303
Kamchatka yarim oroli Koryak tog’ligidan va materikdan Parapol doli
cho’kmasi orqali ajralib turadi. U shimoldan janubga 1200 km masofaga cho’zilgan,
maksimal kengligi 480 km, maydoni 350 ming km
2
. Yarim orol hozirgi zamon
Sharqiy Osiyo geosinklinal zonasida joylashgan va uning tog’ tizmalari nisbatan
yaqinda burmalangan. Kamchatka rel’efining xarakteriga ko’ra g’arbdan
sharqqa
tomon 5 qismga bo’linadi:
G’arbiy sohil tekisligi, O’rtaliq tizmasi, Markaziy
Kamchatka tog’oralig’i botig’i, Sharqiy tizma va Sharqiy vulkanik hudud.
Yarim orolning g’arbiy qismini kengligi 80-100 km keladigan G’arbiy
Kamchatka pastekisligi egallagan. Markaziy qismida O’rtaliq tizma joylashgan
bo’lib, uning eng baland nuqtasi Klyuchi Sopkasida 4780 m ga yetadi. Tizmaning
o’rta qismida parchalanib ketgan lava platolari va vulkan konuslari joylashgan.
O’rtaliq va Sharqiy tizmalar oralig’ida kengligi 50-80 km gacha cho’zilgan lavalar,
flyuvioglyasial, prolyuvial va allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan Markaziy
Kamchatka botig’i joylashgan. Murakkab strukturali sharqiy tizma Ganal, Valagin,
Tumrok va Kumroch tog’laridan tarkib topgan. Sharqiy tizmada Kamchatkaning
baland cho’qqilaridan shimolda Shiveluch (3283 m) va janubda Nomsiz (3628 m)
vulkanlari joylashgan. Sharqiy vulkanik plato so’ngan va harakatdagi vulkanlarga
juda boy. Bu yerda Kronoki vulkani dengiz sathidan 3528 m, Koryak 3456 m,
Avacha 2741 m qad ko’tarilgan. Umuman Kamchatkada 160
ta vulqon mavjud
bo’lib, shundan 28 tasi harakatdagi vulqon hisoblanadi.
O’lkaning iqlimi musson xarakterga ega bo’lsada, uning shimoliy qismida
janubga nisbatan musson iqlim belgilari ancha kuchsiz namoyon bo’ladi. Qishda
Arktika frontining Oxota tarmog’i siklonlari o’tib, yog’inni bir oz ko’paytiradi.
O’lkaning shimoliy hududlarida yoz salqin keladi va qisqa davom etadi. Iyulning
o’rtacha harorati Chukotka tog’ligida va yarim orolida +4°+6°S ni, yanvar oyiniki -
-24°-32°S ni tashkil etadi. Anadir va Penjina pastekisliklarida issiq oyning o’rtacha
harorati +8°+12°S, sovuq oyniki -24°-28°S bo’ladi.
Janubda havo ancha iliq,
Kamchatkada, Kuril orollarida va Oxota sohillarining janubida iyulning o’rtacha
harorati +16°S, yanvarniki -15°S gacha ko’tariladi. Atmosfera yog’inlari o’lkaning
shimolida g’arbdan sharqqa tomon 250 mm dan 500 mm gacha orta boradi. Koryak
tog’ligining g’arbiy yonbag’irida 300-350 mm, sharqiy yonbag’irida 800 mm gacha
yog’in tushadi. Kamchatka yarim orolining sharqiy sohillari uchun dengiz iqlimi
xarakterli, yillik yog’in miqdori 700 mm dan 1100 mm gacha boradi. Qor
qoplamining kalinligi 1,5-2 m ni, shimolda esa 50 sm ni tashkil etadi.
Kamchatkada hozirgi zamon muzliklari ham mavjud. Muzliklarning umumiy
maydoni 874 km
2
bo’lib, uning ko’pchilik qismi O’rtaliq tizmada joylashgan. Bu
yerda qor chizig’i 1500-1600 m balandlikdan o’tadi. Eng katta muzlik Klyuchi
Sopkasi hududidagi Erman muzligi bo’lib, maydoni 34,1 km
2
, uzunligi 16 km.
Baland cho’qqilarni va vulqon sopkalarini 5-7 qirrali yulduzsimon qiyofadagi
muzliklar qoplagan. O’lkada gidrografik to’r yaxshi rivojlangan,
ammo yirik
daryolar juda kam. Eng yiriklari Anadir, Penjina va Kamchatka daryolaridir. Anadir
daryosi (1145 km) Anadir yassi tog’ligidan, Mayn irmog’i Koryak tog’ligidan
boshlanib, Bering dengizining Anadir qultig’iga qo’yiladi. Penjina (640 km) Kolima
tog’laridan boshlanib, Oxota dengizining Penjina ko’rfaziga quyiladi. Bu daryolar
304
qor va yomg’ir suvidan to’yinadi. Kamchatka (770 km) daryosining to’yinishida yer
osti suvlari katta rol o’ynaydi. Kamchatka yarim orolida vulkanik ko’llar va issiq
buloqlar keng tarqalgan. Eng yiriklari Kronosk (212 km
2
) va Kuril (76 km
2
) vulkanik
ko’llaridir. Geyzernaya daryosi vodiysida 22 ta harakatdagi yirik geyzerlar mavjud.
Ulardan eng kattasi Velikan geyzeri qaynoq suvni 40-50 m gacha balandlikka otadi.
Geyzer buloqlari suvining harorati 90-100°S ga teng.
Shimoliy Uzoq Sharq o’lkasida sovuq va nam iqlim sharoitida tundra
landshaftlari keng tarqalgan. Tundraning janubiy chegarasi Magadan yaqinidan
o’tadi. Zonaniig torfli-gleyli tundra tuproqlari mox, lishaynik, qiyoq, momiqbosh,
golubika, brusnika, yernik, qutb boshoqlilari bilan qoplangan. O’rmon-tundra zonasi
yer bag’irlab o’suvchi kedr, olxa va past bo’yli o’rmonlardan tashkil topgan.
O’lkaning janubida, Jugjur tog’larida tog’-tayga landshaftlari hukmronlik qiladi. Bu
zonada Ayan yeli, oq po’stloqli pixta, toshqayinlar o’sadi. O’rmonlar tagida tipik
tog’-tayga podzol tuproqlar rivojlangan. Tog’larning 1100-1300 m dan yuqori
qismida baland tog’ tundra mintaqasi boshlanadi. O’lkaning shimoliy qismi uchun
Sharqiy Sibir fauna elementlari, janubiy qismi uchun Manjuriya fauna elementlari
xos. Kamchatka faunasi esa orol xarakteriga ega bo’lib, bir oz farq qiladi. Uning
tarkibida Kamchatka soboli, qo’ng’ir ayiq, suvsar, tulki, shimol bug’usi, Kamchatka
sug’uri, qor qo’yi uchraydi. Sibir taygasidan olmaxonlar Parapol doli orqali kirib
kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: