Xlorning kislorodli birikmalari


Xlor (IV) oksid. Xlor(1Y) oksidi –



Download 31,82 Kb.
bet2/3
Sana07.08.2021
Hajmi31,82 Kb.
#140689
1   2   3
Bog'liq
xlorning kislorodli birikmalari

Xlor (IV) oksid. Xlor(1Y) oksidi – ClO2. O’tkir hidli, sarg’ish- yashil rangli, saqlansa o’z-o’zidan portlaydigan gaz (qayn. harorati 11 oS, qotish harorati -59 oS). ClO2 to’g’ri keladigan kislota yo’q. Agar ClO2suvda eritilsa xlorot va xlorat kislotalar aralashmasi hosil bo’ladi:

 2ClO2+H2O= HClO2+HClO3

Ishqorlar ishtirokida  ClO2 ni erishidan xloritlar va xloratlar hosil bo’ladi:

2ClO2+2NaOH= NaClO2+NaClO3+H2O

ClO2 ni olish uchun natriy xloratga sulfat kislota ishtirokida  oltingugurt(IY) oksidi ta’sir ettiriladi:

2NaClO3+SO2+H2SO4= 2NaHSO4 +2ClO2

ClO2 kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun gazlamalarni oqartirishda ishlatiladi.      

           Xlorat kislota parchalanganda ClO2 hosil bo’ladi:

                     3HClO= 2ClO+ H2O + HClO4

ClO2 – juda kuchli oksidlovchi, masalan fosforni  ortofosfat kislotagacha oksidlaydi : 

  Р + СlO+ 2H2O = H3PO+ HCl

 NaClO2 – oqartaruvchi modda sifatida ishlatiladi. Kir yuvish kukunlariga qo’shiladi.Og’ir metallarning xloritlari urilganda  yoki qizdirilganda portlaydi.

Xlorit kislotaga to’g’ri keladigan angidridi   Cl2O3 mavjud  emas. HClO2 faqat suvdagi eritmalarda mavjud .Bu kislota beqaror va kuchsiz kislotadir

( K=5*10-3).

         Xlor trioksidi – СlO3·  Xlortrioksid  xona sharoitida  qoramtir qizil rangli suyuqlik( qayn. harorati 203 oS, qotish harorati 3,5 oS). Xlor trioksidning bug’ holatda tarkibi ClO3 ligi, suyuq holatda bo’lsa Cl2O6 ekanligi aniqlangan.

 Xlor trioksid olish uchun past haroratda ClO2 ga ozon yuboriladi:

2ClO+ 2O= 2ClO+ 2O2

Xlor trioksidning suvda erishidan xlorat va perxlorat kislota hosil bo’ladi:

            Cl2O6+H2O=HClO4+HClO3

ClO3  portlaydi:4ClO= 2ClO+ Cl+ 4O2

         Xlor(Y) oksid olinmagan. Bu oksidga to’g’ri keladigan kislota  xlorat kislota ham erkin holda olinmagan. Lekin xlorat kislota suvdagi eritmada 40 % gachva konsentrasiyada  mavjuddir. Xlorat kislota kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Uning 1 n eritmasi uchun dissotsilanish darajasu 79% hisoblanadi. 50% dan ortiq konsentrasiyali   HClO3 o’z-o’zidan portlaydi.

           Xlorat kislota uning tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir ettirib olinadi:

             Ba(ClO3)+ H2SO= BaSO+ 2HClO3

Xlorat kislota tuzlari  rangsiz, qattiq moddalar, xona haroratida barqaror va suvda yaxshi eriydi. Uning tuzlaridan KClO3- bertole tuzi katalizator ishtirokida(MnO2)  kislorod hosil qilib parchalanadi:

         4KClO= 2KCl + 3O2

Agar bertole tuzi katalizatorsiz qizdirilganda parchalansa perxlorat kislota tuzlari va kaliy xlorid hosil qiladi:

         4KClO3=  3KClO4+KCl

Xloratlarni olish uchun 60-70°С da ishqorlar eritmasiga gaz holatdagi xlor yuboriladi :  

                   3Сl+ 6KOH = KClO+ 5KCl + 3H2O

         KClO3 past haroratda suvda yomon erigani uchun eritmani sovitish orqali oson KCl dan ajratiladi.

        KClO3 rangsiz yaltiroq tuz, uning suyuql. harorati 258 oS gat eng. O oS da 100 g suvda 3,3 g KClO3 eruydi, 100 oS da bo’lsa 100 g suvda 56,2 g KClO3 eriydi.

Gugurt ishlab chiqarish, Bengal olovi va portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.

Bertole tuziga  oltingugurt aralashtirilib chinni havonchada aralashtirilsa kuchsiz portlash ro’y beradi:

           3S + 2KClO  2KCl + 3SO2

           Kushsiz portlash bertole tuziga  fosfor va  ko’mir qo’shilganda ham ro’y beradi:

               6P + 5KClO= 3P2O+ 3KCl

              3C + 2KClO= 3CO+ 2KCl          

            Shakarni juda sekin bertole tuzi bilan aralashtirib va bir tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo’shilsa yorug’ alanga berib yonadi:

              С12Н22О11 + 8КClO= 12CO+ 6KCl + 11H2O

Ana shunda  hosil bo’lgan olov Bengal olovi deyiladi.




Download 31,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish