-
birini ko‘rmay turmush
quradi, natijada hayotlarida davomida bir
-
birlaridan nolib yurishadi. Nikoh
nizomining o‘zi ham odilona insoniy huquqlardan kelib chiqib tuzilmagan edi.
“Turkiston viloyatining gazeta” sonlaridan birida bu borada jadidlarning
fikriga hamohang quydagicha munosabat bildirilgan: Olloh taborak va taoloning
irodasi bo‘yicha qiz bolalar balog’atga yetib qo‘lidin ish keladurg’an bo‘lgandin
so‘ngra erga tegib bir erkakning zaifasi bo‘ladur. To erga tekkuncha ul qizlar ota
-
onasining va yoki bir boshqa kishining tarbiyasida bo‘lib parvarish topadur.
Mazkur tarbiyatgirlar qiz balog’atga yetkuncha yaxshi tarbiyat qilib o‘ziga ta’lluqli
ishlarni ta’lim berib, andin so‘ngra munosib joy topilsa ul qizning roziligi bilan
turmushga berish kerak degan fikrlar bildirilgan.
Xotin
-
qizlar turmushga bergandan so’ng , ularning muhabbat va sadoqat,
tenglik va hurmatga asoslangan oila qurish masalasi Ibrohim Davronning “Sevib
xotun olmoq maqsadimizdir”,–deb nomlanuvchi maqolalaridan birida berilgan
39
.
Jadidlarning matbuot organi bo‘lmish “Sadoi Turkiston” gazetasining
sahifalarida oila
-
nikoh muammolariga munosabat bildirilgan. Nikohdan o‘tayotgan
qiz va yigitlarning qo‘llarida ularning salomatliklari va yuqumli kasalliklardan holi
39
Раҳимова. Г. Иброҳим Давроннииг Апгори нисвон тўплами ҳакида баъзи мулоҳазалар. –T.: Адабий мерос,
1989. –Б.5-11.
40
ekanliklariga doir shahodatnomalari bo‘lishi va bular nikohdan 15 kun avval
shifokordan olingan bo‘lishi shart. Agarda uylanayotgan yigit va qizning qo‘llarida
ana shunday shahodatnoma bo‘lmasa, imomning nikoh o‘qishga haq-huquqi
bo‘lmasligi kerak. Nikoh faqat qiz va yigitning roziligi va ishtirokida o‘tishi,
nikohga oid har bir vazifa masjidlarda xalqqa ona tili ila imomlar va voizlar
tarafidan so‘zlanishi, balog’atga yetmagan qiz bolalarga nikoh o‘qigan imomlar,
bunga rozilik bergan ota-onalar javobgarlikka tortilishi lozimligi haqida to‘g’ri va
qimmatli fikrlar bildirishgan.
Turkiston jadidlari orasida oila masalasi bilan shug’ullanganlardan
Mahmudxuja Behbudiydir. O‘zining “Hifz-i sihat-i oila” (“Oila sog’lig’ining
himoyasi”) maqolasida oilaning ahvoli va yosh avlodning kelajagi ko‘pincha
insonning o‘z sog’lig’iga nisbatan munosabatiga bog’liqdur, deb hisoblagan.
XX asr boshlarida M. Behbudiy o‘zining kichik-kichik maqolalarida oila,
xotin
-
qizlar mavzusiga murojaat qilgan.
M.Behbudiy balog’atga yetayotgan
qizlarni to‘y – hashamlarga kamroq olib chiqishlarni tayinlaydi. Chunki ko‘pchilik
to‘ylarda yengil tabiat ayollar bo‘lib, har xil bo‘lmag’ur yallar, o‘yinlar qilib, qizlar
axloqiga yomon ta’sir etishi mumkinligini aytib o‘tadi. Behbudiy yana o‘sha
vaqtlardagi Turkistonda nikohning 17 yoshli yigitcha bilan 14 yashar qizning oilasi
mukammal bo‘lmasligini ta’kidlaydi . Ular bu yoshda bolalik odatlaridan qutila
olmagan bo‘ladi . “ Jami hifsi sihat mualliflari uylanmoqg’a erkak uchun 25-30 ,
ayollar uchun 20-22 yoshlarni tayin tayin qilmoq fikridadurlar”.–deb yozadi
40
.
Jadidlarning
mashhur
namoyandalaridan
biri
Munavvarqori
Abdurashidxonov faoliyatining dastlabki yillaridanoq rus ma’murlariga va ularning
o‘lkadagi siyosatiga nisbatan nafratli munosabatda bo‘lgan, u o‘zining juda uzoq,
davr jaholatga kirishi, xotin- qizlar ozodligi, oilani isloh qilish uchun kurash olib
borganligi borasida quyidagicha fikrda edi: “Men ko‘p vaqtdan beri ayollarni
ancha tezroq, ozod qilish yo‘lida turli xil usullarni qo‘llash bilan ishlab
kelmoqdaman” O‘sha davr gazeta va jurnallarida Munavvarqorining oila
to‘g’risidagi diniy qadryatlarni poymol qiladigan bid’at va xurofotlarni tanqid
40
Жадид педагогика асослари(Ўқув қўлланма).–T.: 2004.–Б. 57-58.
41
qiladigan ko‘plab maqolalari ham e’lon qilingan. U tariqatchilikni oilaviy ma’rifat
manbai
sifatida
qaraydigan
islohotchi
edi.
Shu
bois
Munavvarqori
maslakdoshlarini dam bid’atga qarshi kurashga chaqirdi, dinning ijobiy
tomonlarini targ’ib qilishga undadi.
Ma’rifatparvar jadidlar o‘sha davrning o‘ziga xos bir xislati–ko‘pxotinlikka
qarshi chiqib, bu muammoga o‘z munosabatlarini bildirganlar. Vaholangki, ko‘rib
chiqillayotgan davrda dindorlarning siyosiy birlashmasi sifatida yuzaga kelgan
“Shuroyi ulamo”jamiyati g’oyalarini targ’ib etuvchi “Al-isloh” jurnalining bir
maqolasida “Ko‘pxotinlikni yoqlab, xudo payg’ambarga ko‘pxotinlikka ruxsat
bergan, oddiy musulmonga to‘rtta xotin olishga ruxsat etilgan, biroq, ular o‘rtasida
adolat hukmron bo‘lishi lozim,”–deb yozilgan. Ismoilbek Gasprinskiy kabi aynan
shu illatni Munavvarqori jamiyat taraqqiyotiga xalaqit berayotgan nuqsonlarlardan
biri deb biladi va uni umummilliy muammo darajasigacha kutaradi. “Bu zamondan
yuz yillardan buyon , muqaddam zamondan boshlab ohista
-
ohista millat
devorlarining har tarafiga raxna paydo bo‘ldi. Bunga sabab - insofsiz xonlarimiz va
dindorlarimiz millatga qilgan xizmatlari uchun ko‘ngillari istagan ayolni xotin qilib
ola boshladilar. Millat nima va shariat nima bilmadilar. Shuning uchun millat
devoridagi raxnalari tobora ziyoda bo‘ldi” -degan Munavvarqorining fikriga
Hamza qo‘shiladi va o‘z she’rida quydagi misralarni keltiradi.
Eshonlar to‘plab oltun, olur yilda bir xotun,
Maishiatda tunu- kun, yig’la, millat, yig’laylik .
Bu masalani “Turkiston viloyatining gazetasini” ham chetlab o‘tmagan edi.
“bul vaqtda bizning erlarimiz bizlarga ozodlik bermay mahbus qatorida to‘rt devor
ichida bizlarni saqlaydurlar va xohlagan vaqtlarida yaxshi ko‘rgan xotunlarini
oladurlar va necha martaba nikoh qiladurlar va lekin bizlarga doimo zulm
ko‘rsatib, bizlar aksar sil kasalga mubtalo bo‘lub bevaqt umrimiz tamom
bo‘ladur”.–deb yozadi xotin-qizlar nomidan yozilgan maqolada.
Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi” dramasida
41
o‘lka ijtimoiy
-
iqtisodiy madaniy hayoti yoritilib, xotin-qizlar masalasiga ham alohida urg’u
41
Авлоний А. Танланган асарлар.–Т.: Маънавият, 1998. –Б. 76.
42
berilgan, asarda Davronbek ismli yosh adovakat yevropada o‘qib kelib Turkistonda
ishlay boshlaydi, bir kuni uning oldiga Mehrinso ismli bir ayol kelib, juda erta
turmushga chiqib, eri yaxshi emasligi, qimor o‘ynashi, har kuni uni haqorat qilishi,
bu haqida qozi yoki ellikboshlariga arz qilsa, ular eridan pora olib , bu ishlarning
barchasida uni ayblashayotganini aytib , yordam berishini so‘raydi, Davronbek
unga yordam berishini aytadi va ayol ketgach, o‘ziga
-
o‘zi shunday deydi: “Oh
zolim madaniyat , bizim turkistonliklarning orasiga qachon kelub tomir yoyasan?
Qachon bizim bu jaholat zindonidan xalos qilasan? Bizda uy tarbiyasi boshlanub,
xotun
-
qizlarimiz ilm-u maorif ila nurlanmag’uncha, bizning oramizda shunday
ko‘ngilsiz hollatlar davom etsa kerak, Mana bu xotun bechorani eriga berg’on
vaqtlarida o‘z xoxishlari bilan, o‘zining rizolig’i bilan, o‘zi ko‘rib xohlag’on eriga
bermasdan hayvon kabi kuchlab, qo‘lidan tutib, bir zolimning qo‘liga berganlar.Bu
mushtipar ma’sumaning butun umri azob – mehnatda , qayg’u va kulfatda o‘tub
dunyog’a kelg’oniga
-
da, ming marotabadan pushaymon yeb g’am zindonda
yashog’on. Mana bizning oramizdan munday ko‘ngilsiz holatlarning yo‘q qilmoq
uchun butun kuch quvvatimizning xotin
-
qizlarimizning o‘qutmoq, maorif va
madaniyat ila oshno qilmoq yo‘linda sarf qilmog’imiz zarur. Shundagina bizlar
ham boshq qavmlar orasinda yashamog’imiz mumkindir”.–deb aytadi
42
. Bundan
bilib olishimiz mumkinki bu drama orqali Abdulla Avloniy o‘z qarashlarini bayon
etib, xalqning ong –u shuuriga ta’sir qilishga , jamiyatdagi zararli urf
-
odatlardan
voz kechishga undaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Turkiston jadidlari ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-ma’naviy qarashlarida oila masalalariga alohida e’tibor berganliklari
jadidchilik harakatining Turkistonni ravnaq ettirish yo‘lidagi xalq ma’naviyati va
madaniyatini rivojlantirishdagi intilishlarini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu intilishlar
jadidlarning quyidagi g’oyalarining hayotga tadbiq etilishlarida namoyon bo‘lgan,
oilada ayollarning o‘rnini belgilash orqali, ularning jamiyatdagi mavqeyini
oshirish, xotin
Do'stlaringiz bilan baham: |