«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Rivojlanishi.
Osh tuzining organizmga ortiqcha miqdorda tushishi 
qon tarkibini buzadi. Undagi bir valentli ionlar (Na
+
, K
+
) ko’payib, asab 
tizimining qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Zaharlanish cho’chqalarda 
ko’pincha o’lim bilan tugaydi. Qondagi natriyning miqdori 1,5-2 marta, 
eritrositlardagi moqdori esa 3-5 marta (1500-2000 mg/l gacha) ortadi. 
Natriy ionlari gemoglobin tarkibidagi kaliy ionlarining o’rnini egallaydi 
va ko’plab metgemoglobin hosil bo’ladi, oqibatda kislorod tanqisligi 
(to’qima gipoksiyasi) rivojlanadi. 


185 
Belgilari.
Zaharlanish odatda o’tkir kechadi. Cho’chqalarda 
umumiy qo’zg’alish, aylanma harakat, hansirash, og’izdan ko’piksimon 
so’lak oqishi, muskullarning qaltirashi, tana haroratining ko’tarilishi, 
qorachiqning kengayishi, ko’rishning yomonlashishi yoki butunlay 
yo’qolishi, harakat muvozanatining buzilishi, yiqilish, itlarga o’xshab 
o’tirish, tetanik va klonik qaltiroq, keyinchalik holsizlanish xarakterli 
bo’ladi. Ishtaha yo’qoladi, tashqi ta’sirotlarga befarqlik, ba’zan qayd 
qilish kuzatiladi. Tezak chiqarish tezlashadi, tezak suyuq, ba’zan qon 
aralashgan bo’ladi.
Qoramollarda gastroenterit, chanqoqning kuchayishi, ich ketishi va 
qayd qilish kuzatiladi. Sigirlarda bola tashlash, tuqqandan keyin 
bochadonning chiqishi qayd etiladi. Qo’ylarda zaharlanish kuchli 
qo’zg’alish va bezovtalanish bilan o’tadi. Chanqoq kuchayadi, og’iz 
shilliq pardasi qizargan va quruq bo’ladi. Sanchiq belgilari, ich ketishi, 
nafasning qiyinlashishi, asfiksiya va o’pka shishi oqibatida o’lim 
kuzatilishi mumkin. Parrandalarda ishtahaning yo’qolishi va 
chanqoqning kuchayishi, ich ketishi, holsizlanish, gandiraklash, 
vestibo’lyar apparatning jarohatlanishi oqibatida bo’yinning buralib 
qolishi, qanot va oyoqlarning falaji kuzatiladi. 
Tashxis
- anamnez ma’lumotlari, xarakterli klinik belgilar, 
patologoanatomik o’zgarishlar, rasionda osh tuzi miqdorining 
ortiqchaligini aniqlash asosida qo’yiladi. Asosiy Tashxis oshqozon, 
ichaklar massasini, jigar tarkibidagi xloridlar miqdori bo’yicha 
tekshirish natijalariga asoslanadi. 
Davolash.
Organizmning suvsizlanishini kamaytirish va ortiqcha 
tuzni chiqarib yuborish maqsadida zond yordamida ko’p miqdorda iliq 
suv ichiriladi. Cho’chqa, mo’ynali hayvonlar va parrandalarga teri ostiga 
5 %li kalsiy xlorid eritmasi, 1 % li jelatina eritmasi bilan birgalikda 0,2 
ml/kg dozada yuboriladi yoki 10 % li kalsiy glyuqonat eritmasi 
qo’llaniladi. Sigirlarga 10 foizli kalsiy xlorid eritmasidan 150-200 ml 
qo’ylarga 40-50 ml vena orqali, yangi sog’ilgan sut, shilimshiqli 
qaynatmalar ichirilishi tavsiya etiladi. 
Profilaktikasi.
Hayvonlar rasionida organizmning kundalik 
ehtiyojlarini qondiradigan darajada osh tuzi bo’lishini ta’minlash, 
omixta yemlarga osh tuzi qo’shishda hayvonlarning to’rini hisobga olish 
lozim. Uzoq muddat rasionda osh tuzi bo’lmaganda osh tuzini kam-
kamdan qo’shish bilan unga o’rgatib borish, rasionda fosfor va kalsiy 
miqdori hamda vitaminlarning yetarli darajada bo’lishini ta’minlash 


186 
lozim. Hayvonlar uchun alohida oxirlarda maydalangan osh tuzi erkin 
holda berilishi yaxshi natija beradi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish