Reja:
31.1. Asab tizimi kasalliklari
31.2. Kasal hayvon qabo’l qilish.
Mashg’ulotning maqsadi:
talabalarga asab tizimi kasalliklarini
davolash va ularga qarshi preparatlarni kasal hayvonlarga qo’llashni
o’rgatish.
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob-uskunalar:
asab tizimi
kasalliklariga qarshi preparatlar namunalari, steril shpris va ignalar,
klinik tekshirish asboblari, klinik sog’lom va kasal hayvonlar.
Mashg’ulotning borishi:
Asab tizimi kasalliklarinit o’rganishda
S.P.Botkin, I.M.Sechenev va I.P.Pavlovlarning organizmning tashqi
muhit bilan aloqadorligi va patologik holatlar paytidagi organizmda
vujudga keladigan reaksiyalarni hisobga olishga asoslangan nervizi
188
ta’limoti va zamonaviy veterinariya terapiyasining tamoyillariga
asoslaniladi.
Markaziy asab tizimining kasalliklari shartli ravishda funksional va
organik kasalliklarga bo’linadi. Bosh miyaning lat yeyishi va
chayqalishi, bosh miya anemiyasi yoki giperemiyasi, issiq elitishi, oftob
urishi, bosh miya va uning pardalarining yallig’lanishi, orqa miya va
uning pardalarining yallig’lanishi kiradi.
Markaziy asab tizimining faqat funksional o’zgarishlar bilan
o’tadigan kasalliklariga stresslar, nevrozlar, to’tqanoq bilan o’tadigan
kasalliklar (epilepsiya, eklampsiya, katalepsiya va b.) kiradi.
Markaziy asab tizimining kasalliklari paytida hayvonda umumiy
holsizlanish yoki qo’zg’alish holati, ko’z qorachig’ining torayishi yoki
kengayishi, terida taktil yoki og’riq sezuvchanlikning kuchayishi yoki
susayishi, ko’rish, eshitish va hid bilishning yo’qolishi, tonik yoki klonik
qaltiroqlar, harakat a’zolari qovuq va to’g’ri ichakning yarim falaji va
falaji kabi asosiy belgilar kuzatiladi.
Bunday kasalliklar paytida o’ziga xos belgilar bilan bir qatorda
boshqa ayrim a’zo va to’qimalar funksiyalarining buzilishlari oqibatida
kelib chiqadigan belgilar ham kuzatiladi. Bosh miya yarim sharlari
funksiyalarining susayishi, uning ta’sirida bo’lgan po’stloq osti
(vegetativ) markazlarining uning boshqaruvidan chiqib ketishiga hamda
bu markazlarda qo’zg’aluvchanlikning ortib ketishiga sabab bo’ladi.
Oqibatda qon tomirlar spazmi, oshqozon va ichaklarda sekresiya va
motoriqaning susayishi, sezgi va harakat a’zolari hamda ichki sekresiya
bezlari faoliyatlarining buzilishlari kuzatiladi.
Asab tizimi kasalliklari bilan og’rigan hayvonlarni klinik
tekshirishlar paytida ularning yoshi, asab tipi, genetik omillar,
mahsuldorlik ko’rsatgichlari va ishlatish tartibi e’tiborga olinadi.
Markaziy asab tizimi nisbatan taraqqiy etgan hayvonlar (maymun, it va
ot) ushbu tizim kasalliklari bilan ko’proq kasallanadilar.
Fermalardagi
an’anaviy
shart-sharoitlarning
o’zgarishi,
chorvachilikda jadal texnologiyalarning joriy etilishi (noqulay stress
omillar), yuqori mahsuldor hayvonlar guruhini yaratish maqsadida
genetik tanlash va dispanserlash tadbirlarining o’tkazilishi aksariyat
hollarda markaziy asab tizimi funksional holatining pasayishi va oqibtda
qator asabiy kasalliklarining paydo bo’lishiga olib keladi. Shu boisdan
ham asab tizimi kasalliklarining oldini olishda turli xildagi stress
omillarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar o’tkazish
muhim ahamiyatga ega.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |