Daryo oqimming yillararo o'zgaruvchanligi
Daryo suvchanligi - daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib oʻtgan suv miqdori. D. s. absolyut (m3/s, l/s, km3/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffitsiyenta) birliklarda ifodalanadi. D. s. haqida maʼlumot qishloq xoʻjaligini suv bilan taʼminlash sistemasidagi eng muhim elementdir (qarang Agrometeorologii: xizmat koʻrsatish). Suvchanlikning oʻzgarishi daryo havzasining suv va issiqlik balansini belgilovchi meteorologik omillarning davriyligiga bogʻliq. D. s.ga yogʻin miqdori, uning yillar va balandlik zonalari boʻylab taqsimlanishi; quyosh radianiyasining intensivligi; havo harorati; tuproq qatlamining holati va b. omillar taʼsir etadi. Bu omillarning mavsumiy davriyligi D. s.ning yil davomida oʻzgarishiga, yillar boʻylab davriyligi esa turli suvchanlik yillarining almashinuviga sabab boʻladi.
Oʻrta Osiyoda daryolar, asosan togʻlardan boshlangani sababli havzaning balandligi oshgan sari D. s kamayib boradi. Doimiy muzliklar va qorliklar erishi hisobiga hosil boʻluvchi D. s. turgʻun, yomgʻirlardan hosil boʻluvchi D. s esa koʻproq oʻzgaruvchan boʻladi. Daryo yillik oqimining oʻzgaruvchanligi variatsiya koeffitsiyenti orqali (Cv) aniklanadi. Muzlik-qorliklarda hosil boʻluvchi daryolar (Vaxsh, Zarafshon) uchun Cv-0,10—0,15, qorlik-muzliklardan suv oladigan daryolar (Chirchiq, Norin, Kofarnihon) uchun 0,15—0,25, qorlik va qor-yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar (Ohangaron, Keles) uchun 0,25 va undan katta. Soy va jilgʻalarning yillik oqimlari uchun Cv 1 dan ham katta boʻlishi mumkin.
Oqim hosil qiluvchi jarayonlar inersiyasi tufayli turli suvchanlik-ka ega boʻlgan yillar sikllarga guruhlanadi. Sersuv, oʻrtacha suvli va kamsuv sikllar mavjud. Sikllar suvchanlik davomiyligi va uning oʻrtacha koʻrsatkichlardan ogʻish kattaligiga qarab farqlanadi. Masalan, Amudaryoda 10 yillik, Norin daryosida 2—3 va 10—11 yillik, Chirchiq daryosida 5—6 yillik davriylik kuzatiladi. Suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda muzlikqorlik hamda qorlik-muzliklardan hosil boʻluvchi daryolar oqimi normadan 30% va undan koʻproq, qor-yomgʻir hamda yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar oqimi 50—60% farq qiladi. Turli daryolar oqimining oʻzgarishlari ayrim yillarda oʻzaro muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi sinxronlik yoki asinxronlik tushunchasi bilan ifodalanadi. Oʻrta Osiyodagi D. s oʻzgarishlaridagi maksimal muvofiqlik suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda kuzatiladi. Masalan, suv eng kam boʻlgan 1974 yilda Amudaryo va Sirdaryo havzasining hamma hududida oqim normadan juda kam boʻlgan. Turli havzalarda D. s.ning oʻzgarib turishidagi nomuvofiklik daryolarni havzalararo oqizishii taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |