bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin.
Agar shu bosqichda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa tezda falajlanish
bosqichiga o'tadi.
Falajlanish bosqichi - bunda asosiy belgi zaharii moddaning
markaziy nerv sistemasi yuqori bo‘linmalarida zahar ta’siri oqibatida
nafas olish va yurak faoliyati to‘xtashi mumkin.
Bunday zaharlanganlarga tibbiy yordamni zaddi-zahar qo‘llash
orqali qisqa vaqt davomida ko‘ rsatish zarur. Ko‘ pchilik zarar langanlar
keyinchalik birinchi shifokor yordamini BTYOda olishlariga
to‘g‘ri keladi. Jami zararlanganlar zudlik bilan o‘choqdan chetga
ko‘chirilishga muhtoj, shu sababli ko‘p sonli transport vositalarini
ajratish zarur. Tibbiyot tuzilmalar shaxsiy tarkibi zararlangan
hududda nafas olish organlarini himoyalovchi vositalarda ishlashlari
talab qilinadi, bu ularning faoliyatlarini ancha qiyinlashtiradi.
Bo‘g‘uvchi ta ’sirli zaharlovchi m oddalar (fosgen, difosgen)-
ularning zaharii ta’siri FOBga nisbatan ancha past, ammo yetarlicha
zaharii kiehik konsentratsiyasida himoyalanmagan aholini og‘ir
zaharlashi va hattoki o‘ldirishi mumkin. Bu zaharlovchi moddalar
organizmni faqat nafas olish organlari orqali zararlaydi. Og‘ir darajali
zararlanish to‘rt davrda kechadi: zaharii moddalar bilan kontaktda
bo‘lish davri (boshlang‘ich hodisa); yashirin davr, o‘pka shishi
rivojlanishi, tiklanish davri.
Boshlang‘ich davrning klinik belgilari kishi zaharlangan
muhitga tushganda tezda yuzaga keladi. Nafas yoMlarida joylashgan
sezuvchi nerv organlari zaharlovchi moddalardan ta’sirlanishi
natijasida reflektor reaksiyalar paydo bo‘ladi, kishi o'ziga xos hidni
sezadi (chirigan olma hidi), ko‘z achishadi, burun yo‘llarida va
halqumda qichishish paydo bo‘ladi, quruq yo‘tal, ko‘krak qisishi,
bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish alomatlari yuzaga keladi.
Kishi zaharlangan muhitdan olib chiqib ketiiganda yoki tezda
gazniqob kiygiziiganda 10-15 daqiqadan so‘ng zaharlanish
alomatlari
asta-sekinyo‘qola boshlaydi vayashirin davr boshlanadi. Bu bosqichda
74
zaharlanganlami aniqlash juda qiyin. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki,
yashirin davr klinik alomatsiz bo'lmaydi. U 1-3 soatgacha davom
etadi, ayrim vaqtlarda 24 soatgacha cho‘zilishi mumkin. Agar birinchi
soatlarda shishning klinik alomatlari rivojlansa, bu zararlanish og‘ir
o‘tishdan dalolat beradi.
Yashirin davrda klinik alomatlar uncha yaqqol sezilmaydi. Bunda
nafas olishning tezlashuvi va pulsning sekinlashuvi kuzatiladi.
Buning natijasida puls va nafasning raqobati 1,3 yoki 1,3,5 tashkil
qiiadi. (odatda 1 daqiqada nafas olish soni 16-18 puls soni 60-80
zarbni, 1-4 ni tashkil qiiadi). Difragma pastlashib ketadi.
Yurakning
absolyut chegarasi kamayganligi aniqlanadi. Chekuvchi kishilarda
tamakidan jirkanish hissi paydo bo‘ladi. Bu davrda tashxis qo‘yish
uchun zararlangan kishilardan to‘liq anamnez ma’lumotlarini
yig‘ish talab qilinadi. Zaharlangan o‘choqdan bir nechta kishi tibbiy
punktga tushganda ulardan yoki ularning ust-boshidan qanday hid
kelayotganligiga e’tibor berish talab qilinadi. Mabodo zaharlovchi
modda aniqlansa, ularga tinch sharoit yaratish va ularni issiq tutish
kerak bo‘ladi. Chunki kuchii jismoniy mehnat qilish, asabiylashish
va sovuq joylarda qolish hollari o‘pka shishining rivojlanishini
tezlashtiradi.
Shishning rivojlanish bosqichi yashirin kechayotgan klinik
belgilar yaqqol rivojlanishi bilan ifodalanadi. Hansirash kuchayadi
umumiy lohaslik, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘krak qisishi kuchayib
boradi. Shish rivojlangan sari o‘pkada xirillashlar kuchayadi.
Yo‘talganda ko‘p miqdorda qon aralash seroz suyuqliq ajraladi.
Uning miqdori sutkasiga 1,5 Iitrni tashkil qiiadi. Nafas olishyuzaki va
tezlashgan bo‘ladi, nafas olish soni 30-60 tani tashkil qiiadi.
Arterial
bosim pastga tushib ketadi, u 90-95 mm simob ustunini tashkil qiiadi.
Labda, burun va tirnoqlarda ko‘karish yuzaga keladi.
Zararlanganlami zudlik bilan o'choqdan olib chiqish zarur, shu
sababli ko‘p sonli transportga ehtiyoj tug‘iladi. Agar zararlanganlarda
Do'stlaringiz bilan baham: