Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi а. М л ы м о V, Z. M. Otaqo‘z iy e


  O ‘zbekiston Respublikasida chet el investisiyalarini



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/112
Sana04.02.2022
Hajmi2,2 Mb.
#428618
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112
Bog'liq
makroiqtisodiyot kutubxonachi.uz

5. 
O ‘zbekiston Respublikasida chet el investisiyalarini
tartibga solish mexanizmini rivojlantirishning mantiqiy asoslari
Islohotlar dasturi resurslar, yuqori malakali mutaxassislar va eng 
yangi texnologiyalarga g‘oyat katta ehtiyoj sezmoqda. Tub yangi- 
lanish, yirik investisiyalar talab qilinmaydigan tarmoqning o‘zi yo‘q. 
Mamlakatimiz oldida bugun ishlab chiqarishning zamonaviy texnika 
bazasini barpo etish, zamonaviy aloqa vositalari va ommaviy kom- 
pyuterlashtirishni amalga oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash 
vazifasi turibdi. Yangi energiya manbalari va boshqa shoshilinch 
muammolar yechimini kutmoqda. Respublika rahbariyatining mam- 
lakatimizda qulay investisiya muhitini shakllantirish, xorijiy inves- 
tisiyalami jalb etishga g‘oyat katta e’tibori, kuch-g‘ayrati ayni shu 
holat bilan izohlanadi.
Sarmoya joylashtirishning samarali bozori hisoblanuvchi 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘ja!igiga 
bosqichma-bosqich integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tashqi iqtiso­
diy siyosatni izchil amalga oshirmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasining chet el investisiyalarini jalb qilish 
sohasidagi qonunchiligini faol shakllantirish va takomillashtirish 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asosiy xususiyatlari- 
dan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida respublikada tashqi iqtiso­
diy faoliyatni rag‘batlantirishga qaratilgan, shu jumladan, chet El 
investorlarini jalb qilish va himoyalash, valyuta jihatidan tartibga 
solish, soliq, chet el investisiyasi boMgan korxonalami barpo etish va 
ro‘yxatga olish masalalariga doir bir qator qonunchilik va me’yoriy 
hujjatlar qabul qilindi.
0 ‘zbekiston Respublikasi chet el investisiyalarini himoyalashni 
nazarda tutuvchi va bu masalalar bo‘yicha bahslami ko‘rib chiqish 
tartibini belgilab beruvchi xalqaro huquqiy shartnomalar va bitim- 
largaqo‘shildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi AQSh, Germaniya, Hindiston, Janu­
biy Koreya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Isroil va bir qator
84


boshqa mamlakatlar bilan investisiyalami rag‘batlantirish va o‘zaro 
himoyalash to‘g‘risida bitimlar tuzdi.
Xorijiy investor o‘z investisiyalarining ob’ektlari va natijalariga 
egalik qilish, ulardan foydalanish va ulami tasarruf etish huquqiga ega.
Chet el investorlari va ularning 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi sheriklariga ishlab chiqarish xonalarini, binolami, 
uskunalar va uy-joylami tanlov asosida sotib olish, shuningdek, yer 
uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga olish huquqi beriladi, chet el 
investorlarining xususiylashtirish jarayonlarida ishtirokini kengayti- 
rish dasturi ham ishlab chiqilmoqda. Chet el investorlari xizmat 
ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini ularga ajratilgan yer uchastkalari bilan 
birga xususiy mulk qilib sotib olishlari mumkin.
Chet el investisiyalari boMgan korxona amaldagi qonunlarga bi- 
noan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni lisenziyasiz eksportga chiqarish 
va o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini 
amalga oshirish huquqiga egadir. 
0
‘z ishlab chiqarishining eksportga 
chiqarilayotgan mahsulotlar va o‘z ehtiyojlari uchun korxonalar to­
monidan import qilinayotgan mahsulotlaming ro‘yxati (
0
‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) tomonidan belgilanadi.
0
‘zbekistonda chet el investisiyalar to'g'risidagi dastlabki qonun 
1991 yil iyunidayoq qabul qilindi. Keyingi yilning iyulida esa mamlakat 
parlamenti bu qonunning yangi tahririni qabul qildi. 1994 yilning 5- 
mayida qonun chiqaruvchilar 0 ‘zbekiston Respublikasining «Chet el 
investisiyalari va chet el investorlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘ri- 
sida»gi yangi qonunni tasdiqlashdi. Bu qonun chet el investisiyalarini 
himoyalashning ilgarigi qonunda ko‘zda tutilgan kafolatlarini faqatgina 
mustahkamlamasdan, balki bir qator hollarda ulami kuchaytirdi.
1998-yili Oliy Majlis investisiya faoliyati sohasidagi munosabatlami 
tartibga soluvchi uchta qonunni-1998 yil 30 aprelda 0 ‘zbekiston Re­
spublikasining «Chet el investisiyalar to‘g‘risida» va «Chet el investor­
larining kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish choralari 
to‘g‘risida»gi hamda 1998 yil 24 dekabrda «Investisiya faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunlami bir yo‘la qabul qildi. Bu qonunlar mam- 
lakatimizda investisiya muhitini yaxshilashga va uning iqtisodiyotiga 
sarmoyajoylashtirish hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan edi.
Umuman olganda, aytish mumkinki, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududida investisiya faoliyatining umumiy huquqiy, tashkiliy, iqti­
sodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari qonun jihatidan belgilangan. Ular
85


investisiya faoliyatining milliy va xorijiy sub’ektlari uchun qulay 
sharoitlami yaratish, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, respublikan- 
ing ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini samarali rivojlantirish 
maqsadlarida investisiya faoliyati sub’ektlarining huquqiy manfaat- 
lari, mol-mulki va sanoat-intellektual mulki davlat tomonidan hi- 
moyalanishini ta’minlashga qaratilgandir.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish