Ikkinchi tamoyil - to’g’ri nafas olish. Sahar turib, birinchi qiladigan ishingiz, toza havoga chiqib, buning iloji bo’lmasa uyda derazalarni ochib qo’yib yura boshlaysiz. Maqsad badanni qizdoirib, vujudingizga nafas olishni o’rgatish. Buning uchun uch yoki to’rt qadamda (bu sizning o’pkangizning hajmiga bog’liq) burun orqali nafas ola-siz, keyingi uch-to’rt qadamda nafasni chiqarasiz, qorin bilan nafas olishga e’tibor bering. Nafas olganingizda ko’kragingiz ko’tarilmasin, bu juda muhim. Nafas chiqarayotganingizda qorningizni ichga tortib, iloji boricha orqa umurtqangizga yopishtirishga harakat qiling. Bu to’g’ri nafas olish hisoblanib, bu mashqni ertalab 15-20 minut davomida bajarish kerak. Kun bo’yi ham, iloji bo’lsa har soatda, iloji bo’lmasa imkoniyat paydo bo’lganda, 5 daqiqa mobaynida mashqlarni takrorlash yaxshi natija beradi. Nafasni ovoz chiqmaydigan darajada sekinlik bilan tortish va chiqarish lozim. Har bir mashqni bajarganda, yurganda va boshqa holatlarda bu qoidaga rioya qilinishi shart. Umuman, hech qachon nafasni ko’p ushlab turmaslik kerak, bu zararli bo’lib, o’pkani ishdan chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |