296
tuproqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar ko’p yillik muzloqlar ustida hosil bo’lganligi
tufayli geokimyoviy elementlarning migrasiyasi juda sekin davom etadi.
Pastekisliklarning o’rmon-dasht va dasht tuproqlari o’ziga xos xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Masalan, bitta landshaft zonasidagi suvi yaxshi oqib ketadigan
nishabli joylarda tarkibida 12% gacha chirindi bo’lgan qora tuproqlar, grunt suvlari
yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda o’tloqli-qora tuproqlar, pastqam yerlarda esa
botqoq tuproqlar taraqqiy etgan. Dashtlarda bulardan tashqari sho’r va sho’rxok
tuproqlar ham uchraydi. Tuproq turlarining xilma-xilligi pastekislikning o’simlik
qoplamiga va uning rang-barangligiga ta’sir etgan. Eng ko’p tarqalgan o’simlik turi
asosan igna barglilardan Sibirga xos bo’lgan pixta, kedr, archa, tilog’och va
qarag’aylardan tarkib topgan. O’rmonlarning tarkibini 24,5% ini qarag’ayzorlar,
22,6% ini qayinzorlar, kamroq qismini qoramtir tayga o’rmonlari (kedr, pixta, yel)
tashkil etadi. Keng barglilardan faqat jo’ka (lipa) daraxti o’sadi. Pastekislikning eng
shimolidagi tundra zonasida mox, lishaynik va butalar, janubidagi dasht zonasida
esa chalov, betaga, turli xil boshoqli o’simliklar tarqalgan.
G’arbiy Sibir Paleoarktikaning Yevropa-Sibir kichik zoogeografik oblastiga
qaraydi. Bu yerda 478 tur umurtqali hayvonlar yashaydi. Shulardan 80 turi
sutemizuvchilar. O’lka faunasi o’zining tarkibiga ko’ra Rossiya tekisligi faunasidan
kam farq qiladi. Faqat sharqiy qismida qo’shni o’lkalarga xos bo’lgan Jung’oriya
olmaxoni, burunduqlar uchraydi. Boshqa rayonlarga xos hayvonlardan Amerika
norkasi, ondatra, rus quyoni kabilar iqlimlashtirilgan. G’arbiy Sibir pastekisligida
landshaft zonalari yaqqol ifodalangan, lekin ularning soni jihatdan Yevrosiyo o’lkasi
ichida Sharqiy Yevropa tekisligidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu yerda
shimoldan janubga tomon tundra, tayga, o’rmon-dasht va dasht zonalari bir-biri
bilan almashinadi.
G’arbiy Sibir tabiiy resurslarga nihoyatda boy. Uning asosiy boyligi -
birinchidan
o’rmonlar bo’lsa,
ikkinchidan
neft va tabiiy gazdir. O’lkada o’rmonlar
bilan qoplangan maydon 80 mln. ga ni, yog’och zahirasi 10 mlrd m
3
ni va yillik
o’sish 110 mln. m
3
ni tashkil etadi. Bulardan tashqari foydali qazilmalardan temir,
marganes rudalari, qo’ng’ir ko’mir konlari topilgan. Torf zahirasi juda katta.
Pastekislikning o’rmon-dasht va dashtlaridagi qo’riq yerlar o’zlashtirilgan. U
yerlarga bug’doy, makkajo’xori, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik yaxshi taraqqiy
etgan. O’rmonlardan har yili 500 ming t. kedr yong’og’i yig’ib olinadi. O’tloq va
pichanzorlar chorvachiliqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: