-
huquqi va maorifi
masalasi haqida bahslar yuritiladi. Bir qator misollar vositasida o‘zbek xotin
-
qizlarining erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib beriladi. Ilm
erkaklar bilan bir qatorda xotin
-
qizlarga ham nihoyatda zarurligi ta’kidlanadi. Bu
masalada Munavvarqori o‘z munosabatini bildirib, “men ko‘p vaqtdan beri
ayollarni ancha tezroq, ozod qilish, maktablarda erkaklar bilan tenglik asosida
o‘qitish va ishga jalb etish.–deb o‘zining shaxsiy fikrini bildirgan .
Sadriddin Ayniyning “Qiz bola yoki Xolida” degan hikoyasida jahldor,
xudbin Xolida maktabdagi va oiladagi ta’lim-tarbiya ishlarinig to‘g’ri yo‘lga
qo‘yish natijasida butunlay o‘zgarib, uning asosiy maqsadi o‘qimishli ayol bo‘lib,
xalqqa naf yetkazmoq bo‘ladi. Bu kitob xotin
-
qizlarning erkaklar bilan teng
huquqli bo‘lishi to‘g’risidagi siyosatni targ’ib qilishda va xotin-qizlardan
ma’lumotli kadrlar tayyorlashda muhim rol o‘ynadi So‘fizoda, A.Cho‘lpon,
Munavvarqori, Fayzulla Xo‘jayev kabi ziyolilar qizlarni paranjidan ozod qilish,
savodini chiqarish, jamiyatdagi mavqeyini tiklash uchun kurashganlar.
Turkiston xotin-qizlarinnng ilm olishlari yo‘lidagi intilishlarini jadid
ma’rifatparvarlari quyidagicha ifodalab bergan: “xotinlarimiz va qizlarimiz, millat
onalari tarbiya va ilm olishlari lozim, axloq va bilimlarini kamolga yetkazishlari
zarur. Aks holda ayollarimiz erkaklardan ham kuchsizroq, zaifroq bo‘lganlaridan
52
bolalarimiz ham ularga o‘xshab qoladilar. Xotin-qizlar ilm olishlari uchun
sharoitlar yaratish va ulardan foydalanish kerakdir.
Jadidlar shu maqsad yo‘lida oldinga intilish zarurligini uqtirganlar.
“Xotinlarga yo‘l ochingiz va o‘qiting degan tovush, xususan, bizning musulmon
olamida qattiq aks sado bersin deb fikr bildirishadi . Bugundan boshlab musulmon
xotin-qizlari faol bir suratda turmushning oqimiga qarshi ketishlari kerak. Chunki
“Ayollarning qullik zanjirlariga bog’lanishi nafaqat ularning ayolik qadr
-
qimmatini
kamsitadi, balki musulmon dunyosining madaniy rivojlanishiga fojiali ta’sir
ko‘rsatishi mumkin, taraqqiyotga intilish harakatini anchagina susaytiradi”,–deb
baho berilgan manbalarda jadid namoyandalari ilmli, bilimli xotin-qizlar jamiyatda
erkaklar bilan teng huquqli bo‘lib qolishlari, dunyoviy va umuman siyosiy ishlarni
erkaklar bilan bir qatorda bajarishi kerakligini ta’kidlaganlar.
O‘sha yosh taraqqiyparvarlarni birlashtirib, ularning fikr-g’oyalarini
mujasamlashtirib turgan “Sadoi Turkiston” gazetasini varaqlaganda, bu
muammoga bag’ishlangan bir necha maqolalarni uchratish mumkin.
Sora Muzaffariyaning “Ayb o‘zimizda” maqolasida yozilishicha, “bizda
istedod ham bor, qobiliyat ham bor, bir uy ichigina emas, ba’zi erlar xayoliga
keltira olmaydiga mamlakatlarni idora qilishga yetadigan quvvat ham bor”–deb o‘z
fikrini tasdiqlaydi va bu bilan Sharq ayolining Yevropa ayollarnidek erkaklar bilan
teng huquqli hayot kechirishi mumkinligi haqida mushohada yuritar ekan, muallif
o‘zbek xotin-qizlarlarini birlashishga, eskicha hayot tarzini isloh qilishga
chaqiradi: “Ey turk xotini! Xalqimiz bizga salomat aql va fikriy bo‘lgan iste’dod
va qobiliyat berganku! uni dunyoga chiqarishni man qilmoqqa kimning haqqi bor.
Bu fikrlar xotin-qizlarimizni faqat ilm olish bilan cheklanmasdan, Turkiston
jamiyatining madaniy, ma’rifiy va siyosiy jabhalarida faol ishtirok etishlariga
chaqirilgan. Chunki jadidlar xotin- qizlarni jamoat ishlarida, siyosiy jarayonlarda
ishtirok qilishlari zarurligini o‘z e’tiborlaridan chetda qoldirmaganlar.
53
Ayollar ozodligi, tengligi va siyosiy jarayonlarda ishtiroki Shams
Najmiyning “Saylov munosabati ila xotunlar masalasi” nomli maqolasi
49
da yaqqol
ko‘zga tashlanadi.
1917 yilgi Rossiyada va asosan Turkistonda bo‘layotgan siyosiy voqealar
yuqorida ta’kidlangan masalalarda asosiy rol o‘ynadi. Chunki, Dumaga
bo‘layotgan saylovlarda xotin-qizlarniig ishtiroki ham asosiy rol o‘ynashini
jadidlar yoqlab chiqdilar, 1917
Do'stlaringiz bilan baham: |