Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


X  bob. TIBBIY XODIMLARNING KASB



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

X  bob. TIBBIY XODIMLARNING KASB
 
HUQUQBUZARLIKLARI HOLATLARIDA
 
SUD-TIBBIY EKSPERTIZA
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash borasida kasb yuzasidan xizmat 
vazifalarini  lozim  darajada  bajarmaslik  holatlari  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan tergov va sud muhokamalarida tibbiyot sohasidagi maxsus 
bilim va ko‘nikmalami talab etadigan qator savollar yuzaga keladi. 
Qonunchilikka  muvofiq  bu  kabi  holatlarda  komission  sud-tibbiy 
ekspertiza tayinlanishi lozim. Komission sud-tibbiy ekspertizalami 
tayinlash va o ‘tkazish,  ekspertlar komissiyasi  xulosasini  baholash 
“Sud  ekspertizasi  to‘g ‘risida”  O ‘zbekiston  Respublikasining 
Qonuni,  Jinoyat protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslarida 
belgilab berilgan. Shuningdek, komission sud-tibbiy ekspertizalami 
o‘tkazish masalasida maxsus idoraviy qoidalar ham mavjud.
Komission  sud-tibbiy  ekspertizalar  o ‘tkazish  uchun  asos 
surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuroming  qarori,  sudning  ajrimi 
bo‘lishi  mumkin.  Qaror  va  ajrimning  bayon  qismida  ekspertiza 
tayinlanishiga asos bo‘lgan ishning qisqacha tafsiloti  qayd  etiladi. 
So‘ng  ekspertiza  turi  va  u  kimga  tayinlanganligi  ko‘rsatiladi. 
Qaror qismida ekspertlar komissiyasi tomonidan hal etilishi lozim 
bo‘lgan savollar keltiriladi. Ekspertlar komissiyasi oldiga qo‘yilgan 
savollami  aniq,  tushunarli  va  sud  ekspertizasi  maqsadlariga  mos 
bo‘lishi  lozim.  Ular sud-tibbiy  ekspertlar komissiyasi  tasarrufidan 
chetga chiqmasligi kerak.
Ekspertlar  komissiyasiga  ish  materiallari,  hujjatlar,  shu 
jumladan  tibbiy  hujjatlar  hamda tekshiruvlar  o‘tkazish  va  xulosa 
berish uchun zarur bo ig an  boshqa obyektlar taqdim etiladi. Ular sud 
ekspertizasi tayinlash haqidagi qarorda (ajrimda) ko‘rsatib o‘tiladi. 
Istisno  holatlarda  tibbiy  muassasa rahbari  tomonidan  imzolangan 
va muhr bilan tasdiqlangan kseronusxalardan foydalanish mumkin. 
Alohida  kasallik tarixidan ko‘chirma,  ma’lumotnomalar  bo‘yicha 
komission sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tibbiy  xodimlami  huquqiy javobgarlikka tortish masalasida


tayinlangan  ishlarda  ekspertlar  komissiyasiga  oldin  o‘tkazilgan 
idoraviy 
va 
boshqa 
xizmat 
tekshiruvlari, 
javobgarlikka 
tortilayotgan  tibbiy  xodimga  uning  kasbiy  tayyorgarligi,  tajribasi 
va  mutaxassislik  bo'yicha  toifasi  ko‘rsatilgan  holda  berilgan 
tavsifnomalar taqdim etilishi  lozim.  0 ‘lim holatlarida,  shuningdek 
ekspertlar  komissiyasiga murdani  sud-tibbiy  ekspertizasi  xulosasi 
yoki  patologo-anatomik  tekshiruv  bayonnomasi,  qo‘shimcha 
laborator (gistologik,  sud-kimyo va boshqa) tekshiruvlar natijalari 
taqdim etiladi.  Shu bilan birga ekspertlar komissiyasining taklifiga 
ko‘ra  etishmagan  ish  materiallari,  boshqa  qo‘shimcha  hujjatlar 
sud-ekspertiza  muassasasi  rahbari  tomonidan  sud  ekspertizasi 
tayinlagan idora (shaxs)dan talab qilinishi mumkin.
Agarda ekspertlar komissiyasi  qo‘yilgan  savollami  ularning 
bilimlari yordamida hal etish imkoni yo‘qligiga ishonch xosil qilsa 
yoki  taqdim  etilgan  obyektlar  xulosa  berish  uchun  yaroqsiz  yoki 
etarli  boimasa,  yoki  fan  va  sud  ekspertiza  amaliyotining  holati 
qo‘yilgan  savollarga  javob  berish  imkonini  bermasa,  ekspertlar 
komissiyasi  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  xulosa  berishning 
imkoni  yo‘qligi  haqida  asoslantirilgan  hujjat  tuzadi  va  sud 
ekspertizasini tayinlagan idoraga (shaxsga) yo‘llaydi.
Komission 
sud-tibbiy 
ekspertizalar 
faqat 
sud-tibbiy 
ekspertiza  byurolarida  o‘tkaziladi.  Amaldagi  qoidalargi  muvofiq 
ulami  tuman,  tumanlararo  va  shahar bo‘linmalarida o‘tkazilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspertlar komissiyasi uchtadan kam bo‘lmagan 
shaxsdan tashkil topadi.  Davlat sud-tibbiy ekspertlaridan tashqari, 
ish  tafsilotiga  muvofi,q  zarurat  hollarida  ekspertlar  komissiyasi 
tarkibiga  turli  profildagi  klinik  mutaxassislar  ham  kiritilishi 
mumkin.
Ekspertiza  tayinlagan  organ  (shaxs)  ekspertlar  komissiyasi 
tarkibini o ‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilash yoki ekspertlar komissiyasi 
tarkibiga  alohida  mutaxassisni  kiritish  huquqiga  ega.  Shu  bilan 
birga  ekspertiza  tayinlash  haqidagi  qarorda  (ajrimda)  ekspertlar 
komissiyasining  tarkibi  ko‘rsatilmagan  bo‘lsa,  sud  ekspertiza


muassasasining  rahbari  ekspertiza  tayinlagan  organ  (shaxs)  bilan 
muvofiqlashtirgan holda ekspertlar komissiyasini ushbu muassasada 
ishlayotgan  xodimlardan  tuzadi.  Agarda  maxsus  bilimlari  sud 
ekspertizasi  oldiga  qo‘yilgan  savollami  hal  etish  uchun  zarar 
bo‘Isa, sud ekspertiza muassasasining rahbari ekspertiza tayinlagan 
organga  (shaxsga)  ekspertlar  komissiyasi  tarkibiga  boshqa 
muassasalar  mutaxassislarini  ham  kiritish  haqida  tavsiyanoma 
berishi  mumkin.  Ayni  vaqtda,  ekspertlar  komissiyasi  tarkibiga 
muhokama etilayotgan hodisa yuz bergan davolash muassasasining 
rahabarlari,  mutaxassislari  kiritilishi  mumkin  emas.  Shuningdek, 
ishning  natijasidan  biron-bir  ko‘rinishda  manfaatdor  bo‘ladigan 
shaxslar ham ekspertlar komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 
Ekspertlar  komissiyasi  a ’zolarining  raddiyasi  masalasi  ekspertiza 
tayinlagan organ (shaxs)  tomonidan qonunda belgilangan tartibda 
ko‘rib chiqiladi.
Ekspertlar komissiyasi tarkibida etakchi ekspert, ish bo‘yicha 
ma’ruzachi  va  komissiyaning  boshqa  a’zolari  farqlanadi.  Etakchi 
ekspert  odatda  sud-ekspertiza  muassasasining  rahbari  yoki 
profil  tuzilmaning  mudiri  bo‘ladi.  U  ekspertlar  komissiyasining 
faoliyatini  lozim  darajada  tashkil  etish  va  nazorat  qilishni 
ta’minlaydi.  Ish  bo'yicha  ma’ruzachining  vazifasiga  quyidagilar 
kiradi:  ekspertizaning ijrosini ta’minlash rejasini tuzish, ekspertiza 
tayinlagan shaxs bilan doimiy muloqot olib borish, ish materiallarini 
komissiya  majlisiga  tayyorlash,  ekspertlar  komissiyasi  a’zolarini 
o ‘z  vaqtida  ish  materiallari  bilan  tanishtirish,  to‘xtam  loyihasini 
tuzish, ekspertlar komissiyasi xulosasini rasmiylashtirishni nazorat 
qilish.
Ta’kidlash lozimki, ekspertlar komissiyasining barcha a’zolari, 
shu jumladan etkachi ekspert va ish bo‘yicha ma’ruzachi ham, teng 
protsessual  huquq  va  majburiyatga  ega.  Shunday  qilib,  hech  kim, 
hattoki  etakchi  ekspert  ham,  komission  sud-tibbiy  ekspertizalami 
o‘tkazish  jarayonida,  jumladan  ekspertiza  oldiga  qo‘yilgan 
masalalami hal etishda biron-bir imtiyozga, ustunlikka ega emas.


Qonunchilikka  muvofiq  ekspertlar  komissiyasi  ekspertiza 
tayinlagan organ (shaxs) ruxsati  bilan sud ekspertizasini o ‘tkazish 
uchun  ahamiyatli  bo‘lgan jinoiy,  fuqarolik  ishi  materiallari  bilan 
tanishish  huquqiga  ega.  Ekspertlar  komissiyasi  shuningdek, 
ekspertiza  tayinlagan  organdan  (shaxsdan)  sodir  etgan  kasb 
huquqbuzarliklari  uchun  javobgarlikka  tortilgan  tibbiy  xodimni 
tushuntirish berishi uchun ekspertlar komissiyasi ishtirokida so‘roq 
qilishni talab qilish huquqiga ega.
Amaldagi  qoidalarga  muvofiq,  barcha  tibbiy  muassasalar 
ekspertlar  komissiyasining  ishiga  har  tomonlama  yordam  (tibbiy 
muassasa mutaxassislarini ekspertlar komissiyasi tarkibida ishtirok 
etishi,  maslahatlar  olish,  turli  xil  laboratoriya  tekshiruvlarini 
o‘tkazish  va  sh.  k.  )  berishlari  shart.  Ayrim  holatlarda  shaxsni 
statsionar  sharoitda  tekshiruvdan  o‘tkazish  zaruriyati  vujudga 
keladi.  Bu  kabi  holatlarda  ekspertlar  komissiyasining  tavsiyasi 
va  ekspertiza  tayinlagan  organ  (shaxs)ning  yo‘llanmasiga  asosan 
shaxs tegishli statsionargayotqizilishi mumkin. Statsionar tekshiruv 
natijalari  qo‘shimcha  tarzda  ekspertiza  tayinlagan  organ  (shaxs) 
tomonidan ekspertlar komissiyasiga taqdim etiladi.
Komission  sud-tibbiy  ekspertiza  natijalari  tasdiqlangan 
shaklda  ekspertlar  xulosasi  ko‘rinishida  rasmiylashtiriladi  va  uch 
qismdan tashkil topadi.
Xulosaning 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish