Vzu davlat va huquq asoslari


ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari va tartibi (OK 79, 80-m.)



Download 395,4 Kb.
bet75/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari va tartibi (OK 79, 80-m.);

  • vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.

    Yuqorida sanab o'tilgan oila huquqlari, manfaatlari va majburiyatlari shular bilan cheklanmaydi.
    Ota-onalik huquqidan mahrum qilish instituti oilaviy-huquqiy munosabatlarda alohida o‘rin tutadi.
    Shunday qilib, oilaviy huquqiy munosabatlar deganda, fuqarolar o‘rtasida bo‘ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
    Har qanday boshqa munosabatlarda bo‘lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda quyidagi uch element mavjud:
    -subyekt;

    • subyektiv huquq va majburiyatlar.

    Oilaviy huquqiy munosabatlarning subyekti bolib, er-xotin, ota- ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh-uruglar hamda oila qonunchiligi sohasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi.
    Oila azolariga yoki oilaning sobiq azolariga tegishli, qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadriyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy- huquqiy munosabatlarning obyektlari bo'lishi mumkin.
    Bir-birlariga nisbatan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish jarayonida oilaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlariga ega boigan huquq va majburiyatlarning yigindisi huquqiy subyekt- lardir.
    Nikoh erkak bilan ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo'lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi.
    Nikoh tuzish shunchaki rasmiyatchilik emas. Davlatning nikohni qayd etishi yuridik faktdir. Aynan ro'yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yuridik nikoh deb hisoblanadi va faqat ugina er- xotinlik huquqlari va majburiyatlarini yuzaga keltiradi, ro‘yxatsiz (qaydsiz) nikoh haqiqiy emas. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
    Erkak va ayolning haqiqatda birga yashashi («fuqarolik nikohi» deyiladi) natijasida ular o'rtasida huquqiy munosabatlar yuzaga kelmaydi, ular bir-birlarining oldida yuridik huquq va majburiyatga ega bo'lmaydilar (masalan, birga yashovchi (ayol) o‘zi bilan birga yashovchi (erkak)dan ta’minot olishga haqli boimaydi).
    Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolat- nomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy muddat o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish orqali bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berilishi mumkin. Nikoh yoshi respublikamizda erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Tegishli tuman, shahar hokimligi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. Shu bilan bogiiq quyidagi holatga e’tiborni qaratish lozim, ya’ni er-xotinlar 18 va 17 yoshdan emas, balki nikoh tuzilgan vaqtdan boshlab to‘liq huquqiy layoqatga ega hisoblanadi.
    Nikoh tuzish natijasida vujudga kelgan muomala layoqati 18 yoshga to‘lguncha nikoh tuzilgan taqdirda ham to‘liq hajmda tasdiqlanadi.
    Nikoh tuzishni xohlovchilarning yoshi qonunda cheklanmaydi. Ba’zida voyaga yetmaganlarning xohishi bo‘lsa ham, nikohni tuzib boimaydi. Quyidagi hollarda nikoh tuzilmaydi:

    • loaqal bittasi royxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar ortasida (faqat FHDYO organlarida royxatga olingan nikoh nazarda tutiladi. Haqiqatda birga yashash etiborga olinmaydi. Nikoh tuzishga sud qarori bilan ajratilgan va haqiqiy emas deb topilgan nikohlar tosiq boiolmaydi);

    • loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o'rtasida, spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalar istemol qilish bilan bog'liq holatlarda fuqaroning muomala layoqati cheklanishi nikoh tuzishga monelik qilish uchun asos bola olmaydi);

    • nasl-nasab shajarasi bo'yicha togri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o'rtasida.

    Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalari o'tkazadi.
    Nikohlanuvchi shaxsni ko'rikdan o'tkazish natijalari shifokor siri hisoblanadi va u nikohlanuvchi shaxsga faqat ko'rikdan o'tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi mumkin. Basharti nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odam immuniteti taqchilligi virusi (OITS infeksiyasi) borligini boshqasidan yashirgan bo'lsa, ushbu shaxs nikohni haqiqiy emas deb topishni talab qilib sudga murojaat etishga haqli bo'ladi. Yuqoridagi kasalliklarga chalingan holatlar nikoh tuzishga monelik qiladi.
    Bundan tashqari, er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko'zlamay tuzgan soxta nikohlari ham haqiqiy emas deb topiladi (OK 49-m).
    Nikohni faqat sud haqiqiy emas deb topishi mumkin.
    Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shu nikohda yoki uni haqiqiy emas deb topilgan kundan boshlab 300 kun ichida tug'ilgan bolalar huquqiga ta’sir qilmaydi. Bunday bolalar haqiqiy nikohda tug'ilgan bolalardek huquqqa ega bo'ladilar.
    Turli hayotiy sabablarga ko'ra ba’zi nikohlar buziladi, er-xotinlik munosabatlari to'xtaydi (sud tomonidan e’lon qilingan er-xotindan birining o'limi tufayli nikohning tugatilishi).
    Er-xotin hayotligida nikoh faqat ajratish yo'li bilan buzilishi mumkin. Ajratishni sud yoki FHDYO organlari rasmiy tartibda amalga oshiradi. Xotinning homiladorligi vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynida er-xotinning roziligisiz nikohdan ajratish to'g'risida ish qo'zg'atilishi mumkin emas.
    Er-xotinlar FHDYO organlaridan nikoh tugatilishi haqida guvohnoma olmagunlaricha yangi nikoh tuzishga haqlari bo'lmaydi.
    Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyati. O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga binoan, er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari qonuniy va shartnomaviy tartibda amalga oshiriladi.
    O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida shunday deyilgan: «Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, ...agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hoi ko'rsa- tilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi» (23-modda).
    Oila kodeksida shartnomaning bu turi batafsil tartibga solingan. Unda «nikoh shartnomasi» tushunchasi, uni tuzish shartlari va tartibi, mazmuni va ro'yxatga olish mexanizmi, shartnomani o'zgartirish va bekor qilish, uni to'la yoki qisman haqiqiy emas deb topish kabilar belgilangan.
    Qonunga binoan, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo'lgan davrida hamda er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuv nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. Er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari nikoh shartnomasining predmeti bo'la olmaydi. Masalan, shartnomada bir-birini sevish majburiyatini mustahkamlash mumkin emas.
    Nikoh shartnomasi nikoh FHDYO organlarida ro‘yxatga olinganidan keyin, shuningdek, nikoh davrida ham faqat er va xotin o‘rtasida tuzilishi mumkin (nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi). Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Er-xotin nikoh shartno­masiga ko‘ra, birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o'zgartirishi mumkin. Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi). Nikoh tugatilishi paytidan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi (nikoh shartnomasida nikoh tugatilgandan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno). Qonunga binoan, sud nikoh shartnomasini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin.
    Bundan tashqari, qonun nikoh shartnomasida er-xotinning birgalikda yashash huquqlari, o‘zaro ta’minot kabi huquq va majburiyatlari belgilanishiga yo‘l qo‘yadi.
    Er-xotinlar o'zaro boshqa xil shartnomalar tuzishga ham haqlidirlar (masalan, hadya etish, oldi-sotdi).
    0‘zaro moddiy ta’minot er-xotinlar bir-birlarini moddiy ta’minlashga majbur ekanliklarini anglatadi. Agar bunday yordam berishdan bosh tortilsa yoki shartnomaviy kelishuv bo'lmasa, xotin (er) aliment olish uchun sudga murojaat qilish huquqidan foydalanishi mumkin.
    Bunday talab bilan sudga murojaat etish huquqiga homilador xotin yoki mehnatga layoqatsiz va muhtoj er (xotin) ega bo‘ladi.
    Muhtoj va mehnatga layoqatsiz er (xotin)ning xotin (er)idan ta’minot olish huquqi qonunda belgilangan hollarda nikoh tugatilganidan keyin ham tugatilmaydi. Er (xotin)ni ta’minlash uchun undiriladigan alimentning miqdori har doim pul bilan toManadigan qat’iy summada belgilanadi.
    Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish hollarida, agar er va xotin o‘rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hoi nazarda tutilmagan bo'lsa, er va xotinning ulushlari teng hisoblanadi. Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini va (yoki) er-xotindan birining e’tiborga loyiq manfaatini hisobga olib, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlar tengligi prinsipidan chekinishga haqlidir. Umumiy mol-mulkni bo'lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan aniq qiymatga ega bo'lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o'zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.
    Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to'g'risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo'llaniladi. Er va xotinning har birining shaxsiy mulkiga quyidagilar kiritiladi:
  • 1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish