)laridan 
yordam olib turadilar. Masofali o`qitishda o`quvchilarni onlayn (qachon axborot kerak bo`lganda, 
o`sha paytda axborot olish imkoniyatiga onlayn tartibi deyiladi) qo`llab-quvvatlash, chat va forumlar, 
onlaynli axborot taxtalari, onlayn do`konlari va boshqa maslahat vositalari bo`lishi kerak.
Masofali o`qitishni amalga oshiradigan o`quv yurtlari, asosan, ular tomonidan taklif 
etiladigan o`quv dasturlariga muvofiq ravishda tabaqalanadilar.
1. “Natural masofali universitetlar”. Bunday universitetlarning o`quv dasturlari shunday 
tuzilganki, ularni to`la o`tganlar bakalavr yoki magistr darajasini oladilar (masalan, AQSH, Ispaniya, 
Germaniyalarda bunday ta’lim muassasalarini ko`rish mumkin). 
2. Malaka oshirish kurslari provayderlari. Bu muassasalarning asosiy dasturlari 
(o`quvchilarga sertifikat berishga mo`ljallangan bo`lib, o`quvchilarni kasbiy malakalarini oshirishga 
katta ahamiyat beradi). 
3. Onlayn o`qitishni taqdim etuvchi universitetlar. Ushbu universitetlar o`zlarining o`quv 
dasturlar sonini ko`paytirib onlayn tartibida (rejimida) taqdim eta boshladilar.
Masofali ta’limning yagonalik, ikkilangan, aralash, konsetsium, franchayzing, validatsiya, 
uzoqlashtirilgan auditoriyalar va loyihalar kabi modellari mavjud.
Masofali ta’lim texnologiyalari qatoriga: elektron o`quv moduli, radio-televideniye 
texnologiya (RT), korrespondentlik texnologiya (KT) va tarmoq texnologiyalari (SO), mobil 
texnologiya(MT)larni kiritish mumkin. 
Elektron o`quv moduli – didaktik vosita sifatida uch komponent (information, amaliy va 
nazorat qilish)dan tashkil topgan multimediali ta’lim resursini o`zida aks ettirib, zamonaviy sharoitda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanishga qo`yilayotgan talablarga mos keladi 
hamda innovatsion tavsifga ega bo`lib, bilimlarni o`zlashtirish, mustahkamlash va nazorat qilish 
imkonini beradi. Elektron o`quv moduli auditoriyadan tashqari faoliyat jarayonida talabalarning 
kasbga oid bilimlarini mustaqil o`zlashtirish va mustahkamlashlariga yordam beradi.
TV texnologiya - 1940 yillardan boshlab o`quv materiallarini odatdagi pochtadan tashqari - 
radio, magnitofon lentalari, televideniyadan foydalanib ta’lim oluvchilarga yetkizila boshlandi. 
Ta’lim oluvchilarni televizion ma’ruzalardan foydalanib, o`quv materillarini o`rganishlari TV 
texnologiyani asosini tashkil etadi.
Tarmoq texnologiyalariga - Internet texnologiyalari kiradi. Internetdan foydalanib o`qituvchi-
ta’lim oluvchi o`rtalarida muloqot o`rnatiladi va o`quv uslubiy materiallaridan foydalaniladi. Hozirgi 
davrda masofali ta’lim texnologiyalariga CD-ROM texnologiyalari ham qo`shildi. 
Korrespondentlik texnologiyada o`quvchi o`quv materiallar oladi va unga maslahat 
beradigan hamda nazorat ishlarini tekshiradigan o`qituvchi biriktiriladi. Kunduzgi uchrashuvlar 
mo`ljallalanadi. Axborot almashinish asosi ko`proq an’anaviy pochtaga tushadi.
Mobil texnologiya mobaynida mobil shaxsiy portativ kompyuterdan (MSHPK) foydalaniladi. 
«Pleyer» tartibida MSHPKdan o`qish uchun o`quvchi elektron ko`rinishdagi o`quv materiallarni 
foydalanadi.
Keltirilgan masofali o`qitish texnologiyalari ixtiyoriy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyat 
bilan qo`llanilishi mumkin.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish