Xlor (IV) oksid. Xlor(1Y) oksidi – ClO2. O’tkir hidli, sarg’ish- yashil rangli, saqlansa o’z-o’zidan portlaydigan gaz (qayn. harorati 11 oS, qotish harorati -59 oS). ClO2 to’g’ri keladigan kislota yo’q. Agar ClO2suvda eritilsa xlorot va xlorat kislotalar aralashmasi hosil bo’ladi:
2ClO2+H2O= HClO2+HClO3
Ishqorlar ishtirokida ClO2 ni erishidan xloritlar va xloratlar hosil bo’ladi:
2ClO2+2NaOH= NaClO2+NaClO3+H2O
ClO2 ni olish uchun natriy xloratga sulfat kislota ishtirokida oltingugurt(IY) oksidi ta’sir ettiriladi:
2NaClO3+SO2+H2SO4= 2NaHSO4 +2ClO2
ClO2 kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun gazlamalarni oqartirishda ishlatiladi.
Xlorat kislota parchalanganda ClO2 hosil bo’ladi:
3HClO3 = 2ClO2 + H2O + HClO4
ClO2 – juda kuchli oksidlovchi, masalan fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi :
Р + СlO2 + 2H2O = H3PO4 + HCl
NaClO2 – oqartaruvchi modda sifatida ishlatiladi. Kir yuvish kukunlariga qo’shiladi.Og’ir metallarning xloritlari urilganda yoki qizdirilganda portlaydi.
Xlorit kislotaga to’g’ri keladigan angidridi Cl2O3 mavjud emas. HClO2 faqat suvdagi eritmalarda mavjud .Bu kislota beqaror va kuchsiz kislotadir
( K=5*10-3).
Xlor trioksidi – СlO3· Xlortrioksid xona sharoitida qoramtir qizil rangli suyuqlik( qayn. harorati 203 oS, qotish harorati 3,5 oS). Xlor trioksidning bug’ holatda tarkibi ClO3 ligi, suyuq holatda bo’lsa Cl2O6 ekanligi aniqlangan.
Xlor trioksid olish uchun past haroratda ClO2 ga ozon yuboriladi:
2ClO2 + 2O3 = 2ClO3 + 2O2
Xlor trioksidning suvda erishidan xlorat va perxlorat kislota hosil bo’ladi:
Cl2O6+H2O=HClO4+HClO3
ClO3 portlaydi:4ClO3 = 2ClO2 + Cl2 + 4O2
Xlor(Y) oksid olinmagan. Bu oksidga to’g’ri keladigan kislota xlorat kislota ham erkin holda olinmagan. Lekin xlorat kislota suvdagi eritmada 40 % gachva konsentrasiyada mavjuddir. Xlorat kislota kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Uning 1 n eritmasi uchun dissotsilanish darajasu 79% hisoblanadi. 50% dan ortiq konsentrasiyali HClO3 o’z-o’zidan portlaydi.
Xlorat kislota uning tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir ettirib olinadi:
Ba(ClO3)2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HClO3
Xlorat kislota tuzlari rangsiz, qattiq moddalar, xona haroratida barqaror va suvda yaxshi eriydi. Uning tuzlaridan KClO3- bertole tuzi katalizator ishtirokida(MnO2) kislorod hosil qilib parchalanadi:
4KClO3 = 2KCl + 3O2
Agar bertole tuzi katalizatorsiz qizdirilganda parchalansa perxlorat kislota tuzlari va kaliy xlorid hosil qiladi:
4KClO3= 3KClO4+KCl
Xloratlarni olish uchun 60-70°С da ishqorlar eritmasiga gaz holatdagi xlor yuboriladi :
3Сl2 + 6KOH = KClO3 + 5KCl + 3H2O
KClO3 past haroratda suvda yomon erigani uchun eritmani sovitish orqali oson KCl dan ajratiladi.
KClO3 rangsiz yaltiroq tuz, uning suyuql. harorati 258 oS gat eng. O oS da 100 g suvda 3,3 g KClO3 eruydi, 100 oS da bo’lsa 100 g suvda 56,2 g KClO3 eriydi.
Gugurt ishlab chiqarish, Bengal olovi va portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.
Bertole tuziga oltingugurt aralashtirilib chinni havonchada aralashtirilsa kuchsiz portlash ro’y beradi:
3S + 2KClO3 2KCl + 3SO2
Kushsiz portlash bertole tuziga fosfor va ko’mir qo’shilganda ham ro’y beradi:
6P + 5KClO3 = 3P2O5 + 3KCl
3C + 2KClO3 = 3CO2 + 2KCl
Shakarni juda sekin bertole tuzi bilan aralashtirib va bir tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo’shilsa yorug’ alanga berib yonadi:
С12Н22О11 + 8КClO3 = 12CO2 + 6KCl + 11H2O
Ana shunda hosil bo’lgan olov Bengal olovi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |