Didaktik o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
Didaktik o‘yinlar hamjihatlik va imtizonlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. Shulardan “Sonni kim tez ko‘rsatadi?” “Matematik topishmoq”,
“Misollar zanjiri” o‘yinlari va hokazo.
Darsda o‘yinqaroqlik qilib o‘tiradigan va o‘qituvchini bitta dars davomida 10-15 martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o‘yin otkaziladiga vaqtida bunday bolalarning xulq – atvori tamoman o‘zgarib ketadi. Ular darhol o‘zlarini tutib oladilar, o‘qituvchining o‘yin qoidalarini ko‘rsatib berishini kutib o‘tirmaydilar ham, qoidalarni o‘zlari bajonu dil va mustaqil bajaradilar. Didaktik o‘yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilishi hislatlari tarbiyalanadi.
Matematik darslarida didaktik o‘yinlardan, matematikaga oid she’rlardan foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Quyida didaktik o‘yin namunalarini havola etamiz.
“Eng yaxshi hisobchi” o‘yini.
Maqsad; narsalar soni bilan raqamlar orasida moslik o‘rnatishni o‘rgatish.
Jihoz: Bittadan o‘ntagacha narsalar rasmi chizilgan kartochkalar, 1 dan 10 gacha qirqma raqamlar. Mazmuni: O‘qituvchi ko‘rgazma taxtaslga predmetlar soni turlicha bo‘lgan kartochkalarni qo‘yadi. O‘quvchilar ularning sonini tanlab, mos raqamli kartochkani ko‘rsatishi kerak. Birinchi hisoblab to‘g‘ri raqamni ko‘rsatgan o‘quvchi – eng yaxshi hisobchi bo‘ladi. O‘yinni raqamga mos rasmni ko‘rsat, qaysi rasmda predmetlar ko‘p, nechta ko‘p degan savollar bilan mazmunan o‘zgartirish ham mumkin.
“Poyezd tuzamiz” o‘yini.
Maqsad: Sonlarning o‘zidan oldingi songa birni qo‘shib, yoki o‘zidan keyingi sondan 1ni ayirib hosil qilishini tushuntirib, sonlar ketma- ketligini mustahkamlash.
Mazmuni: O‘quvchilar doskaga ketma- ket chaqiriladi. 1-o‘quvchi:”Men 1- vagonman”, 2- o‘quxchi uning yelkasiga qo‘lini qo‘yadi va “Men 2- vagonman, 1+1=2 bo‘ladi”- deydi. 3-o‘quvchi uning orqasidan yelkasiga qo‘lini qo‘yib; “Men 3-vagonman, 2+1=3 bo‘ladi” deydi va hokazo. 10 vagongacha. Misollarni qolgan o‘quvchilar jo‘r bo‘lib aytadilar. Keyin vagonlar bittadan ajratiladi va 10-1=9; 9-1=8/….2-1=1 misollar aytilib, o‘quvchilar 1 tadan joyiga o‘tiradi. Bu o‘yinni har bir o‘quvchi vagon ro‘lini o‘ynab ko‘rguncha davom ettirish mumkin.
“O‘z o‘rningni top” o‘yini.
Maqsad: Sonlarning tartibi haqidagi tassavurlarni mustahkamlash.
Jihoz: 1 dan 10 gacha yozilgan kartochkalar.
Mazmuni: O‘quvchi 10 ta o‘quvchiga ixtiyoriy tartibda kartochkalarni tarqatadi va uning :o‘z o‘rningni top’ degan hitobi bilan o‘quvchilar tartib raqami bo‘yicha 1 qatorga turib olishi kerakligini tushuntiradi. Qolgan o‘quvchilar – nazoratchi bo‘ladilar.Keyingi darsda o‘quvchilar ni xazifalari almashtiriladi yoki sonlarni tartib bilan ko‘rgazma taxtaga terish vazifasini berish mumkin.Bunda o‘tirgan o‘quvchilarga kartochkalar tarqatiladi va ular doskaga bir qator turib tartib bilan kartochkalarni teradilar.
Xulosa qilib aytganda, darsni noan’anaviy tarzda tashkil eyish, interfaol metodlarni o‘rinli qo‘llash uchun avvalo o‘qituvchi bu metodlar bilan tanish bo‘lishi kerak. Shundagina u o‘z darsida shunday metodlarga o‘rin bera oladi. Agar o‘qituvchi “Aqliy hujum”, Savollar texnologiyasi”, “Klaster”, “Juftliklarni tanlash”, “Insert” kabi metodlarni darsning turli bosqichlarida darsning maqsadiga ko‘ra o‘rinli qo‘llay olsa, bu metodlar har bir o‘quvchining darsda ishtirok etishiga yordam bersa, dars sifati va samaradorligi oshadi. Darsda o‘yin texnologiyalardan ham o‘rinli foydalanish darsni bayramga aylantiradi. Metodik kitoblarda hamma mavzularga oid didaktik o‘yinlar tavsifini topish mumkin. O‘uinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi tabiatiga eng yaqin faoliyat turi hisoblanadi. Shuning uchun ulardan foydalanish qiziqarli va foydali bo‘lishini tajriba sinov ishlari ham ko‘rsatdi.Demak o‘qitishni samaraliroq qilish, o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirishda interfaol metodlarning foydasi juda kattadir.Bunday metodlar har bir o‘quvchini darsga jalb qilish, ularni o‘z fikrini bildirishga, o‘rtoqlari bilan fikr almashishga, atrofdagi fikrlarga munosabat bildirishga o‘rgatish imkonini beradi.O‘qituvchi izlanishga, yangilikni qo‘llashga harakat qilsa,bu o‘quvchilar bilimini mustahkamlash ishida o‘z samarasini beradi.
“Doira” o‘yini - bolalar doira bo‘lib o‘tirib oladilar. Bunda har bir bola doiradagi qolgan bolalarni ko‘rib turishi lozim. Tarbiyachi: “Ana endi hech kim chekkada qolib ketmaganligini bilish uchun, bir-birimiz bilan ko‘zlarimiz yordamida salomlashib chiqamiz. Men birinchi bo‘lib boshlayman. Men hamma bilan salomlashib bo‘ganimdan so‘ng mening qo‘shnim salomlashishini boshlaydi”. Tarbiyachi har bir bola bilan salomlashib bo‘lgach, yonidagi bolaning yelkasini qiiqb qo‘yadi. SHundan so‘ng keyingi ishtirokchi salomlashishini boshlaydi. O‘yin shu tariqa oxirigi bolagacha davom etadi.
“Ko‘zgu” o‘yini – tarbiyachi: “Menimcha, harr biringizning uyingizda ko‘zgu bo‘lsa kerak, shundaymi? Ko‘zgusiz ko‘rinishimiz qandayligini bilish qiyin kechadi. Xo‘sh agar qo‘l ostingizda ko‘zgu bo‘masa nima qilish kerak? Kelinglar, bugun sizlar bilan ko‘zglar o‘yinini o‘ynaymiz. Hozir har biringiz o‘zingizning juftingizni topib, bir-biringizga qarab turib olasiz. Kim odam, kim ko‘zgu rolini bajarishini aniqlab oling. Keyin esa rollaringiz bilan almashasiz.
Ko‘zgu odamning har bir harakatini aniq takrolasin. CHunki noaniq harakat qiluvchi ko‘zgular bo‘lmaydi. Tayyormisiz? Qani bir harakat qilib ko‘raylikchi!”.
Tarbiyachi o‘ziga sherik topib o‘yinni qanday o‘ynash kerakligini bolalarga ko‘rsatadi. SHundan so‘ng bolalar mustaqil harakat qila boshlaydilar. Tarbiyachi esa bolalarning harakatlarini kuzatibboradi. Qiynalayotgan juftliklarga yordam beradi.
“SHamol” o‘yini – bolalar doira bo‘lib stullarga o‘tirib oladilar. Boshlovchi: “Kiyimida qizil rang bo‘lganlarga shamol esmoqda”- deydi. SHunda kiyimida qizil rangi bo‘lgan bolalar o‘rinlaridan turib, joylarini almashishilari kerak. Aynan shu paytda boshlovchi o‘ziga bo‘sh stul topib o‘tirib oladi. Stulsiz qolgan bola boshlovchilik qiladi. Barcha bolalarni turg‘azib yuborish uchun “Bo‘ron boshlandi” deyish mumkin.
“Sovg‘a” o‘yini – tarbiyachi: “Bolalar, kim sovg‘a olishni yaxshi ko‘radi? Siz nimani yaxshi ko‘rasiz? Bugun siz bilan o‘ylab topilgan sovg‘alar berish va olish o‘yinini o‘ynaymiz. Tasavvur qiling, siz xoxlagan sovg‘angizni do‘stingizga taqdim etishingiz mumkin. Do‘stingizga qarang, unga nima sovg‘a qilgan bo‘lar edingiz? Keling, doira bo‘ylab bir-birimizga sovg‘alar taqdim etamiz. Sovg‘a olgan kishi minnatdorchilik yuildirishni unitmasin”. Bolalar bir-birlariga sovg‘a berib bo‘lganlaridan keyin, qaysi sovg‘a eng yoqimlisi bo‘ldi, sovg‘a berish yoqimlimi yoki olishmi savollari bilan bolalarga murojat qilish mumkin.
“Nima dumalaydi?” – bu o‘yin bolalarni narsalarning shakli bilan tanishtiradi. Bolalar bilan quvnoq o‘yin-musobaqa uyushtiring, kim o‘z shaklini pol yoki stolga o‘rnatilgan o‘yoinchoq darvozadan tezroq dumalatib o‘tkazadi. Dumalatish uchun sharcha va kubni taklif eting. Avvaliga bolalar uun darvozaga nimani dumalatib ikritishning farqi bo‘lmas, lekin bir necha urinishdan so‘ng u sharchani tanlagan odam yutoyotganini tushunib qoladi. Xuddi shu payta – nega aynan sen shu shaklni, sharni dumalatmoqchisan? – deb so‘rang. Unga o‘z xatti-harakatini asoslash, xulosa chiqarishiga yordamlashing. “SHarcha dumalaydi, kubik dumalamay to‘xtab qoladi”. Bola e’tiborini kubdagi o‘tkir qirralarga qarating. SHarning tekisligini, qirralari yo‘qligini ko‘rsating. SHar va kub tasvirini chizib ko‘rsating. Rasmda ular oddiygina doira va to‘rtburchak shaklida namoyon bo‘ladi. Bolaga shar va kub rasmini chizishni taklif qiling.
“Pochta qutisi” – bu qutichani o‘zingiz qo‘lbola yasashingiz mumkin. Buning uchun avval shakllarni tayyorlashingiz kerak: kub, tsilindir (yoki shar), uchburchakli prizma, to‘g‘ri to‘rtburchakli g‘o‘lacha va hakozalar. Har bir shakldan 2-3 donadan bo‘lgani ma’qul. So‘ng qalinroq karton qutichani olib, qopqog‘ida siz tayyorlagan shaklga o‘xshash darcha kesing. SHunga e’tibor beringki, kavadrat sharchaga shar sig‘masin, to‘g‘ri to‘rtburchakli darchaga esa kvadrat to‘g‘ri kelmasin.
Endi o‘yinni boo‘lasangiz ham bo‘ladi. Bola pochta qutisiga xat-shakllarni tashlasi kerak. SHakllarning qaysisini darchadan solishni aytib turmang. Uning o‘zi izlab bir necha bor urinib topgani yaxshi. Sizning vazifangiz bola shakllarni darchadan zo‘rlab o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bola hamma xat-shakllarni qutichaga solib bo‘lgach, uni rag‘batlantirib, harakatli o‘yin uyushtirishingiz mumkin.
“Qo‘g‘irchoqni kiyintiramiz” – kichkintoy narsalar kattaligi bilan tanishishda turli o‘lamdagi bir xil predmetlarni taqqoslashdan foydalanadi. Unga 2 ta qo‘g‘irchoq (katta va kichik) va ikkita kiyim-kechak to‘plamini tavsiya eting.
Qaysi kiyim qaysi qo‘g‘irchoqqa tegishli ekanligini aniqlash bolaga havola etiladi. Qo‘g‘irchoqlar sovuq yeyotgani, ularni kiyintirish lozimligini ayting. Agar bola kiyimlarni taqsimlashda xato qilsa, hechqisi yo‘q. Kiyimlar qo‘g‘irchoqqa katta yoki kichik kelganini bolaga ko‘rsating. Topshiriq to‘g‘ri bajarilgach, bolani rag‘batlantirib: - katta qo‘g‘irchoqqa katta ko‘ylak, kichik qo‘g‘irchoqqa kichik ko‘ylak kiydirdik – deb ayting.
Agar sizda kerakli o‘lchamda qo‘g‘irchoq va kiyim bo‘lmasa, uni boshqa narsalar bilan almashtirish mumkin. Karton qog‘ozdan yasalgan qo‘g‘irchoqqa qog‘ozdan qirqilgan kiyim-kechak tayyorlab berish mumkin. Topshiriqni bir oz murakkablashtirish uchun 3 ta qo‘g‘irchoq va ular uchun kiyim-kechak tayyorlash kifoya.
“Sichqonchani yashir” – bolalar narsalarnig rangiga e’tibor qilishni o‘rganishlari uchun turli rangdagi qog‘ozlardan katta to‘g‘ri to‘rtburchaklar tayyorlang, har bir shakl o‘rtasidan darcha qirqing. Tagiga sichqon rasmi chizilgan oq qog‘ozni yopishtiring. Sichqon derazadan qarab turgan bo‘ladi. Derazadan kattaroq o‘lchamda to‘rtburchakli eshik tayyorlang. Bolaga o‘yinchoq mushukni ko‘rsatib u sichqon ovlagani ketayotganini ayting.
Har bir sichqonchani yashirish uchun derazani shu rangdagi eshik bilan yopish kerak. Shunda mushuk derazani payqamay qoladi. Mushuk uxlayotganda bolaga sichqonchalarni yashirish imkonini bering. Keyin mushukni ovga chiqaring. Agar bola topshiriqni noto‘g‘ri bajargan bo‘lsa mushuk sichqonchani olib ketadi. Agar bu hol bolani xafa qilsa, xatosini to‘g‘rilashga imkon bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |