X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Yer qimirlash va vulkanlar



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Yer qimirlash va vulkanlar. 
Yevrosiyoning janubiy qismidan Yer shariining 
juda katta Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasi, sharqiy chekkasidan esa Tinch okean 
seysmik mintaqasi o’tadi. Bu mintaqalar eng serharakat joylar hisoblanadi. Yer 
yuzida ro’y beradigan kuchli zilzilalarning aksariyati shu mintaqalarga to’g’ri 
keladi. Yer qimirlash tabiiy ofat jarayonlarining bir turi bo’lib, uning kuchli 
silkinishidan kishilar, shaharlar, qurilishlar katta talofat ko’radi. Masalan, 1923 yilda 
yer qimirlash natijasida Yaponiyaning poytaxti Tokio, 1948 yilda Turkmanistonning
 
poytaxti Ashxabod, 1995 yilning yanvar oyida Yaponiyaning Kobe shahri to’liq 
vayron bo’lgan. 1966 yildagi yer qimirlash Toshkent shahriga juda katta zarar 
yetkazgan. 1998 yilda Afg’onistonda sodir bo’lgan kuchli zilzila natijasida o’nlab 
qishloqlar to’liq vayron bo’lgan, minglab aholi qurbon bo’ldi va boshpanasiz 
qolgan. 2011 yilning mart oyida Yaponiyada yuz bergan 9 balli zilzila ham 
mamlakat iqtisodiyotiga juda katta zarar yetkazgan. Hozirgi paytda olimlar Yer 
po’stida ro’y beradigan jarayonlarni har tomonlama o’rganishga kirishganlar. 
Tabiatda sodir bo’ladigan bunday hodisalarni har tomonlama mukammal o’rganish 
yer qimirlashning qaerda va qachon bo’lishini oldindan aytib berishga hamda aholini 
ogohlantirishga yordam beradi. 
Vulkanlarning geografik tarqalishi ham zilzilalar singari Yer po’stining 
seysmik mintaqalari bilan chambarchas bog’liq. Vulkanlar ayniqsa Tinch okean 
"Olovli xalqasi"da keng tarqalgan. Shuning uchun ham Yevropa-Osiyo seysmik 
mintaqasi Yer seysmik energiyasining 15% ini shu mintaqada sarf qilsa, Tinch 
okean seysmik mintaqasi esa Yer seysmik energiyasining 80% ga yaqinini shu yerda 
sarf qiladi. Yevrosiyodagi otilib turadigan eng katta, eng baland va go’zal vulkan 
Kamchatka yarim orolidagi Klyuchi Sopkasi bo’lib, uning balandligi 4780 m, 
kraterining diametri 500 m, yon bag’irlarida 60 dan ziyod qo’shimcha konuslar 
ko’tarilib turadi. Klyuchi Sopkasining cho’qqisi qor va muzliklar bilam qoplangan. 
Ularning quyi chegarasi dengiz sathidan 1500-2000 m balandlikdan boshlanadi. 
Vulkanning otilishi juda dahshatli bo’lib, ovozi 250-300 km masofagacha boradi. 
Harakatdagi vulkanlar Kuril, Yaponiya, Ryukyu, Filippin, Katta Zond orollarida 
keng tarqalgan. O’rta dengiz orollari va sohillarida, Arman tog’ligida, Kavkaz 
tog’larida ham vulkanlar ko’p. Masalan, Katta Kavkaz tog’ tizmasidan Kazbek va 


208 
El'brus tog’ cho’qqilari to’rtlamchi davr boshlarida harakatdagi vulkanlar bo’lib, 
hozir so’ngan vulkanlar qatoriga kiradi. 
Seysmik mintaqalarning serharakat joylarida vulkanlardan tashqari geyzer 
buloqlari ham otilib turadi. Geyzerlar ayniqsa Kamchatka yarim orolining sharqiy 
sohillarida ko’p uchraydi. Bulardan eng yiriklari Troynoy, Fontan va Velikan 
geyzerlari hisoblanadi. Velikan geyzerining maydonchasi 30x40 m, chuqurligi 3 m, 
o’rtacha har 4 soatu 10 daqiqada bir marta otiladi va 2 daqiqa davom etadi. Uncha 
katta bo’lmagan geyzerlar Kamchatkaning janubida, Paujet buloqlari rayonida 
uchraydi. Geyzer buloqlari birinchi marta 1755 yilda S.P.Krasheninnikov tomonidan 
kashf etilgan. Geyzerlar yer qa’ridan otilib chiquvchi qaynoq suvlardir. 
Geyzerlarning xalq xo’jaligida ahamiyati juda katta. Qaynoq suv bug’i elektr 
stansiyalarning turbinalarini bemalol aylantira oladi. Bunday elektr stansiyasi 
Kamchatkada qurilgan. Geyzer suvlaridan uylarni, korxonalarni va issiqxonalarni 
isitish uchun foydalaniladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish