[159]. Respublikamizda lizing munosabatlarini tashkil qilish va
rivojlantirish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan boshlandi:
«Lizing to‘g‘risida»gi qonun 1999-yil 14 apreldan e’tiboran
amalga kiritildi. Bu qonun mamlakatimizda rivojlanib borayotgan lizing
faoliyati uchun ishonchli huquqiy negiz yaratdi. Rivojlangan mamla-
katlarning ilg‘or texnologiyalari va uskunalarini jalb etish hamda
ulardan foydalanishga katta e’tibor qaratilib, mamlakatimizning jahon
bozorida mustahkam o‘rin olishi uchun imkoniyatlar yaratdi.
Birin-ketin lizing kompaniyalari tashkil etila boshlandi. Bugungi
kunda O‘zbekiston bozorida 12 ta lizing kompaniyasi faoliyat
ko‘rsatmoqda ulardan quyidagilarni qayd qilamiz:
«O‘zbeklizing interneyshnl» O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma
korxonasi (1995-yil yanvar);
«Baraka» universal lizing kompaniyasi (1995-yil noyabr);
«AYETK» Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi Kanadaning
«Raana-ni xolding interneyshnl» kompaniyasi bilan hamkorlikda (1995-
yil iyul);
«O‘zkeysagrolizing» O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi
(1997-yil fevral);
«O‘zaviolizing» aviatsiya lizing kompaniyasi (1997-yil noyabr);
«O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» hissadorlik kompaniyasi (2000-
yil noyabr);
Lizing kompaniyalari dastlab yirik banklar va yirik ishlab
chiqaruvchilar qoshida, bevosita davlatning yordamida tuzila boshlandi.
Ular asosiy vositalarning egasi sifatida ularni ishlab chiqaruvchidan olib,
uchinchi (yuridik, jismoniy) shaxsga ijara shartlari asosida qisqa yoki
uzoq muddatga berishi mumkin. Lizing bo‘yicha daromadlar-muayyan
(oylik, uch oylik, yarim yillik) davrda tushadigan ijara to‘lovlaridan
iborat bo‘ladi. Bu to‘lovlar bank foizini va amortizatsiyani o‘z ichiga
oladi. Lizing shartnomasida, shuningdek, fondlar vositalardan foyda-
lanuvchilar tomonidan to‘la sotib olinishi ko‘zda tutilishi mumkin.
259
Lizing kompaniyalari ishlab chiqaruvchilar, bank tizimi, ijarachilar
bilan o‘zaro manfaatda bo‘ladilar. Xususan, ishlab chiqaruvchilar uchun
lizing kompaniyalari ularning mahsulotlariga doimiy xaridordir. Bundan
tashqari, hamma ishlab chiqaruvchilar ham o‘z mahsulotlarini xalqaro
miqyosda reklama qilish imkoniyatiga ega emaslar. Kichik firmalar o‘z
mahsulotlarini lizing kompaniyalariga sotishsa, lizing kompaniyalari
ularni mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajat va
ishlardan ozod qiladi.
Bank tizimi manfaatlarida esa banklarda pulga talab kamaygan
vaqtlarda ortiqcha resurslar paydo bo‘ladi. Ilgari banklar bu mablag‘larni
(rivojlangan mamlakatlarda) ko‘chmas mulk sotib olishga sarflashgan.
Pulga talab oshganda esa, teskari operatsiyalarni amalga oshirganlar.
Ba’zi g‘arb mamlakatlarida, xususan AQShda 1985-yilda yangi Qonun
qabul qilindi. Unga ko‘ra har qanday mol-mulkka, u foyda keltirmasa
ham, soliq belgilanadi. Endi banklar uchun o‘z mablag‘larini ko‘chmas
mulkka sarflash samarali bo‘lmay qoldi.
Banklar asosan uzoq muddatli kreditlar hisobiga faoliyat yuritishadi
va daromad olishadi. Bunday kredit ma’lum tahlikaga – xavfga ham ega
bo‘lishi tabiiy. Kredit berilayotganda, odatda, mulk garovga qo‘yiladi.
Shu nuqtayi nazardan banklar uchun ham lizing manfaatlidir. Bank
lizing kompaniyasiga uzoq muddatli kredit beradi. Kredit hisobiga lizing
kompaniyasi uskunalarni sotib oladi va ular firmaning mulkiga aylanadi.
Agar ijarachi shartnoma talablarini bajarmasa, lizing kompaniyasi
ijarachining mulkiga ega bo‘lib oladi. Agar uzoq muddatli kreditlar
yiliga 10 foiz daromad bersa, lizing kompaniyalarida 12 foiz daromad
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |