Jismoniy tarbiya ma’naviyati
Vujudning jismoniy tarbiyasi to’g’risida juda ko’p gapirish mumkin, bu sohada maxsus adabiyotlarda qayd etilgan. Unda jismoniy tarbiyaning metodologik asoslarini, yahni asosiy tamoyillarini qayd qilib o’tamiz, xolos.
Jismoniy tarbiyaning birinchi tamoyili - bu jismoniy mashq-larni juda ham sekin bajarishda. Jismoniy mashqlarni qancha tez va terlab bajarsang, shuncha yaxshi, degan gaplar hozirgi kunda ham ishlatiladi. Jismoniy mashqni mumkin qadar sekin bajarib, tez-tez bajarilgan mashqlar bilan erishgan natijaga erishsa bo’ladi. Farqi shunda boiadiki, sekin amalga oshirilgan mashqlar yurakka og’irlik qilmaydi va kuch saqlanib qoladi. Mashqlar tez bajarilganda ancha quvvat sarf bo’lib, yurakka og’irlik tushadi, yurak sekin-asta charchab, insonning umri qisqaradi. Sekin bajarilgan mashqlar juda qiyin bo’lib, odamdan katta irodani talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |