Ijarachining manfaatlari-chi?
Ko‘p mamlakatlarda mol-mulkka soliq lizing shartnomalariga
260
belgilangan to‘lovlardan ancha yuqori bo‘ladi. Ba’zi paytlarda esa ijara
usuli hozirgi zamon uskunalaridan foydalanishning yagona imkoniyati
bo‘lib qoladi, ayniqsa, yangi tashkil qilingan firmalar uchun. Ijarachi
uchun uskunalar mulk xisoblanmaganligi sababli, firma balansiga
kiritilmaydi, mol-mulkka soliq to‘lanmaydi va bu sohada buxgalteriya
hisobi yuritilmaydi. Ijara haqi esa to‘liqligicha ishlab chiqarilayotgan
mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda ataylab lizing bo‘yicha soliq yig‘ish-
maydi. Ammo hukumat bugungi kun bilan emas, balki kelgusini o‘ylab
iqtisodiy siyosat olib boradi. Lizing fan-texnika taraqqiyotiga xizmat
qiladi. Ertangi kunda ishlab chiqarish bugungi olinmagan soliqlarni to‘la
qoplaydi, demak u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha
imkoniyat yaratib beradi.
MDH respublikalarida «ijara korxonalari» degan ibora paydo
bo‘lgan. Chet ellik mutaxassislar uchun bunday tushuncha mutlaqo
tushunarsiz. Xalqaro amaliyotda ijara korxonalari degan tushunchaning
o‘zi yo‘q. Korxonalar ijaraga berilmaydi, uskunalar va binolar berilishi
mumkin.
Lizing munosabatlarini O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa, qishloq
xo‘jaligida qo‘llash katta samara beradi. Masalan, AQSh da fermerlar
foydalanayotgan texnikaning 80 foizi ijaraga olinadi. Axir bir yilda 10-
15 kun ishlatiladigan kombaynni sotib olishdan qanday mantiq topish
mumkin?
Yuqorida ta’kidlanganidek, respublika hukumati qaroriga ko‘ra,
1999-yilning oktabr oyida «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» hissadorlik
kompaniyasi tuzildi. Bu kompaniyaning asosiy vazifasi mamlakatimiz
mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga moliyaviy
lizing asosida traktor va yig‘im-terim texnikasini yetkazib berishdan
iborat. Bundan tushgan mablag‘ traktor va qishloq xo‘jaligi mashina-
larini ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga o‘z vaqtida tushiriladi. Bu
hol ularga aylanma mablag‘larni birinchi navbatdagi ehtiyojlariga
ishlatib, uni to‘ldirib turish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilari esa texnika qiymatini asta-sekin, bir necha yil
mobaynida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Texnika o‘zini o‘zi
bemalol oqlaydi. Agar inflatsiya chiqimlari lizing oluvchiga tegishli
bo‘lmasdan, kompaniya riski bo‘lishini ham hisobga olsak, lizing
shartlari juda manfaatlidir.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligini zamonaviy, yuksak unumli texnika
261
bilan ta’minlashni yanada rag‘batlantirish, tarmoq mashinasozligini
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, chet
el ilg‘or kompaniyalari ishtirokida qishloqqa yetkazib beriladigan traktor
va yig‘im-terim texnikasi uchun hisob-kitob mexanizmini takomillash-
tirish maqsadida 2000-yilning 2 - noyabrida Vazirlar Mahkamasining
«Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra,
2001-2007-yillarda «O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding» kompaniyasi
korxonalari tomonidan, shu jumladan, chet el ilg‘or kompaniyalari
ishtirokida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi
(traktor va yig‘im-terim texnikasi) mashina-traktor parklarining hududiy
birlashmalariga, shirkatlar va fermer xo‘jaliklariga ularni 7 yillik mud-
datga lizingga taqdim etish yo‘li bilan quyidagi shartlarda yetkazib
berilishi belgilangan:
15 foizlik avans mashina-traktor parklarining hududiy birlashma-
lari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi shirkatlari va
fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan;
traktor va yig‘im-terim texnikasi qiymatining 85 foizi «O‘zqish-
loqxo‘jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan, unga zayom asosida
Moliya vazirligi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
Mazkur qarorda, shuningdek, lizing oluvchilarga olinadigan texni-
kaning butun lizing muddati davomida mulkiy risklar sug‘urta polisi
mavjud bo‘lsagina taqdim etilishi nazarda tutilgan. Lizing kompaniyasi
daromadining (marja) imtiyozli stavkasi esa Markaziy bank qayta
moliyalashtirish stavkasining yarmi miqdorida belgilanadi. Masalan,
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi bir yilga 24 foizni,
lizing kompaniyasining marjasi 12 foizni tashkil etsa, shartli ravishda bir
texnikaning narxini 5000000 so‘m deb olaylik. Qishloq xo‘jaligi
korxonasi ana shu mablag‘ning 15 foizini yoki 750000 so‘mni o‘z
mablag‘lari hisobidan to‘laydi, qolgan 85 foizini, ya’ni 4250000 so‘mni
bank tomonidan yillik 24 foiz miqdorida jalb qilingan uzoq muddatli (7
yillik) kredit hisobidan oladi. Shunda qishloq xo‘jaligi korxonasining 7
yil mobaynida bankka qaytaradigan mablag‘i 7947500 (kreditning
asosiy summasi 4250000 so‘m, hisoblangan foizlar 3697500 so‘m)
so‘mni tashkil etadi. Natijada texnikaning umumiy narxi 8697500
(avans 750000 so‘m, bankka qaytariladigan mablag‘ 7947500 so‘m)
so‘mni tashkil qiladi.
Agar u texnikani lizing kompaniyasidan lizing shartlarida 7 yil
262
muddatga yillik 12 foiz miqdorida oladigan bo‘lsa, ana shu davrda lizing
kompaniyasiga qaytariladigan mablag‘ 6098750 (lizing summasi
4250000 so‘m hisoblangan foizlar 1848750 so‘m) so‘mga teng bo‘ladi.
Texnikaning umumiy narxi esa 6848750 (avans 750000 so‘m, lizing
kompaniyasiga qaytariladigan mablag‘ 6098750 so‘m) so‘mni tashkil
etadi. Boshqacha aytganda, bank kreditiga nisbatan moliyaviy lizing
tufayli 1848750 so‘m iqtisod qilinadi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi
korxonasi uzoq muddatli kredit olish maqsadida banklarga murojaat
qilmaydi. Bu lizing oluvchilar uchun moliyaviy lizingning kreditga
nisbatan afzalligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ular bilan bevosita aloqa
o‘rnatish maqsadida har bir viloyatda kompaniyaning bo‘limlari
tuzilmoqda. Shirkat va fermer xo‘jaliklari texnikani olish ishlari bilan
joylarda tanishish va lizing operatsiyalarini amalga oshirish imkoniga
ega bo‘ladilar. Muqobil mashina-traktor parklari uchun joylarda
texnikani olish imkoniyatining yaratilishi esa raqobatning rivojlanishiga
olib keladi. Buning uchun ularda texnika narxining 15 foiz avansini
o‘tkazish uchun boshlang‘ich mablag‘, aniqrog‘i, lizing oluvchining
moliyaviy ahvoli lizing kompaniyasining talabi darajasida bo‘lsa, bas.
Agar lizing oluvchining moliyaviy ahvoli talab darajasida bo‘lmasa, u
holda bank yoki boshqa uchinchi yuridik shaxsning kafolati talab
qilinadi.
Lizingning yana bir ijobiy tomoni shuki, u fermer xo‘jaliklariga
ham zamonaviy texnologiyalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi. Bu
esa uning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hukumat tomonidan lizing
kompaniyalari oldiga qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida, izchil hayotga
tatbiq etilsa, iqtisodiyotimizning eng muhim sohalaridan biri bo‘lmish
qishloq xo‘jaligining dolzarb muammosi – qishloqni texnika bilan
ta’minlash masalasi to‘liq hal etiladi. Oqibatda tarmoq rivoji yangi
bosqichga ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |