Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


- Mavzu . Murakkab masalalar va mantiqiy masalalar ustida ishlash metodikasi



Download 11,02 Mb.
bet60/71
Sana12.09.2021
Hajmi11,02 Mb.
#172471
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
Matematika majmua 2021 to`g`rilangan

6- Mavzu . Murakkab masalalar va mantiqiy masalalar ustida ishlash metodikasi.

(2 soat amaliy )



Reja:

1. Boshlang‘ich sinflarda matematika bo‘yicha masalalarni yechishda asosiy qoidalar.

2. Boshlang‘ich sinflarda matematika kursida o‘tiladigan oddiy va murakkab masalalar.

3. Boshlang‘ich sinflarning matematika kursida matnli masalalar funktsiyasi

4. Masalalarni yechishga o‘rgatishga oid turli xil usullarni (yuzma - yuz suhbat, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish).

Boshlang‘ich ta’lim matematika fanidan masalalar yechish metodikasi

Mashg‘ulot maqsadi:

Matematika fanini o‘qitish metodikasi” fani doirasida fandagi yutuqlar va innovatsiyalar bilan tanishish.

Tajribali o‘qituvchi yoki mutaxassis faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan matematika fani dars mashg‘ulotlarini: kuzatish, o‘rganish va tajriba almashish. Matematika fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha mutaxassis tomonidan tashkil etilgan “Boshlang‘ich ta’lim matematika fanidan masalalar yechish metodikasi” darslarni tahlil qilishadi.

Ko‘chma mashg‘ulot “Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi” moduli doirasida, talab darajasidagi moddiy-texnika bazaga ega va ilmiy-uslubiy jihatdan tajribali boshlang‘ich ta’lim fanlari o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tashkil etiladi.

Har bir o‘qituvchi bilish kerak :

1.Har qanday masalani o‘quvchilar bilan tahlil etishi;

2.O‘quvchilarga masalani turli yo‘llar bilan yechish mumkinligini tushuntira olishi;

3.Mashg‘ulotning turli bosqichlarida masala yechishning turli yozma shakllaridan maqsadli foydalana olishi;

4.Masala yechimini tekshirishni turli yo‘llaridan foydalana olishi;

5.Masalalar yechishni o‘rgatish mashg‘ulotini ishlab chiqa olishi;

6.Boshlang‘ich sinflar uchun matematika kursi bo‘yicha har qanday masalani yecha olshi kerak.

Mashqlarni yecha olish qator o‘zaro aloqador va uzviy bog‘langan qator xususiy (alohida ) ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladiki, ularni quyidagicha ta’kidlab o‘tish mumkin;

7. Mashqni o‘qib chiqib, uni tushunish, ya’ni xar bir iboraning ma’nosiga yetib, unda tasvir etilgan xolatni ko‘z o‘ngida gavdalantira olish;

8. Mashqdagi shart va savol. Ma’lum va noma’lum narsalarni ajratib ola bilish;

9. Mashqdagi shart va savol, berilgan va izlanayotgan ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqani aniqlay olish, ya’ni mashq matnini taxlil eta bilish va uning natijasi o‘laroq, mashqni yechish uchun arifmetik amallarni tanlab olish;

10. Mashqning yechimi va javobini yoza olish.

Bu ko‘nikmalar muntazam va maqsadli amaliyot jarayonida quyidagi bosqichlarda shakllanadi.

1.Tayyorgarlik ishlari.

2.Mashq matnini tushuntirish ishlari.

3.Mashqni tahlil etish, uni yechish yo‘lini izlash va yechish rejasini tuzish.

4.Echim va javobini yozish.

5.Mashq yechilgandan so‘ng uning ustida ishlash.

Mashg‘ulotlarning har bir bosqichida o‘qituvchi masalaning mazmuni, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, mashg‘ulotning didaktik va tarbiyaviy hamda o‘zga qator omillarni nazarda tutib, yechishning turli xil metodik uslublaridan foydalanadi. Masalani yechish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha metodik uslublarga quyidagilarni kiritish mumkin.

1. Masala bo‘yicha o‘quvchi bilan suhbat, mulohaza olib borish

2. Masalani ko‘rgazmali vositalar yordamida tushuntirish,

3. Masalalarni taqqoslash;

4. Masalani (o‘zgartirish), turli ko‘rinishda kiritish;

5. Masalalar shartlarida biror ma’limot yetishmovchi yoki ortiqcha holatidagi matnini tahlil etish;

6. Masalalarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi;

7. Masalani boshqa usul bilan yechish;

8. Masalaning yechimini tekshirish;

9.Masala sharti bo‘yicha takomillashtiruvchi ish olib borish va boshqalar.

Raqamli sonlar va nol arifmetikasini o‘rganish, dasturga binoan masqsad sari yo‘naltirilgan tizimga asoslandi, ya’ni ularni yechish mazkur kursning asosiy tushunchalarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Nazariy masalalar mashqlarni yechish davomida amaliy ahamiyat kashf etadi, bu bilan mashqlar nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lovchi halqa vazifasini bajaradi. Mashqlardan foydalanish o‘quvchilarda dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilib, ularga “son”, “arifmetik amal”, kabi abstrakt tushunchalar real hayotdan, amaliy faoliyatdan olinganligiga ishonchni mustahkamlaydi.

Mashqlarni yechish jarayonida o‘quvchilar tasavvurini kengaytiruvchi faktlar bilan tanishadilar. Bu bilan ularning farqlash doirasi kengayadi, hamda mashg‘ulot bilan hayot, (amaliyot) o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatiladi.

Mashqlarni yechish o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatib, ularda tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish va abstrakt farqlashga ko‘nikmalarni shakllantiradi. Mashqlarning tarbiyaviy ahamiyati ham beqiyosdir.

Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarar ekan, ayni vaqtda, mashqlarning o‘zlari ham bevosita o‘rganish obektiga, shuningdek, ularni yechish zaruriy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi vositaga aylanadi.

1-topshiriq. Boshlang‘ich sinflar uchun matematika dasturiga izoh matnni o‘rganib, undan mashqlarni yechish bilan bog‘liq qismlarni ajratish. Bu matnni mashqlar vazifasi bilan taqqoslang.

2-topshiriq. Boshlang‘ich sinflar uchun matematika qo‘llanmasi bilan tanishib, matnli mashqlarning asosiy elementlarini ayting. Qay holatda “mashqning yechimi” iborasini ishlatish mumkinligini tushuntiring.

Bolalarga bu iboraning mazmunini qanday qilib tushuntirish mumkin.

Bu bosqichda “masala” iborasini ishlatgan ma’qul. Tayyorgarlik davridagi ishdan maqsad – bolalarga real hayotda yuz beradigan holatlarni matematik simvollar tiliga o‘tkazish imkoniyatini anglatishdan iboratdir. Bu holatda rasmlar yordamida masalalar tuzilishining zarurati yo‘q. Yaxshisi kichik hikoya shaklida bayon etilgan holatni bolalar matematik belgilar bilan daftarga yozib olish imkoniyati bo‘lsin. Hikoya uchun + = yoki – = . Sxematik shakldagi yozuvlar ko‘rsatkich (yo‘llanma) bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Mantiqiy va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rejalashtirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda, o‘z ichiga “yashirin informatsiyani” oladi. Bu informatsiyani qidirish, masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Bunda ilg‘or o‘qituvchilar ishlarida o‘quvchilarni mustaqil masalalar yechishga o‘rgatishning bir qancha bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:


Download 11,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish