306
joydan 2824 km ni tashkil etadi. Havzasining maydoni 1855 ming km
2
ga, o’rtacha
yillik suv sarfi quyi qismida 10900 m
3
/sek. ga teng. Amurga 10610 ta katta-kichik
daryolar, soylar va jilg’alar kelib qo’shiladi. Daryo o’zanining kengligi suv
kamayganda 3-5 km dan suv ko’payganda 25 km gacha yetadi. Kemalar 4000 km
masofaga bemalol qatnay oladilar. Bundan tashqari Primore sohillarida Suyfun,
Mayxe, Suchan daryolari, Oxota dengizi sohillarida Uda, Tugur daryolari, Saxalin
orolida Tim, Poronay daryolari bor. O’lka hududida ko’llar ko’p emas. Eng kattasi
Xanka tektonik ko’li maydoni 4190 km
2
, uzunligi 95 km, kengligi 85 km va eng
chuqur joyi 10,6 m. O’lkaning tuproq qoplami Amur musson tuproq oblastiga
qaraydi. Uning shimolida tog’ tayga podzol tuproqlari, Zeya va Bureya havzalarida
sur tusli o’rmon tuproqlari, aralash o’rmonlar bilan qoplangan joylarda
podzollashgan qo’ng’ir o’rmon tuproqlari keng tarqalgan. Amurbo’yi va Suyfun-
Xanka tekisliklarida o’tloqi-qora, gleyli-o’tloq va o’tloqi-botkoq tuproqlar, daryo
qayirlarida allyuvial tuproqlar yaxshi rivojlangan.
O’lka to’rtta -
Sharqiy Sibir, Dauriya, Manjuriya va Oxota
botanika-geografik
oblastlarining bir-biri bilan tutashgan hududda joylashgan. O’lkaning flora va
faunasi turli-tuman va haddan tashqari turlarga boy. Ko’pchilik o’simlik va hayvon
turlari paleogendan saqlanib qolgan relikt turlar hisoblanadi. O’lkaning shimoliy
qismida Sharqiy Sibirga xos tilog’och va yellardan tarkib topgan tayga landshaftlari
hukmronlik qiladi, janubiy qismida esa Manjuriya florasi elementlari bilan boyigan
aralash o’rmonlar katta maydonni egallagan. Aralash o’rmonlar uchun keng
barglilardan Manjuriya jo’qasi, Take jo’qasi, Mongoliya emani, Manjuriya
shumtoli, Amur duxobasi, xilma-xil zaranglar, temir qayin, sariq qayin, Manjuriya
yong’og’i, igna barglilardan Koreya kedri, yaxlit bargli pixtalar xarakterli. Aralash
o’rmonlar ko’p yarusli va lianalarga boy. O’lkaning shimoli-sharqiy qismidagi
tog’lar uchun Oxota tipidagi flora kompleksi xosdir. Uning tipik vakillari Ayan yeli,
mayda urug’li yel, oq po’stloqli pixta, toshqayin va Saxalin pixtasidir. Daryo
vodiylarining baland qayirlarida buta o’tli yelzorlar, botqoq bosgan yerlarda qiyoq-
sfagnli yelzorlar va baland terrasalarda pixta-el o’rmonlari o’sadi.
O’lkaning musson iqlimli aralash o’rmonlar zonasi hayvonot olamiga juda boy.
Aralash o’rmonlarda ko’pincha Manjuriya faunasiga xos Amur yo’lbarsi, Sharqiy
Osiyo qoploni, Ussuriy qora ayig’i, qizil bo’ri, xoldor bug’u, asl bug’u, Nepal
suvsari-xarza, yenotsimon it, Manjuriya olmaxoni, Uzoq Sharq o’rmon mushugi
kabi hayvonlar yashaydi. Tayga o’rmonlarida Sharqiy Sibir faunasiga xos hayvonlar
uchraydi. Qushlardan Manjuriya qirg’ovuli, Hind zagizg’oni, to’q sariq-pushti ibis,
o’rdak-mandarinkalar keng tarqalgan. O’lkada tabiatni muhofaza qilish ishlariga
yaxshi e’tibor qaratilgan. Uning rang-barang tabiatini, qadimiy relikt flora va fauna
komplekslarini, tabiiy landshaftlarini muhofaza qilish va kelajak avlod uchun saqlab
qolish maqsadida
Sixote-Alin, Ussuriy, Xingan, Bolshexextsir
va boshqa
qo’riqxonalar tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: