Vzu davlat va huquq asoslari



Download 395,4 Kb.
bet78/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Demak, ekologiya huquqitabiat va jamiyat tizimida paydo ho ladigan ekologik-huquqiy munosabatlami tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ко ‘p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo ‘lib hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, har bir fan yoki huquq sohasi yoki ijtimoiy munosabatlami tartibga solish jarayonida tutgan o'rni va tartibga solinayotgan munosabatlarning ko'lamiga ko'ra o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'ladi.
Shu jumladan, ekologiya huquqi ham birinchi navbatda huquq tizimining alohida sohasi sifatida boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, huquqning umum e’tirof etilgan tamoyil, shakl va qoidalardan foydalanib, rivojlanib bormoqda. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlar tabiat qonuniyatlari, tabiiy resurslar, ekologik tizim va komponentlarga ta’sir etish ya’ni holatining yomonlashishi, miqdorining kamayishi, muvozanatning buzilishi, turlaming yo'qolib ketishi va hokazolar kabi jarayonlarda paydo bo'ladi. Hammamizga ma’lumki, inson tabiat mahsuli, uning bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasida shakllangan, rivojlanayapti va taraqqiy etib boradi. Bir so'z bilan aytganda «Tabiat- jamiyat» tizimida tabiat beqiyos darajada ustun huquqqa, ko'lamga va salohiyatga egadir. Shuning uchun ham jamiyat o'z taraqqiyotiga erishmoqchi bo'lsa, albatta tabiatning muqaddas, ustuvor qonu- niyatlarini anglashi, e’tirof etishi, o'z xatti-harakatlarini moslashtirishi va eng muhimi o'z ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq harakat yo'nalishlari tabiatning holatiga bog'lab rivojlantirishi lozim bo'ladi. Ko'rib turibmizki, ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlaming ustuvorligi o'z navbatida ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi, ajralib turuvchi xususiyatlari mavjudligini taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar birinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiat qonuniyatlarini ustunligini ta’minlash; ikkinchidan, jamiyat hayotida shakllangan ekologik umum majburiy tamoyil, qoida-talablaming ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda qo'llash; uchinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solish mexanizmida konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, jinoiy, fuqarolik, xo'jalik-huquqiy chora-tadbirlaridan foydalanish va to'rtinchidan, ekologik muammolami hal qilishda jamiyat hayotida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy jabhalarini chora-tadbirlarini keng safarbar qilish bilan belgilanadi. Ekologiya huquqi murakkab ta’limot tizimiga ega bo'lib, tabiat qonuniyatlari va jamiyat qonunlarining o'zaro moslashishi, muvofiqlashishi natijasida shakllanadi, rivojlanadi va taraqqiy etadi. Shuning uchun ham tabiatda bo'ladigan o'zgarishlar, voqea-hodisalar bilan bog'liq nazariy ta’limot va bilimlar o'z navbatida jamiyatning tabiat sir-asrorlari, ilmini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Chunki, tabiiy bilimlarni o'rganish o'z navbatida jamiyatning tabiat bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtiradi, har bir davlat ekologik siyosati yo'nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi.
Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lsak, avvalambor, «Ekologiya fani» haqidagi umumiy tushuncha va yo'nalishlarini yetarli anglashimiz kerak bo'ladi.
Ekologiya — murakkab tizimga ega bo'lgan, tirik organiz- mlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlarini o'rganuvchi fandir.
1866-yilda nemis biologi o'z ilmiy asarida birinchi bo'lib «Ekologiya» atamasini fanga kiritib, uning ma’nosini tirik organizmlarning o'zaro va ularning yashash muhiti bilan bog'liqligini o'rganuvchi ta’limot sifatida ifodalaydi.
Ekologiya atamasi yunoncha «oikos» turar-joy, yashash muhiti, uy, — «logos» ta’limot, degan ma’noni bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.
Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyatdagi ekologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi fani «Tabiat-jamiyat tizimi»da turli shakl va yo'nalishlarda paydo bo'ladigan o'zaro ta’sirlarni barqarorlashtirish, harakat yo'nalishlarini aniqlash, jamiyat a’zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog‘liq ehtiyojlarini qondirish me’yorlarini o'rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi mas’uliyatli vazifalarni o'zida mujassam etgan.


  1. Download 395,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish