Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   500
Bog'liq
bank ishi

 

[157].  Mulkni lizingga olish lizingni sotib oluvchi uchun ham bir 

qator afzalliklarni beradi, xususan, lizing lizing oluvchiga tadbirkorlik 

faoliyatini investitsiyalashning muqobil usuli rolini o‘ynaydi. Shu bilan 

birga, u lizing oluvchining tashabbusini safarbar qilishga va ishlab 

chiqarish texnik salohiyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Bularni quyidagi 

jihatlarda ko‘rishimiz mumkin (39-jadval). 



39-jadval. 

Sotib oluvchi uchun lizing operatsiyasining 

afzallik tomonlari 

 

№ Afzallik 

tomonlari 

Afzallikni ta’minlovchi omillar 

Dastlabki o‘z 



kapitalini 

ko‘paytirishga bo‘lgan 

ehtiyoj kamayadi. 

Boshlang‘ich oldi-sotdi lizing beruvchi tomonidan 

to‘la moliyalashtiriladi. Zarur uskunalar uchun 

to‘lovlarni bir yo‘la amalga oshirish talab 

qilinmaydi. Bu esa o‘z navbatida foydalanuvchi-

ning likvid mablag‘larini oshiradi va ishlab 

chiqarishni kengaytirish uchun potensial aylanma 

kapitalning ko‘payishiga olib keladi. 

To‘lovlar 



qayishqoqligi 

ta’minlanadi. 

 

Birinchi to‘lovni kechiktirish mumkin, so‘nggi-



larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish yoki kamay-

tirish, avans bilan va boshqa shakllarda bo‘lishi 

mumkin. Lizingga olingan uskuna evaziga 

olinayotgan foydadan tovar va xizmatlar shaklida 

to‘lash mumkin. 



 

254


Transaksiyalardan 

tejash imkoniyati 

bo‘ladi. 

 

Mulkni sotib olish, saqlash, tugatish va sotish 



bo‘yicha ko‘p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarni 

chetlab o‘tish evaziga lizing beruvchining 

ma’muriy xarajatlari kamayadi. 

Soliq imtiyozlari va 



lizingni davlat 

tomonidan qo‘llab-

quvvatlash. 

 

Ko‘pgina davlatlarda lizing oluvchilarga lizing 



to‘lovlarini bajarish davrida qo‘shimcha soliq 

imtiyozlari beriladi. 

Uskunalarning 



ma’naviy eskirishi 

munosabati bilan tovar 

ishlab 

chiqaruvchilardagi 

risk kamayadi. 

 

Uskunaning ma’naviy va jismoniy eskirishi riski 



lizing beruvchi zimmasida qoladi. Foydalanuvchi 

yangi uskunani ijaraga olishi mumkin (revolver 

lizing). 

Lizing oluvchining 



ilmiy ishlab chiqarish 

potensiali oshadi. 

 

Kreditga sotib olib so‘ngra unga foiz to‘lab 



borishdan ko‘ra bir maromdagi start kapitali 

yordamida lizing evaziga ishlab chiqarish quvvatini 

ko‘proq ishga solishga erishadi. 

Tadbirkorning 



iqtisodiy erkinligi 

kengayadi. 

 

Tadbirkor lizing obyektini sotib olishi kerakmi, 



shartnomani uzaytirish lozimmi yoki yangi 

uskunani sotib olish darkormi – bularning 

hammasini tadbirkorning o‘zi erkin hal qiladi.  

Buxgalteriya hisobini 



optimallashtirish 

sohasida tovar ishlab 

chiqaruvchi yutadi. 

 

Lizing obyekti lizing beruvchining mulki 



hisoblanadi, uning balansida hisobga olinadi va 

amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. 

Lizing oluvchining 



moliyaviy holati 

mustahkamlanadi. 

 

Moliyalashtirishning odatiy manbalariga (bank, 



yetkazib beruvchi va boshqalar) bo‘lgan bog‘liqlik 

kamayadi. Lizingdan foydalanayotgan subyekt 

lizing mulkiga soliq solinmaydi, ssuda olishdan 

ko‘ra shartnoma asosida lizingni olish ham oson, 

ham foydali. 

 To‘lovlarni bir maromda to‘lab borish inflatsiya 

ta’sirini, shuningdek, bankning uzoq muddatli 

foizlari o‘sishini susaytiradi. Leverajning yuqori 

bo‘lishini ta’minlaydi. 

10 


Yangi turdagi lizing 

obyektini o‘zlashti-

rish riskini pasay-

tiradi 


 

Yetarli talab bo‘lmay qolgan hol bo‘lib qolsa, 

ijaraga olingan mulkni lizing berganga qaytarib 

berish imkoniyati bo‘ladi. 

11 

Raqobatdosh afzal-



likka ega bo‘ladi 

 

Ishlab chiqarishni hozirgi zamon uskunalari 



bilan jihozlash raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 

chiqarish imkonini beradi. 




 

255


12 

Lizing obyektiga 

nisbatan 

jadallashtirgan 

amortizatsiyani 

qo‘llash imkoni 

bo‘ladi 

 

Eskirgan uskunalarni tezkor yangilash, ishlab 



chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollash 

imkoniyati tug‘iladi. Foydaga solinadigan soliq 

miqdorini kamaytiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni 

tezlashtiradi.  

 

Shunday qilib, ijaraga oluvchi uchun lizing operatsiyasining 



afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 

 

Lizing, ishlab chiqarish va bozor konyunkturalarining 



o‘zgarishiga tez rioya qilishga yordam beradi. Yirik kapital qo‘yilmalar 

sarflanmasdan turib asosiy kapitalni tezkor yangilash imkoniyatini 

yaratadi. 

 

Agarda lizing xalqaro ahamiyatga ega bo‘lsa, ijaraga oluvchi, 



ijaraga beruvchi firma (bank) joylashgan mamlakatdagi mavjud soliq 

imtiyozlaridan foydalanish mumkin. Bu asosan ijara stavkasini 

kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

 

Mayda ishlab chiqaruvchilarda doimo kerakli mablag‘ bo‘lmas-



ligi mumkin. Bunday sharoitda lizing vositalarni xarid qilib olmasdan 

foydalanish imkoniyatini beradi, natijada esa ishlab chiqaruvchilarni 

kredit olishdan xalos etadi. 

 

Agarda ishlab chiqarishda tezkor lizing qo‘llansa, ishlab chiqa-



ruvchi yana bir qator imtiyozlardan foydalanishi mumkin, ya’ni ishlab 

chiqarish vositalarining ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va ularning 

ta’mirlanishi, texnikani ishlatish uchun maslahatlar va hokazolar. 

Bundan tashqari, tezkor lizing qo‘llanilganda, mulk egasi ijaraga 

beruvchi bo‘lganligi uchun, mulklarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 

mulk egasi tomonidan sarflanadi yoki qoplanadi. 




Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish