Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


MULTIMEDIYA VOSITALARIDAN JISMONIY MADANIYAT DARSLARIDA



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

 
MULTIMEDIYA VOSITALARIDAN JISMONIY MADANIYAT DARSLARIDA 
FOYDALANISHNING AXAMIYATI 
Ubaydilloyev Doston Husen o'g'li 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi. 
Yòldoshov Abror 
Jismoniy tarbiya òqituvchisi. Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi 
 
Ta’lim  –  tarbiya  jarayonining  jamiyat  taraqqiyotidagi  roli  nihoyatda  beqiyosdir.O‘quvchini 
tarbiyalash,  uni  bilim  olishga  ,jismoniy  madaniyat  bilan  shug’ullanishga  undash  va  bu  hatti-harakatini 
sekin-asta  ko‘nikmaga  aylantirib  borish  lozim.  Jismoniy  madaniyat  o‘quvchining  mushohada  qilish 


 
290 
 
qobiliyatini tarbiyalaydi, shu tarzda o‘quvchi asta-sekin takomillashib, komillikka erisha boradi.Ammo bu 
jarayon o‘quvchi va o‘qituvchidan uzoq davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat, qunt va irodani talab 
etadi. 
O‘quvchilarni  jismoniy  –madaniy  to‘g’ri  tarbiyalashda  multimediya  vositalarning  o‘rni  muhim 
ahamiyatga  ega.  O‘quvchilarda  jismoniy-ma’naviy,  sog’lom  sifatlarning  shakllanishida  multimediya 
vositalari,  atrofdagi,  jamiyatdagi  jismoniy-ma’naviy  mihit  va  ularga  bo‘lgan  munosabat  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Multimediya  vositalari  asosida  sportchilarning  bir-birlariga  bo’lgan  munosabatlarini  ko‘rgan 
o‘quvchi shunga qarab shakllana boradi.Ular avval kuchli  sportchilarga  taqlid qiladilar.So‘ng  sekin-asta 
shug’ullanayotgan sport turlarining mohiyatini anglaydilar. 
Biz  agar  boy  ma’naviy  merosimizga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,unda  allomalarimiz  tomonidan 
yaratilgan  jismoniy-ma’naviy  ta’limotning  nihoyatda  sermazmun  ekanligiga  amin  bo‘lamiz.Masalan, 
buyuk alloma  Abu  Ali  Ibn Si‘no o‘zining (Donishnoma) asarida bola tarbiyasi xususida quyidagi fikrni 
bildiradi: “Bola hulqini mo‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak”. Bundan ikki manfaat bor: 
Birinchisi  –bolaning  ruxi  uchun  bo‘lib,  u  yoshligidan  boshlab  yaxshi  xulqli  bo‘lib  o‘sadi  va 
keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi. 
Ikkinchisi-uning badani uchundir,chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo‘ladi.Shuningdek, 
agar yomon xulq odatga kirib qolsa u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi.Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, 
qayg’u kuchli quritadi. 
Jismoniy-  madaniyat  tarbiyada  multimediya  vositalaridan  fodalanish  ham  o‘quvchi  ma’naviyatida 
muhim ahamiyat kasb etadi.O‘quvchi ulg’aygan sari, uning ma’naviy dunyosini rivojlantirib borish zarur. 
Bu  rivojlantirish  maktabdagi  muhit,  tartib  intizom,  ahloq,  sinf  o‘quvchilarining  bir-biriga,  yon 
atrofdagilarga,  o‘zi  yashayotgan  makonga  –Vatan‘ga,  borliqqa  bo‘lgan  munosabati  orqali  amalga 
oshiriladi. Bunday jismoniy-madaniy muhitning maktabda mavjudligi, kelajak hayotda o‘quvchining ilm-
ma’rifat  olishga,  o‘qishga  bo‘lgan  qiziqishini  oshiradi  va  o‘quvchining  teran  fikrli,  ma’naviy  yetuk, 
sog’lom shaxs bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. 
Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yoshlarimiz orasida sportga bo‘lgan munosabat ijobiy, bunga sabab 
bitta!  Bu  ham  bo‘lsa,  maktabdagi  jismoniy  madaniy  muhitning  yaxshiligi,  yoshlikda  jismoniy- 
ma’naviyatning  qondirilganligidadir.Yoshligidan  jismoniy-ma’naviy  ehtiyoji  qondirilgan  o‘quvchi, 
keyingi  davrda  ilm  dargohiga  borganda  ham  sport  bilan  shug’ullanishga  qiynalmaydi,  mashqlarni 
o‘zlashtira oladi. 
Jismoniy-madaniy tarbiya milliy ta’lim-tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali o‘quvchilarning 
ongiga,  hulq-atvoriga  ma’naviy  ta’sir  qilinadi.  Ustoz  murabbiylar  o‘quvchilar  jismoniy-tarbiyasi  bilan 
shug’ullanishar  ekan,  multimediya  vositalari  asosida  milliy  urf-odatlarimiz,  qadimiy  an’-analarimiz  va 
qadriyatlarimizga katta e’tibor berish kerak. 
Sport  sog’lik  garovi.  Sport  bilan  shug’ullanayotgan  har  bir  o‘g’il-qiz  mukammal,  yetuk,  sog’lom 
inson  sifatida  tarbiya  oladi.  Maktabdagi  jismoniy-madaniy  muhit  o‘quvchi  tarbiyasiga  ham  salbiy,  ham 
ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ustoz – murrabiy o‘quvchi jismoniy-madaniy tarbiyasi uchun ma’sul. Ular 
o‘quvchilarning  sport  bilan  shug‘ullanishlari,  ilm  olishi,  o‘qimishli  bo‘lishi  uchun  shart-sharoit  yaratib 
berishi lozim. 
Shu nuqtai nazardan “murabbiy – o‘quvchi – oila” ijodiy hamkorligini multimetdia vositalari asosida 
jismoniy  –  madaniy  tarbiya  tizimiga  yo‘naltirishda  murrabiylar  oldiga  turgan  quyidagi  vazifalarni 
keltiramiz: 
O‘quvchi va murabbiy faoliyatini multimedia vositalari asosida jismoniy  – madaniy tarbiya tizimi 
qonuniyatlariga moslashtirish; 
Jismoniy – madaniy tarbiya jarayonini amalga oshirishda har bir o‘quvchini o‘quv tarbiya jarayoniga 
jalb qiladigan va sog‘lom fikrlashga o‘rgatadigan interfaol usul va uslublardan foydalanish; 
Jismoniy  –  madaniy  tarbiya  jarayonida  turli  xil  interaktiv  usullarni  qo‘llash  va  sog‘lom  muhitga 
erishish uchun multimedia vositalaridan foydalanish; 
O‘zbekistonda  yagona  jismoniy  –  madaniy  tarbiya  tizimi  asosida  faoliyat  olib  borish  va  hozirgi 
kunda bir-biri bilan uzviy bog‘liq ta’lim muassasalari  (boshlang‘inch ta’lim, maktab, kasb hunar  kolleji, 
oily o‘quv yurtlari) uchun yaxlit jismoniy – madaniy tarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqalardan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlangan jismoniy – madaniy tarbiya vazifalarini “murabbiy 
– o‘quvchi – oila” ijodiy hamkorligini multimedia vositalari asosida hal etishi o‘quvchi shaxsining 
kelajakda sog‘lom inson bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblaymiz. 
 


 
291 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish