ikkinchidan, mulkni olib qо`yish. Masalan, pechat va shtamplarni, sovuq qurolni, radiouzatkichni, (agar unga egalik qilishga huquqi bо`lmasa);
uchinchidan, ma`muriy tarzdagi kо`rsatmalarni buzadigan shaxslarni ma`muriy tartibda ushlab turish (shaxsiy erkinlikni qisqa muddatga cheklash).
Huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ogohlantiruvchi chora-tadbirlardan farqli ravishda faqat huquqbuzarlik sodir etilganda qо`llanadi, ular u yoki boshq shaxslarning huquqqa xilof qilmishlariga qarshi aks sado bо`lib hisoblanadilar.
Davlat majburlovining ogohlantirish choralari, oldini olish choralari va yuridik javobgarlikka ajratilishi bu masalani aniqlashtirish va tо`ldirishni talab etadi. Gap shundaki, majburlash vositalarining ichida tiklash vositalari (himoya choralari) ma`lum bir о`rinni egallaydi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: umumiy mulkni majburiy ravishda bо`lish, xizmat safarlariga borganda tovon pullarini undirish, xodimga berilgan yordam pulini yoki notо`g`ri tо`langan pullarni ushlab qolish va boshqalar.
Yuridik adabiyotda himoya choralari yuridik javobgarlik bilan tez-tez tenglashtirib turiladi. Quyidagilarga kо`ra ushbu holat bilan kelishish mumkin emas. Javobgarlik, birinchi navbatda, о`zining asosiy yо`nalishi bо`yicha huquqbuzarga qaratilgandir, himoya esa, faqatgina huquqiy kо`rsatmalarni buzuvchiga emas, shuningdek, vakil qilingan shaxsga va uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Qо`llanish asoslariga kо`ra, javobgarlik faqat huquqbuzarlik (jamiyatga zarar keltiradigan aybli, jamiyat tomonidan qoralanadigan qilmish) mavjud bо`lganda kelib chiqadi, huquqni himoya qilish esa, huquqqa xilof obyektiv xatti-harakat (yuqori xavf manbasi orqali keltirilgan zarar) bо`lganda, bir qator hollarda esa – huquqqa xiloflilik bо`lmaganda ham kelib chiqadi (davlat, jamoat tashkilotlarining mulkini qutqarish vaqtida keltirilgan zararni undirish). Yuridik javobgarlikning asosiy vazifasi – jarima solish, jazolashdir, tiklash choralarining vazifasi esa, yuridik majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash, huquqni himoya qilishga qaratilgandir.
Yuridik javobgarlik va davlat majburlovining boshqa turlarini farqlash nazariy jihatdan tashqari, katta amaliy ahamiyatga ham ega. U shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish uchun ta`sir о`tkazishning eng maqsadga muvofiq va qonuniy vositasini tanlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |