Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Obrazlashtirilgan (idiomalashtirilgan) tarjima



Download 0,49 Mb.
bet4/8
Sana06.02.2020
Hajmi0,49 Mb.
#38879
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarjima nazariyasi


Obrazlashtirilgan (idiomalashtirilgan) tarjima. Bu tarjima turida muallifning individual ijodiga xos tarzdagi tasvirni yuzaga keltirgan lisoniy vositalar beasos obrazli iboralar, his-tuyg’uni ifoda etadigan so’zlar, balandparvoz birikmalar bilan almashtirb o’giriladi. Natijada muallif tasviri me’yori buzilib, muddaoga zid o’zgacha uslubli matn yuzaga keladi. Qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarish shu tariqa sodir bo’ladi.

To’g’ri, muallif ijodi ham o’z-o’zidan hissiy-ta’sirchan so’z va iboralar, obrazli tashbehlar bilan to’lib-toshgan bo’lishi mumkin. Bu yozuvchining voqelikni badiiy-estetik jihatdan barkamol tasvirlashga intilishi bilan bog’liq bo’lib, ayni sa’y-harakat hech qachon me’yordan oshib ketmaydi. Obrazlashtirilgan tarjimada esa, barcha harakatlar asar obrazliligini kuchaytirish uchun ataylab amalga oshirilishi tufayli umumiy obrazlilik haddan ziyod tus olib, g’ayritabiiy xususiyat kasb etadi. Kitobxonnning jig’iga tegadigan bunday tarjima matni soxta estetik tasavvur hosil qiladi.



Moslama tarjima. Bu tarjima turida asliyatga o’ta erkin munosabatda bo’linadi. Ko’proq komediya janriga mansub sahna asarlari hamda she’riyat namunalari tarjimasida mavzu, personajlar tarkibi, mazmuniy xususiyat odatda saqlansa-da, asliyatda mujassamlashgan milliy o’ziga xoslik, urf-odatlar, ruhiy holatlar tarjima tili sohiblariga xos shunday jihatlar bilan almashtiriladi. Natijada o’ziga xos tasviriy vositalar silsilasidan iborat muallif matni tarjima tili mansub bo’lgan xalq libosiga burkanadi. Bunday tarjima beasos asliyatni imkon qadar tarjima tili sohiblariga yaqinlashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

Mualliflashtirilgan tarjima. Bunday tarjima muallif roziligi bilan amalga oshiriladi. O’z asarining yuqori badiiy-estetik qiymatga ega emasligini his etgan, binobarin, uning o’zga til kitobxoni tomonidan yuqori baholanishiga ko’zi yetmagan iymoni sust, shuhratparast muallif asari taqdirini o’ziga nisbatan talantliroq tuyulgan adib-tarjimon qo’liga topshiradi. Natijada tarjima asl nusxaga nisbatan mukammallik kasb etadi. Bunda tarjimon asar mazmunini asosan saqlab qolsada, adekvat tarjima yaratish tamoyiliga zid tarzda o’z oldiga qo’yilgan talablarni e’tibordan soqit qilib, asarning ayrim o’rinlarini tashlash, uni qisqartirish yoki unga o’zidan yangi parcha yoki butun boshli boblar qo’shish, muallifning o’ziga xos tili va uslubini e’tiborsiz qoldirib, asarni o’z uslubiga bo’ysundirish yo’li bilan tarjima qiladi. Oqibatda yangi, o’z aslidan tubdan farq qiladigan asar vujudga keladi. Asliyat va uning tarjimasi bilan alohida-alohida tanishgan ikki til bilimdoni ularni bir mavzuga bag’ishlangan ikki asar ekan-da, degan xulosaga kelishi hech gap emas.

Tadbil tarjima. Tarjima hamma vaqt ham asliyatning shakl va mazmun birligini to’la-to’kis saqlagan holda amalga oshirilavermaydi. Goho tarjimonlar ta’lim maqsadini nazarda tutgan holda, talabalar saviyasidan kelib chiqib, odatda mumtoz adabiyot namunalarini hozirgi zamon tiliga qisqa, sodda va tushunarli tarzda, aksariyat, nazmni nasriy yo’l bilan bayon etib beradilar. Demak, tarjima bir til doirasida amalga oshiriladi. A.Navoiy “Farhod va Shirin” dostonining quyi sinf o’quvchilariga mo’ljallab amalga oshirilgan tarjimasi bunga misol bo’la oladi.

Xorijiy tillar tahsili bilan shug’ullanuvchi talabalar uchun o’rganilayotgan mamlakatlar adiblari asarlari ham tadbil qilib nashrdan chiqarib beriladi. Kitobxon tabdilni asarning to’la shakli sifatida qabul qilmasligi uchun kitobning nomi tagida “adaptatsiya” (tadbil qilingan) deb yozib qo’yiladi.

Ushbu tarjima turiga o’zga tilda bitilgan asar mazmunini ko’proq ta’lim maqsadida ona tiliga qisqa va sodda shaklda hikoya qilib berish ham kiradi. Bu xorijiy tildan ona tiliga tadbil qilib o’girishdir.

Akademik tarjima. Asliyatni ilmiy tadqiq qilish maqsadida amalga oshirilgan tarjima akademik tarjima deyiladi. Bunda asliyatning mazmunigina saqlangani holda, shakli e’tibordan deyarli chetda qoladi. She’riy asarga xos qofiya, turoq kabi hodisalar alohida e’tibor bilan tiklanmaydi. Tarjimaviy matn asliyatning taglamasiga estetik zavq baxsh eta olmaydi.

Bunda tarjimada asliyatning mazmuni to’la tiklansa-da, uning shakli, bayon uslubi, ohangdorligi, badiiy-tasviriy vositalar yordamida hosil qilinadigan obrazliligi, hissiy – ta’sirchanligi yo’qoladi. Demak, dialektika nuqtai-nazaridan yetakchi hisoblanmish mazmun shaklni qurbon qiladi, oqibatda ikkalasi asosida vujudga kelishi lozim bo’lgan dialektik birlik, yaxlitlik buzilib, nomutanosiblik yuzaga keladi.



Bilvosita (vositali tildan) tarjima. Keng kitobxon ommasini turli xalqlarning nodir asarlari bilan tanishtirish, ularni insoniyat zakovati mahsuli bo’lmish yuksak darajadagi purmantiq fikrlar dunyosidan bahramand qilish mas’uliyati respublikamizda badiiy tarjima ishiga katta e’tibor qaratishni talab qilmoqda. Fuqorolarimiz adabiy zahiralarini o’z vatandoshlari asarlari hisobigagina boyitmoqdalar. Hozirgi kunda o’zbek tarjimachiligi ham miqdor, ham sifat jihatidan gurkirab o’sish, kamolot cho’qqisi sari intilish jarayonini boshidan kechirmoqda. Ammo shuni aytish lozimki, tarjima qilinayotgan asarning hammasi ham to’g’ridan-to’g’ri asliyatdan istalgan tilga tarjima qilinayapti, deb bo’lmaydi, ularning ko’pchiligi ikkinchi hatto, ba’zan uchinchi vositachi til orqali o’girilayapti. O’zbek tiliga qilinayotgan tarjimalarga kelsak, qator hamdo’stlik respublikalar va ko’pchilik xorijiy xalqlar tillaridan o’girilayotgan asarlarning aksariyati asosan rus tili orqali amalga oshirilmoqda. Shuningdek, o’zbek adabiyoti namoyandalarining asarlari ham jahonning ko’pchilik tillariga vositachi- ko’proq rus tili orqali tarjima qilinmoqda. Demak, tarjima asl nusxadan emas, balki boshqa bir til orqali qilingan bo’lsa, bunday tarjimaga bilvosita tarjima deyiladi. Shuni aytish lozimki, bilvosita tarjimada tarjimaning noto’g’ri tomonga og’ish burchagi o’rtacha 15 % ni tashkil qiladi.

Vositachi til orqali bajarilgan tarjima ham, agar u yaxshi tarjima nusxadan yaxshi tarjimon tomonidan o’girilgan bo’lsa, kitobxonni ma’lum darajada qanoatlantiradi, unga asarning g’oyaviy-badiiy qiymati haqidam haqqoniy tasavvur bera oladi.

Tarjimon asl nusxa tilini yaxshi bilmaganligi tufayli tarjimani boshqa til yordamida qilishga majbur. Nemis adabiyoti klassigi I.V.Gyotening eng yirik asari “Faust”ni E.Vohidov tomonidan rus tili orqali o’zbek tiliga qilingan tarjimasi bilvosita tarjimaga misol bo’la oladi.

Ma’lumki, tarjima jarayonida asl nusxaning qandaydir nozik tomonlarini buzilishi yoki yo’qolib qolishi muqarrar. Bevosita tarjimada bunday buzilishlar va yo’qolishlar bilvosita tarjimaga nisbatan ancha kam bo’lishi shak-shubhasizdir.



Bevosita tarjima. Agar tarjima to’g’ridan-to’g’ri asl nusxa tilidan bajarilgan bo’lsa, bunday tarjima bevosita tarjima deb ataladi. Bevosita tarjimaga yuqorida qayd qilib o’tgan, faqatgina bilvosita tarjimadan tashqari barcha tarjima turlari kiradi. Ya’ni bevosita tarjima badiiy tarjima, ilmiy tarjima, erkin tarjima, mualliflashtirilgan tarjima va boshqa tarjima turlari bilan bir vaqtni o’zida sodir bo’ladi. Bevosita tarjimada asl matn bilan tarjima matni orasida hech qanday vositachi til yoki matn bo’lmaydi. Tarjima to’g’ridan-to’g’ri asl matndan o’giriladi.

Avtomatlashtirilgan (texnik) tarjima. Fan va texnika taraqqiy topgan bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bu vaqtdan unumli foydalanish masalasidir (ayniqsa rivojlangan davlatlarda). Zero, insoniyat 150-200 yilda misli ko’rilmagan ulkan o’zgarishlarga sababchi bo’ldi. Ya’ni insoniyat o’zining so’nggi 10 ming yillik tarixida ham bunchalik yangiliklar qila olmagan.

Aytmoqchimizki, biror bir asar yoki matn tarjimonlar tomonidan ikkinchi tilga tarjima qilinishi kerak bo’lsa, bunga ma’lum va muayyan vaqt kerak bo’ladi. Fan va texnikaviy taraqqiyot esa buni kutmaydi. Ushbu masalani hal qilish maqsadida olimlar avval maxsus tarjima appaturalarini ishlab chiqardilar. Hajmi katta bo’lgan bu kabi uskunalar faqat yirik-yirik uchrashuv zallarida, kosmik kemalarda, harbiy razvedka uchun hizmat qilgan. Keyinchalik mazkur uskunalarning kichkina cho’ntakka moslashadigan shakllari, sayoxatchilar va til o’rganuvchilar uchun sotuvga chiqarildi (Hexaglot, poliglot). Bugungi kunga kelib esa kompyuterlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqarilmoqda va takomillashtirilib borilmoqda. Mazkur dasturlarning Lingvo12, Promt Express 8.0, Jardic Pro v5.0, Babylon Pro 7.0.3, Pragma 5.0, Multitran 3.44, Translatelt v6.5, Ruta 4.1, ORFO 9.0, SmartCAT, Trados, Wordfast, SDLX,Transit kabi turlari mavjud. Avtomatlashtirilgan tarjima avvalambor hamma tillarda amalga oshirib bo’lmaydi. Chunki mazkur dasturlar faqat rivojlangan davlatlar tillari, qolaversa, dunyo tillari uchun mo’ljallangan. Jumladan, ingliz, rus, nemis, ispan, frantsuz, italyan, xitoy va yapon.

Ushbu dasturlarning salbiy jihati shundaki, ularda insonga xos his-tuyg’u, aql-idrok, kinoya, hazil, jahl, quvonch yoki keskin reaktsiya yoki anglash hissiyoti yo’q. Unga so’z qanday kiritilgan bo’lsa, shundayligicha terib ketaveradi. Ko’chma ma’noli so’zlar, so’zlarning kontekstual ma’nolarini ochib bera olmaydi.

Kinofilmlar tarjimasi yoki dublyaj. Kinofilmlar tarjimasi ikki hil amalga oshiriladi. 1) og’zaki-og’zaki tarjima vositasida. Bunda kinofilmni ko’rgan holda so’zlovchining gapi tinglanadi va bir vaqtni o’zida maxsus uskunalar vositasida tarjima matni yozib olinadi. Bunda ovoz beruvchi odatda bitta odam bo’ladi. Asliyatdagi ta’sirchanlik, ovozning jarangdorligi, kayfiyat, hissiyot, qahr-g’azab yo’qqa chiqadi.

2) Tarjima og’zaki-yozma ravishda amalga oshiriladi. Oldin kinofilm ovozlar yozma ravishda yozib olinadi, ya’ni matn holiga keltiriladi. So’ngra so’zlovchining nutq organlari holatiga qarab har bir so’zga tovushlar soni teng bo’lgan, talaffuzi ham yaqin bo’lgan, ammo shu ma’noni anglatadigan so’z tarjima tilidan topiladi. So’zlovchi kayfiyati ham ovoz vositasida qayta tiklanishi lozim. Ushbu tarjima turi nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki bunda bir guruh mutaxassislar, jumladan, tarjimon, ovoz beruvchi aktyor, rejissor, kinooperator va boshqalar ishtirok etadi.

Transliteratsiya. Milliy til atamalarini ikkinchi bir tilda, mazkur tilning alfaviti, tovushlari imkoniyatidan kelib chiqqan holda ifodalanishiga transliteratsiya deb ataladi. Masalan, Go’ro’g’li- Gorogli (rus tilida), Gorogli (nemis tilida).

Transkriptsiya. Har qanday tovushni ifodalab bera oladigan lotin tili grafikasi asosida yaratilgan, xalqaro qabul qilingan belgilar tizimi asosida milliy so’z va atamalarni ikkinchi bir tilda qayta tiklashga transkriptsiya deb ataladi.

Masalan, Go’ro’g’li – Gōrōġlï.



Kal’ka yo’li bilan tarjima. Hech bir til frazeologik birliklari hayotdagi barcha jihatlarni qamrab ololmasligi tufayli bir tilda muayyan tushunchani ifoda etadigan frazeologizm o’zga tilda ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo’lmasligi mumkin. Bunday holda ko’proq tarjima amaliyotining kal’ka, ya’ni so’zma-so’z tarjima usuliga murojaat qilinadi. Bu yo’l vositasida tarjima tilida hosil qilinadigan birikma, iboraviy shakl kasb etib, tabiiy jaranglasa, nazarda tutilgan ma’no va uslubiy vazifani aksa ettira oladi. Bunday paytda nafaqat adekvatlik ta’minlanadi, balki tarjima tili lug’at tarkibining boyishi uchun ham umkoniyat vujudga keladi. Barqaror birlikning so’zma-so’z tarjimasi tufayli hosil bo’lgan birikmani ayrim hollarda tarjima tili me’yori qabul qila olmasligi, natijada harfxo’rlikning yuzaga kelib qolishi ehtimoli ham mavjud. Bu holda adekvatlikning yaratishi haqida ham, tarjima tili lug’at tarkibining boyishi to’g’risida ham so’z bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun ham tarjima amaliyotining sermahsul usullaridan bo’lmish kal’kani harfxo’rlikdan tubdan farq qilish kerak.

Bunda farqli ravishda frazeologik kal’ka asliyatdagi birlik ma’nosi va uslubiy vazifasini to’la saqlab qoladi. Bunday paytda asliyatning badiiy-estetik, g’oyaviy-mazmuniy xususiyati ham qayta yaratiladi. Bunga kal’kaning yangi til sharoiti qonuniyati xususiyatining qat’iy hisobga olinishi asosida amalga oshirilishi tufayli erishiladi. Shuning uchun ham tarjima amaliyotining mazmunan va shaklan beo’xshov ifodasi bo’lmish harfxo’rlikka tenglashtirib bo’lmaydi.

Ammo ayrim kal’kalar asoslarida mujassamlashgan obraz tarjima tili sohiblariga tushunarli va maqbul bo’lsada, goho tarjima tilida an’anaviy xususiyatga ega emasligi tufayli g’ayritabiiy tuyuladi. Lekin asta-sekin ular nutqda me’yoriy qo’llanilish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

Tarjima adekvatligi (adekvat tarjima). Tarjima to’g’riligini baholayotib, biz “adekvatlik”" (muqobillik) terminidan foydalanamiz. Adekvat (muqobil) tarjima deb asl matnning mazmunini tarjima tilida aniq va to’g’ri berilishiga, kamomadsiz ayirboshlanishiga aytamiz. So’zma-so’z tarjima qilib, adekvat tarjimaga erishib bo’lmaydi. Masalan; Wie geht es Ihnen? iborasini so’zma-so’z “Qanday ketya’ti Sizga?” deb tarjima qilib bo’lmaydi. Kontekstning mazmuniga qarab, buni quyidagicha tarjima qilamiz:

- Ahvollaringiz qalay?

- Sog’liqlaringiz yaxshimi?

-Ishlaringiz yaxshimi?

Bu variantlardan qay birini muqobil deb hisoblash tarjimonning bilim va malakasiga bog’liq.

Agar ikkala tilning stilistik funktsiyasi, grammatik shakli bir-biriga to’g’ri kelsa, u paytda so’zma-so’z tarjima qilish mumkin.

Masalan: Ich bekam einen Brief - Men xat oldim.

Yana bir misolni ko’rib chiqaylik. Nemis, rus va o’zbek tillarida qavat soni o’zaro nisbatda bir-biriga to’g’ri kelmaydi.

Nemischa der erste Stock, die erste Etage birinchi qavatni emas, ikkinchi qavatni bildiradi. Birinchi qavat esa esa nemis tilida das Erdgeschoß, das Parterre, zu ebener Erde so’zlari bilan ifodalanadi.

Nemis tilidagi in einer Woche so’z birikmasi rus tiliga „через неделю“; o’zbek tiliga bir haftadan keyin deb tarjima qilinadi. Bu birikmani so’zma-so’z “в неделю/в течении одной недели”, “bir hafta ichida” deb tarjima qilish muqobillik jihatidan noto’g’ri bo’lar edi.

Tarjima jarayonining pragmatik xarakteri, tarjima qilinish muammosi. Ma’lumki, rus tarjimashunos olimi V.N.Komissarovning fikricha, har qanday til belgisi odatda uch xil munosabatni o’z ichiga oladi. Ular semantik, sintaktik va pragmatik munosabatlar bo’lib, birinchisi – til belgisining u anglatadigan predmet bilan aloqasini aks ettiradigan, ikkinchisi – til belgisini mazkur tizimga aloqador boshqa belgilar bilan bog’lab turadigan va uchinchisi - til belgisi bilan muloqot jarayonida undan foydalanuvchi shaxslar o’rtasidagi aloqani muayyan qiladigan munosabatlardir. Shunday qilib, til belgisi semantik (denotativ), sintaktik va pragmatik ma’nolari bilan ajralib turadi.

Til belgisi deganda L.S.Barhudarov so’zni nazarda tutadi. So’zning pragmatik ma’nosiga uning uslubiy xususiyatini, ya’ni his-hayajonni ifodalash ko’rsatkichini -konnotativ ma’nosini kiritadi. Demak, tarjimada pragmatik talab tarjima matnining asliyat matni darajasidagi aniqligini taqozo etadi.

Keyingi yillarda tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga ko’proq jalb qilib kelayotga til kommunikatsiyasining pragmatik jihati muloqot ishtirokchilarining yuqori saviyada qo’shimcha bilimlari bilan chambarchas bog’liq. Asliyat va tarjima tillari g’ayrilisoniy omillarining aksariyat hollarda tafovut qilishi tarjimondan chuqur lingvistik bilimdan tashqari yana ko’p boshqa fanlar, madaniyatlar ma’lumotlaridan ham xabardor bo’lishni talab qiladi. „Til belgilari va ulardan foydalanadigan shaxslar o’rtasidagi pragmatik munosabatlar shundan iboratki, bu belgilar, aniqrog’i ularning ma’nolari ayni shaxslar uchun tushunarli bo’lishi kerak“ (B.P.Naydov). Axborotning shu yo’sinda talqin qilinishigina asliyatning kommunikativ ta’sirchanligini saqlab qoladi.

Ayrim olimlar pragmatik ma’noni keng sharhlagan holda, uning nafaqat konnotativ, balki denotativ ma’noli so’zlarga nisbatan ham ishlatilishini ta’kidlashadi.

Tillararo kommunikatsiyani amalga oshirish munosabati bilan pragmatika muammolari yuzaga kelar ekan, tarjimonning vazifasi tarjima jarayonining maqsadini to’g’ri anglagan holda, uni tarjima tili talabi, me’yori asosida qayta yaratishdan iboratdir. Muayyan tarjimaning pragmatik vazifasini amalga oshirish tarjimondan goho yuqori darajadagi muvofiqlikdan voz kechgan holda, kitobxonning estetik ta’sirlanish darajasini birinchi o’ringa qo’yishni talab qiladi. Chunki haddan ortiq pragmatik noaniqlikka olib kelish, ya’ni tarjima asliyat o’z kitobxoniga ko’rsatgan darajadagi ta’sirchanlikni yaratishga ojizlik qilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, tarjimaning asliyatga pragmatik adekvatligi asliyat va tarjima sohiblarining bir xil axborotga ega bo’lishlari bilan belgilanadi.
Til tiziminining turli darajalarida tarjima ( Tarjimaning lingvistik va nolingistik aspektlari va asosiy lingvistik mushkulliklar) Lingvistikaning nutqqa bo’lgan munosabati bilan parallel ravishda inson haqidagi boshqa fanlar ham kuzatiladi. Bular sotsiologiya, psixologiya, etnografiya, fiziologiya, kommunikatsiya va hakozolar. Ular asosida esa yangi psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika kabi fanlar yuzaga keldi. Ma’lum bo’ldiki, nutqni o’z sub’ektiv xususiyatlariga ega bo’lgan ma’lum bir madaniyat, ma’lum ijtimoiy jamoa vakili bo’lgan gapiruvchi insondan ajratgan holda o’rganib bo’lmas ekan. Tilni hech qachon insondan ajratib bo’lmaydi, til muloqoti esa uning sub’ektiv mushohadasi va sub’ektiv ta’sirlanishisiz amalga oshmaydi.

Tarjima nayarizasida modellashtirilgan tarjimashunoslik faoliyati komponentlariga matnlar bilan bir qatorda, madaniyat va turli hil vaziyatlar ham kiradi. Shunga aloqador ravishda tarjimaga ta’sir nafaqat til orqali balki nolisoniy ta’sirlar orqali ham amalga oshadi. Rus tarjimashunosi A.I.Smirnitskiyning ta’biri bilan aytganda tilning nolisoniy qoldig’i ikki tildagi kommunikatsion aktning ajratib bo’lmaydigan tarkibiy qismi hisoblanadi va usiz nutq mazmuni yo’qqa chiqadi.

Tarjimaning lingvistik va nolingvistik omillarini izohlash va oydinlashtirish maqsadida tarjima jarayonini nutq faoliyatining o’ziga xos turi sifatida ularning o’zaro aloqasi va bog’liqligini tahlil qilish, uning asosiy o’ziga xosliklarini aniqlash, tarjima jarayonida lisoniy va nolisoniy sabablarga ko’ra tushunish jarayonidagi qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligini amaliy misollarda ko’rib chiqish o’ziga xos ahamiyatga ega.

Dunyoni anglash va mantiq qonunlari bir butunligiga qaramay turli xalqlar dunyoni o’ziga hos tarzda ko’radilar, ularni o’rab turgan borliqni tilda turlicha ifoda etadilar, va borliq o’sha xalqlarda bir-biriga to’la mos kelmasligi mumkin. Turli tillarning nafaqat formal balki semantik strukturasining milliy o’ziga xosligi ma’lum bir motiv va maqsadni yuzaga chiqaradi. O’zaro murakkab ta’sirlardan muallifni tushunishdagi so’z va matn mazmuni tug’iladi. Gapiruvchi (yoki yozuvchi) suhbatdoshi(kitobxon)ga qaysidir ma’lumotni yetkazadi, o’zining emotsiyasini ifodalaydi yoki ma’lumot oluvchida qandaydir emotsiya chaqirishga harakat qiladi. Matn muallifining maqsadi qanchalik aniq bo’lmasin u doimo matn sharhlovchisiga u yoki bu tarzda ta’sir qilishga urinadi, uning hulqini so’zning eng keng ma’nosida berishni ko’zlaydi.

Tarjima jarayoni tilshunoslikda bir markaziy o’rinni egallasa ham, aytish mumkinki, u semiotikaga – belgilar funksiyalari, jarayonnlari va tizimini o’rganuvchi fanga aloqador hisoblanadi. Shu bilan birga tarjimada bir tildan boshqasiga mazmun o’tkaziladi. Bu jarayon bir qancha ekstralingvistik mezonlar bilan bog’liq bo’ladi.

Edvard Sepirning ta’kidlashicha, til ijtimoiy reallikning belgisidir, insonlar esa jamiyatning ifoda vositasi bo’lgan tilning rahmu shafqatiga aloqadordir. Bunga aloqador ravishda jamiyatning til ko’nikmalari bilan tajriba aniqlanadi. „U yoki bu ijtimoiy reallikni ifodalashda bir-biriga to’la mos bo’lgan ikkita til mavjud emas. Zero turli xil jamoalar yashaydigan dunyo- bir-biridan farqlanuvchi dunyolar, bir xil yorliqqa ega aynan bir dunyolar emas. “Sepir tezisi Yuriy Lotman nazariyasida o’z davomini topdi, yani til o’zi bilan modellashtirish tizimini yuzaga chiqaradi. Lotman adabiyot va san’atni modellashtirishning ikkinchi tizimi sifatida tasvirlaydi va “hech bir til madaniy kontekstdan tashqari mavjud bo’lmasligi kabi va shunga teng ravishda hech bir madaniyat tarkibida jonli tilsiz mavjud emasligini” ta’kidlaydi.

Shubhasiz, tarjimaning asosiy ekstralingvistik aspektlaridan biri bu asliyat matnining madaniy adaptatsiya qilinishidir. Shuning uchun ham tarjimon ham til jihatidan ham madaniy jihatdan juda katta kompetensiyaga ega bo’lishi kerak. Agarda tarjimon sifatida til egasi faoliyat ko’rsatsa, asliyat tili so’zlovchisidan maslahatchi yoki hamkasb tanlash madaniy yoqotishlarni o’rnini to’ldirishda qo’l keladi.


5-MA’RUZA
BADIIY TARJIMADA USLUB
Reja:


  1. Muallif va tarjimon uslubi

  2. Tarjima va interpretatsiya

  3. Tarjimada obrazlilik va badiiylik. Obrazni obraz bilan berish

  4. Uslubiy moslashtirish antinomiyalari. Og’zaki nutqning rasmiy ifoda uslubini, notiq nutqini tarjima qilish yo’llari

  5. Tarjimada milliy kolorit (milliylik) tarihiylik va variantlilik masalasi

  6. So’z, musiqa, harakat va rang uyg’unligi. Badiiy tarjimada milliylashtirish


Muallif va tarjimon uslubi. Uslub –bu badiiy asarning umumiy jarangosi va koloriti, obrazni tahlil qilish usuli, san’atkorning voqelikka bo’lgan munosabati tamoyilidir. Uslubni muallifning umumiy ijodiy bisotidan ajratgan holda, ko’r-ko’rona asarning lisoniy tavsifiga aylantirib bo’lmaydi. Uslub obraz bilan chambarchas bog’langan. Ularning bog’liqligi yozuvchining voqelikni badiiy aks ettirishi bilan izohlanadi.

Uslub yozuvchi ijodining uning asarlarida takrorlanib turadigan asosiy, tipik g’oyaviy-badiiy xusuyatlari majmuasidir. Yozuvchining dunyoqarashi va u yaratgan asarlarning mazmuniga aloqador g’oyalar, muallif ko’proq tasvirlagan syujet va xarakterlar silsilasi, san’atkor ijodida tez-tez uchrab turadigan badiiy tasvir vositalari, o’ziga xos tili uning individual uslubini tashkil etadi. Bunda muallifning muayyan davrda yaratgan asarlarida doim uchrab turadigan yoki uning butun ijodiga xos asosiy uslubiy unsurlar majmuasi tushuniladi. Shuningdek, ijodiy faoliyatga munosabatidan qat’iy nazar, biror shaxsning og’zaki yoki yozma nutqda muntazam ishlatadigan so’z va iboralari ham shunga daxldordir. Masalan, Umar Hayyom ruboiylarida materiyaning abadiyligi, inson umrining foniyligi, odamzodni real hayot lazzatlaridan bahramand bo’lishga da’vat etish o’ziga hos mumtoz she’riy shaklda (a’ruz bahri) ko’za, ko’zagar, may, turoq va samoviy jismlar: quyosh, oy, yulduzlar vositasida tarannum etiladi.

Uslub tilning differensial turlaridan bo’lib, o’ziga hos lug’ati, frazeologik birikmalari, jumla va sintaktik qurilmalari, bo’lak turlardan o’z ichki unsurlarining, asosan, ekspressiv-ta’rifiy hususiyatlari bilan tafovut qiluvchi lisoniy tizimdir (Axmanova O.C.). Muayyan bir uslubdagi unsurlar boshqa uslub elementlaridan tavovut qilganida, ularni aniqlash oson bo’ladi.Masalan, masal uslubi, xalq dostonlari uslubi, jonli so’zlashuv uslubi, gazeta tili uslubi, rasmiy idoraviy ish uslubi, kitobiy uslub, adabiy uslub, ilmiy uslub, ilmiy-texnikaviy uslub, ijtimoiy-texnikaviy uslub, ijtimoiy-publitsistik uslub, notiqlik uslubi, rasmiy uslub, yozma nutq uslubi, she’riy uslub, kasb-hunar uslubi va hakozo.

Ma’muriy yoki idoraviy uslubda rasmiy ish yozishmalariga hos jumlalar serob bo’lganidek, akademik uslubda kitobiy iboralar, abstrakt birikmalar ko’p uchraydi. Arxaik uslubdan hozir ham o’tmish voqealar tasviriga bag’ishlangan asarlar yozishda foydalaniladi. (Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug’bek hazinasi” romanlari, M.Shayxzodaning Mirzo Ulug’bek tarixiy fojiasi, A.Muxtorning Buxoroning jin ko’chalari qissasi va b.)

O’zining yorqin individual uslubi bilan ajralib turgan yozuvchilarning ijodida bir emas, bir nechta aniq ko’zga tashlanadigan uslublar mavjud bo’ladi. Yozuvchi ijodida yangicha uslubning paydo bo’lishi, ko’pincha uning ijodiy evolyutsiyasi, hayotni idrok etishdagi burilish, siljish, badiiy uslubning o’zgarishi bilan bog’liqdir. Albatta, bu faqat yangi hayotiy materialga murojaat qilgandagina yangi uslubiy hodisalar paydo bo’lar ekan, degan hulosa chiqarishga asos bo’lmaydi. Shuningdek, yangi hayotiy material muallifni jadal uslubiy izlanishlarga da’vat etishini ham inkor etib bo’lmaydi. Ba’zan ilgari qaror topgan uslubiy tizimga ayrim o’zgarishlar kiritishga to’g’ri keladi. Voqelikdan olingan materialdan tashqari, butun ijodiy jarayon davomida beixtiyor yoki ongli ravishda kitobxonga bo’lgan mo’ljal ham uslubning qaror topishida muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lum bir muhitda yoki o’ziga hos tarixiy, lisoniy-estetik sharoitda tarbiyalangan o’quvchilar ommasining ehtiyoji, didi asosida sodir bo’ladi. Chunonchi, xususan, tarjimalar vaqtida, didlar to’qnashuvi yuz berganda tarjimon bunday sub’yektiv holni hisobga olishga majbur bo’ladi.

Shu ma’noda tarjimon uslubi ham muallif uslubi bilan chambarchas bog’liqdir. Zero, tarjimonning ham o’ziga hos tarjima, ijod va mushohada uslubi, ma’lum tasviriy vositalar, lisoniy birliklar va birikmalardan foydalanish usullari mavjud.

Tarjimada badiiy asar ohangini berish barcha adabiy janrlarda ham muhim. Alohida olingan maqol yoki mataldan tortib to sonet, g’azal, poyema, hikoya, romangacha, agar hamohanglik ta’minlanmagan bo’lsa, u tarjima soxta jaranglaydi. Oxang esa, o’z navbatida, badiiy asarning boshqa komponentlari, lug’aviy birlik, sintaksis, inversiya, saj’, radif, qofiya, vazn va boshqalar bilan bog’langan holda, tarjimada yo tabiiylik, yoki aksincha, soxtakorlik, sun’iy kontekst, yasama muhit paydo bo’lishiga olib keladi.

Har bir ijodkorning uslubiy oziga hosligi til resurslari asosida yuzaga keladi. Til va uslub tushunchalari bir-biriga yaqin, ammo ular o’zaro teng funksiyaga ega emas. Til va uslub bir narsa bo’lganida, biron adibning asarini bir tildan boshqa tilga tarjima qilganda uning faqat lug’aviy bisoti ekvivalentlarini o’tkazib, uslubiy hosligini berib bo’maydi. Chunki, har bir muallifning o’z tili, yani uslubini qayta yaratish badiiy tarjimaning muhim shartlaridan biridir.

Agar tarjimada muallif uslubi to’g’ri berilmagan bo’lsa, bunday tarjimaning asl nusxaga mosligiga aslo ishonib bo’lmaydi. Unda tarjimon, beixtiyor muallifning o’rniga o’zini qo’ygan bo’ladi. Tarjimonning ikki tilni mukammal bilishi, turmush tajribasi, badiiy mahorati hamda yozuvchi uslubini to’la egallashi va buni tarjimada qayta tiklay olishi qanchalik zarur ekanligini yaqqol ko’rsatadi.

„Uslub“ tushunchasi tor ma’noda talqin qilinganda asarda tasvirlangan personajlar nutqining o’ziga xos uslubi tushuniladi. har bir so’zning o’z uslubi borki, albatta imlo lug’atidan so’zlarga qarab, ularning uslub xususiyatlarini aniqlayman deyish behuda urinish bo’lar edi. So’zlarning uslub xususiyatlari badiiy matn ichida, so’zlarning birikishida ochiladi. Masalan: „o’lmoq“ so’zi „dunyodan o’tmoq, oyoq cho’zmoq, ko’z yummoq, abadiy uyquga ketmoq, joni uzilmoq, kuni bitmoq, bandalikni bajo keltirmoq, asfalasofilinga jo’namoq“ kabi birikmalarning har birida o’ziga xos stilistik ma’noga ega. Bu stilistik variantlarning har birini o’z o’rnida ishlatishning katta amaliy ahamiyati bor, basharti ular noo’rin qo’llansa qo’pol xato kelib chiqishi mumkin. Masalan „dunyodan o’tdi“ o’rniga „joni chiqdi“ deb bo’lmaydi.



Tarjima va interpretatsiya. Tarjimon o’zi o’girayotgan kitob matni ichra chegaralangandir. Tashqariga chiqa olmaydi ya’ni muallif ilgari surgan g’oyani davom ettira olmaydi, xuddi shuningdek, asarni qisqartirishga ham uning haddi sig’maydi. Qisqasi, tarjimon mavjud narsani faqat tarjima qiladi. Lekin tarjima dargohi bu qadar chegarangan bo’lishiga qaramasdan, u so’z san’ati jumlasiga kiradi. Buning boisi shuki, tarjimon til sohasida ijod qiladi. Tilning asosiy qurilishi materiali esa so’zdir. Badiiy adabiyot uchun g’oyatda muhim bo’lgan ko’rsatkichlar – badiiylik, obraz va obrazlilik , majoz va majoziylik- barchasi so’z zamirida yashiringan, so’zda o’z ifodasini topadi va so’z orqali reallashadi. Binobarin, so’z tanlash badiiy tarjimada birlamchi ahamiyatga ega. Biroq masalaning boshqa tomoni ham bor. Badiiy tarjimada asosiy gap alohida olingan biron so’z yoki jumlani tarjimon qanday o’girganiga emas. Qolaversa, har bir tarjimaning qadr qimmati unda ayrim unsurlarning qanday berilgani bilan o’lchanmaydi. Badiiy tarjimada baholash mezoni talqin(interpretatsiya)dir. Uni qayta yaratish jarayoni esa uch bosqichda amalga oshadi.

  1. Asl nusxani tarjimon qanday qabul qilishi (tushunishi).

  2. Asarning g’oyasi, muallifning maqsad-muddaosi va uning o’ziga xos uslubini qanday talqin qilishi.

  3. So’z san’ati namunasini o’z ona tilida qayta tiklashda muqobil vosita, tadbir va tadorik topa olishi.

Badiiy asarni o’girishda asosiy omil asl nusxa lug’atini tarjima tilining muqobil lug’ati bilan almashtirish emas, balki muallifning o’zligi, asar g’oyasi, asrda aks etgan so’z san’atini qayta ifodalay olishdan iborat. Tarjimada ayrim olingan har bir holatga qanday so’z yoki jumla zarurligini lug’aviy ekvivalentlik emas, tabiiy muvofiqlik, ya’ni tasvirlanayotgan xarakterning mijoziga ma’no, uslub, ohang tomondan kontekstual moslik hal qiladi. Demak, so’zni so’z bilan berib bo’lmaydi. Badiiy tarjimaning ilmiy tavsiflash eng qiyin bo’lgan xossasi shundaki, bunda so’zni so’z bilan emas, balki ma’noni ma’no, ohangni ohang, obrazni obraz, yumorni-yumor bilan berish muhim ahamiyatga egadir.

Tarjimada obrazlilik va badiiylik. Obrazni obraz bilan berish. Badiiy tarjimaning asosiy hislatlaridan biri obrazlilik ekan, bunda so’zni so’z bilan, jumlani jumla bilan emas, balki obrazni obraz bilan berish tarjimonning bosh muammolaridandir. Muayyan obrazga timsol bo’ladigan obyekt esa xalqning moddiy turmush tarziga, xo’jaligiga hos narsalardan, tushunchalardan olinadi. O’zbeklarda va ruslarda bo’ri vaxshiylik timsoli, qo’y ma’sumlik, ojizlik timsoli deb tushuniladi. „Qo’y terisini yopingan bo’ri“ (волк в овечьей шкуре) firibgar, muttaham, ma’nolarini beradi.

Lesya Ukrainkaning „Qarama sen oyga bahorda” romansidan parcha keltiramiz.

Qarama sen oyga bahorda,

Qarama sen qayinga dubaro.

Qayg’uli shoxlari chayqalar behol,

G’amgin o’tmish bilan nafas olib lol

G’amginlik ufurar bechora

She’rning umumiy ruhidan, ohangidan hazin bir ma’yuslik, umidsizlik kayfiyati sezilib turibdi. Lekin ikkinchi misra tushunarli emas. Nega shoira “Qaram qayinga dubora” deyapti.

Не любуйся на месяц весною.

Не любуйся берёзой плакучей,

Сердце грустью она переполнит,

И о прошлом тяжелом напомнит,

O печали напомнит горючей.

Misralardagi переполнит, прошлое, печаль, напомнит so’zlari ikkinchi misradagi плакучая берёза so’zi bilan ohangdorlikka kirishib, g’ussa kayfiyatini yanada chuqurlashtirgan. Bunga to’g’ri e’tibor qilgan tarjimon Zulfiya qaramoq, qayg’u, qayin so’zlarini hamohang keltirish bilan birga asarning musiqasini (hazinlikni) aks ettirishga intilgan. Lekin shu orada yig’loqi qayin obrazi barham topgan. Beryoza qayin daraxti, oq terak . Lekin плакучая берёза – shoxlari pastga osilib o’sadigan qayin. Demak, gap qayinda emas, balki shoxlari pastga qarab o’sadigan qayinda.

Shunday ekan плакучая берёза shunchaki daraxt navi yoki oddiy so’z emas balki, obrazdir. Shoira плакучая берёза (yig’loqi qayin) obrazida ham ularning do’stlashuviga sababchi bo’lgan narsani eslatmoqchi, ham uning qiyofasini yetim qolgan sevgilisiga o’xshatmoqchi. Bu o’rinda o’zbekcha tarjimada majnuntol obrazini qo’llash maqsadga ancha yaqin kelgan bo’lur edi. (Salomov G’.)

Uslubiy moslashtirish antinomiyalari. Og’zaki nutqning rasmiy ifoda uslubini, notiq nutqini tarjima qilish yo’llari

Uslubiy moslashtirish, bir chekkasi, tarjima tamoyili, tarjimaviy maqsad bilan uzviy bog’liq. Tarjima qanday bo’lishi kerak degan masalaga barcha tarjimonlar va nazariyachilar ikkiga bo’linadilar. Bir guruh tarjima asl nusxaday jaranglashi kerak deb hisoblasa, boshqasi tarjima tarjimaday bo’lishi kerak deb hisoblaydilar. Bu esa o’z navbatida, tarjimaga yana boshqacha qarashni keltirib chiqaradi: ba’zilar tarjimon o’z uslubi bilan tarjima qilishi kerak, ya’ni bunda uning o’zligi ham sezilib tursin, degan talabni ilgari suradilar: boshqalar esa, aksincha, tarjimon muallifning qiyofasiga shunchalik kirishib ketsinki, o’zini umuman unutib yuborsin, o’zini muallifga qurbon qilsin, deb ta’kidlaydilar. Uslubiy moslashtirish asarni ko’зroq iqlimlashtirish, yozuvchini o’zimizniki qilish maqsadida hizmat qiladi.

Uslubiy moslashtirish tarjimada munozarali, qaltis ish, deb ogohlantiriladi. Biroq tarjimon bunday tadbirga yuzlanmay iloji yo’q. Mabodo Faust yoki Ilohiy komediyani bo’yoqsiz, rosmana tilga tarjima qilinsa, bunday to’g’ri tarjimaning o’zi xam soxta bo’lib qolardi. Chunki bundan yuz, ming yillar oldin yashagan yozuvchi yoki shoirni tarjima qilganda, ularning siymosida qanchalik o’z zamondoshlarimizni ko’rishga intilmaylik, ular bizga davr e’tibori bilan zamondosh emas. Umuminsoniy, o’lmas taraqqiyparvar g’oyalar, fikrlarni yozib qoldirishi tarafidangina biz ularni ruhan o’zimizning zamondoshlarimiz deb qabul qilamiz. Biroq tarjimada ularni o’z zaminu zamonasidan uzib olib,ularga XX asr tilining barcha hususiyatlarini yuqtirsak, shuning o’zi uslubda soxtakorlik bo’ladi.

Odatda uslubiy moslashtirish tamoyilini inkor etuvchi mutaxassislar shunday e’tiroz bildiradilar. Aytaylik, Shekspir hozir biz uchun o’tmish dramaturgi, klassigi bo’lsada, o’z zamonasida qandaydir ko’hna tilda yozmagan, balki o’z zamonasining illatlarini o’z zamondoshlariga o’z davrining zamonaviy tilida tasvirlab bergan, binobarin, u barchaga tushunarli edi. Shunday ekan, nega biz uning siymosida uncha tushunarli bo’lmagan, qandaydir sirli ijodkorni ko’rishimiz kerak.



Tarjimada milliy kolorit (milliylik) tarihiylik va variantlilik masalasi. “Kolorit” atamasi o’zbek tilining izohli lug’atida rang so’zidan olingan deb hisoblansa, o’zbek tilidagi ruscha-internatsional o’zlashma so’zlar izohli lug’atida rang, boyoq ma’nosidagi lotincha color, italyancha colorito orqali rus tiliga va u orqali o’zbekchaga o’zlashgan, deb qayd qilingan. O.S.Axmanovaning “Lingvistik atamalar lug’ati”da bu inglizcha colour(ing) so’zidan olingan, degan ma’lumotni beradilar. Muayyan bir xalq, millat va elatga xos tushuncha, narsa va xodisalarni aks ettiradigan lisoniy vositalar badiiy asarning milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalardan hisoblanadi. Har qanday badiiy-g’oyaviy barkamol asar o’zida birday ham baynalmilallik, ham milliylikni mujassam etishi bilan ajralib turadi. Baynalmilallik asarning mazmuni va g’oyasida, milliylik esa uning shaklida namoyon bo’ladi. Badiiy asarning shakli qator jihatlari bilan birga uning tilini, xususan, tarkibini o’z ichiga oladi: asarning milliy xususiyati asosan leksik va frazeologik birliklar yordamida yaratiladi.

Baynalmilallik bilan bir qatorda milliylik xususiyatini ham o’zida mujassam etgan tilning lug’at tarkibi o’zi mansub bo’gan til jamoasining moddiy-ijtimoiy hayotini, chunonchi, milliy urf-odat va an’analarini, geografik tasavvurini, ma’naviyati va dunyoqarashini, diniy e’tiqodini, axloqiy me’yorlarini, tafakkur yo’nalishini moddiy aks ettiradi.

Tillar orasida tafovut esa odatda bir xalq moddiy hayotida mavjud muayyan tushunchalar, voqea-xodisalar, urf-odatlarning ikkinchi xalq turmush tarzida uchramasligi, shu tufayli ular nomlarining ham ayni xalq tilida tabiiy ravishda yo’qligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, lug’aviy ekvivalentlik munosabatida bo’lgan ayrim ikki til juftliklari bir-birlaridan biror hususiyatlari bilan o’ziga hos ravishda farq qilishlari mumkin. Bu hol til birliklarining milliy xususiyatini belgilash baravarida ularning tarjimada o’zaro almashinuvlariga to’sqinlik qiladi.

Asliyatning o’ziga hosligi asosan uning tarkibidagi lisoniy vositalarning milliy xususiyati bilan belgilanar ekan, asliyatning badiiy-g’oyaviy zaminini asliymonand tiklash asarning milliy boyog’ini qayta yaratish bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham tarjimada milliy hususiyatni tiklash masalasi keyingi paytlarda tarjimonlarning ham, tarjimashunoslarning ham e’tiborini o’ziga borgan sari ko’proq tortib kelmoqda. Chunki tarjimaviy nuqsonlarning ko’pchiligi milliy xususiyatni aks ettiradigan til vositalari ulushiga to’g’ri kelmoqda. Zero, tarjima amaliyotida hanuzgacha yo’l qo’yib kelinayotgan xato va kamchiliklarning ko’pchiligi tarjimada milliy xususiyatni tiklash bilan bog’liq bo’lib bu masala hanuzgacha nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham xususan ham qoniqarli darajada hal qilingan emas.

Har bir badiiy yodgorlik muayyan bir davrda sodir bo’lgan voqea hodisalarni. Tasvirlaydi. Shunga ko’ra, tarixiy mavzuda bitilgan asar hozirgi zamon kitobxonini xalq hayotining tarixi bilan tanishtiradi. Bunday asar davr ehtiyojiga muvofiq tarzda had-hisobsiz tarixiy va arxaik lisoniy vositlar bilan to’lib-toshgan bo’ladiki, ular kitobxon ko’z oldida davr ruhini, nafasini jonlantirish bilan birga asarning badiiy-estetik ta’sirchanligini ham oshiradi.

Asliyat ruhini bekamu-ko’st qayta yaratish mas’uliyati tarjimon oldiga til vositalarini asliymonand istifoda etish yo’li bilan asar yaratilgan davr ruhini haqqoniy talqin etish vazifasini qo’yadi.

Asliyat yaratilgan davr tarjima amalga oshirilgan paytdan odatda ma’lum darajada farq qiladi. Shuning uchun ham asliyat ruhini to’la-to’kis qayta yaratish mas’uliyati tarjimondan zaruriy lisoniy vositalarni to’gri tanlash yo’li bilan asliyat vujudga kelgan davr xususuyatini qayta yaratishni talab qiladi. Asliyatning “arxaik” xususiyati tarjimada zamonaviy so’z va iboralardan muqobil vositalar sifatida foydalanish imkoniyatini bermaydi. Shu bilan birga tarjima amalga oshirilgan davr kitobxonga yaqin tushunarli bo’lishi lozim. Chunki tarjimon asarni o’z davri kitobxoni mutolaasi uchun o’giradi.

Bir so’z bilan aytganda, tarjimada shunday lisoniy vositalardan foydalanish kerakki, hosil bo’lgan matn kitobxonga yaxshi tushunarli bo’lsin va shu bilan birga asar yaratilgan davr uning ko’z oldida jonlanib tursin. Buning ma’nosi shuki, tarjimada tilning arxaik va tarixiy qatlamlariga murojaat qilishda suiste’mollikka yo’l qo’ymasdan, ulardan kitobxonda asar yaratilgan davr to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin bo’lgan darajada foydalanish zarur. Chunonchi, tarixiy voqea-hodisalar tasviriga bag’ishlangan asarlar tarkibida qo’llanilgan xalqlar tarixiy-milliy turmushi tushunchalarini aks ettiradigan lisoniy vositalarni tarjimada ijodiy, asliyat ruhiga mos tarzda talqin etish bilan bir qatorda goho ularni zamonaviylashtirishga intilish hollari ham uchrab turadi. Bu hol ko’p tarjimonlsrning o’z tillaridagi tarixiy va arxaik so’zlardan yaxshi habardor bo’lmasdan, tarjima jarayonida mavjud ikki tilli lug’atlargagina suyanib ish ko’rishlari bilan bog’liqdir. Mazkur lug’atlar esa asosan tilning hozirgi davr so’z boyligini qamrab olishlari sababli aksariyat hollarda tarixiy-milliy xususiyat tasvirini yaratishga ojizlik qiladilar.

Tarixiy asarlar ruhini tarjimada tiklash uzoq o’tmishda yaratilgan badiiy yodgorlikni boshdan oyoq o’sha davrga xos “til”da tasvirlab berish lozimligini bildirmaydi. Olti-etti yuz yil muqaddam bitilgan asarni nafaqat o’zga tillar vakillari, balki asliyat sohibi bo’lmish halq vakillarining ham zo’rg’a tushunishi tabiiy holdir. Davr halq tiliga ham o’z muhrini bosadi. Demak, davr boyog’ini qayta yaratish maqsadida uzoq o’tmishda yaratilgan asarni shuncha yillar oldingi “til”da o’girish asarni hozirgi zamon kitobxonidan uzoqlashtirib qo’yadi. Zero, har qanday asar unig qaysi davrda yaratilganidan qat’iy nazar hozirgi davr tiliga o’giriladi. Davr bo’yog’i esa asar yaratilgan zamon lisoniy unsurlari ishtirokida tiklanadi. Asar tili, u yaratilgan davr tilining in’ikosi sifatida, hech qachon o’zgarmasa, tarjima tili vaqt o’tishi bilan eskiradi, ma’lum muddat o’tgach, asarni yana keyingi davr “til”iga, kitobxon talabiga moslab, qayta tarjima qilish ehtiyoji tug’iladi.

Tarixiy asarlarda ba’zida so’z va iboralarning ma’no va vazifalari o’zgarib, ular keyingi paytlarda mutlaqo o’zgacha tushunchalarni ifoda etish uchun xizmat qila boshlaydilar. Lisoniy birliklar ma’no va vazifalariga bunday o’zgarishlarni hisobga olmaslik muallif fikrini o’zgacha talqin qilishga olib keladi.

Tarixiy asarlar tarjima tarixiga nasar tashlaydigan bo’lsak. Ba’zi asarlarning bir til ichida yoki bir necha tillardagi tarjimalari uchraydi. Bu hodisa tarjimashunoslikda variantlilik deb ataladi. Variantlilik tushunchasi nafaqat yirik bir asar tarjimalari balki, bitta asar tarkibida muayyan so’z va iboralarning bir nechta hil tarzda berilishiga ham daxldordir. Tarjimashunos J.Sharipovning “O’zbekistonda tarjima tarixidan” deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasida o’zbek adabiyotiga oid bir necha asarlarning tarjima variantlari borasida fikr yuritilganligiga guvoh bo’lish mumkin.

So’z, musiqa, harakat va rang uyg’unligi. Badiiy tarjimada milliylashtirish. Badiiy adabiyotning asosiy materiali so’z ekan, demak, badiiy tarjimada ham faqat lisoniy ashyolar – so’zlar bilan bog’liq kolorit o’rganilmog’i kerak, degan xulosaga kelish mumkin. Asosan, shunday. Biroq masalaning boshqa jihatlarini ham nazardan soqit qilib bo’lmaydi. Chunonchi, tasviriy san’at, musiqa va badiiy adabiyot bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. “Rang”, “boyoq” ularning har uchalasini ham tutashtirib turuvchi unsurlardan biri hisoblanadi. Rang tuyg’usidan holi bo’lgan surat, kuy, asar quruq bo’ladi.

Sharof Rashidovning “Kashmir Qo’shig’i” dostoni xorijiy mavzuda yozilgan bo’lib, hind mifologiyasi materialiga asoslangan. Asar boshdan-oxirigacha lirik kayfiyat, nafis tuyg’ular va kechinmalar bilan sug’orilgan. Bu dostonni badiiy asr sifatida, so’zning sehrli kuchi orqali idrok etamiz. Mazkur asar asosida sahnalashtirilgan baletda esa lisoniy omil-so’z janr taqozosiga ko’ra tushib qolib, muallifning chuqur, soadatli g’oyasi o’zga ifoda vositalari- harakat, musiqa, ko’rish va eshitish bilan bog’liq bo’lgan obraz orqali reallashgan. Bunda hind koloriti asar g’oyasi muallifning o’y-muddaosini so’zdan “tashqarida” zuhr ko’rgazgan vositalar orqali ro’yobga chiqargan

Umuman, rang tuyg’usi aksariyat so’z bilan “tushuntirib” bo’lmaydigan sehrli, mo’jizakor tuyg’udir. Hamonki, kolorit tushunchasining zamirida rang yotar ekan, maxsus “rang koloriti” haqida ham gapirish mumkin.

Rang tuyg’usi faqat san’at, adabiyot va musiqa janrlarinigina emas, balki shu sohada xizmat qilayotgan arboblarni ham birlashtiruvchi omillardan sanaladi. Masalan, muallif bilan tarjimon ittifoqini olaylik. Muallif bilan tarjimon ijodkorning didi, nigohi, tasvirlash manerasi sodda qilib aytganda, yulduzi bir-biriga mos monand bo’lganda tarjimon muallifning hayajonlari, quvonchlari iztiroblarini huddi o’zinikiday idrok eta olganidagina ularning ittifoqi hayrli, barakali bo’lishi mumkin.

N.A.Nekrasovning “Yomg’ir oldidan” she’ridagi:

На ручей рябой и пёстрий,

За листком летит листик,-

Misralarini shoira Zulfiya dastlab:



Atlas kabi rang-barang barglar

Suvga tushar quvib bir-birin,-deb tarjima qilgan edi. N.A.Nekrasovda rus tabiatining manzarasiga mos ravishda kuzda daraxt barglarining sariq va qizil rangga kirishini tasvirlagan bo’lsa, tarjimada ularning atlas kabi rang-baranglashuvi bu taassurotni o’zgartiradi. Atlasday tovlanish, yonish ko’proq bahor bilan yoz fasllarining fazilatiga hos bo’lib, xazinlik, xazonrezgilik emas, balki quvnoqlik, shodonlik kayfiyatlarini o’zida aks ettiradi. Bunda behosdan Rossiyaning namchil kuzi -quyoshli O’zbekiston kuzi bilan, Nekrasov tuyg’usi esa Zulfiyaning kayfiyati bilan almashinib qoladi. Buni payqagan o’tkir didli, ziyrak tarjimon tahrir davomida “atlas”dan voz kechib she’rning keyingi nashrida - “qizil-sariq rang-barang barglar” deb yaxshi tuzatgan.

“O’zbekfilm” kinostudiyasida ishlangan “Olovli yo’llar” filmida shunday lavha bor: Turkistonda buyuk rus yozuvchisi N.V.Gogol kunlari munosabati bilan birinchi marta “Revizor” komediyasining namoyish etilishi oldidan sahnaga musulmon ruhoniysi ko’tarilib, qiroat bilan qur’ondan sura o’qiydi. Bu shundan dalolat beradiki, faqat tarjima asarining o’zigina milliylashtirilib qolmay, ba’zan bir halqning madaniyatiga yangi kirib kelayotgan yozuvchi, uning ijodi, mazmuni atrofida endigina qaror topayotgan adabiy muhitga ham o’zgacha, mahalliy, milliy va ba’zan diniy ma’no berilishi mumkin.

Yetmishinchi yillarda afg’on teatri sahnasida huddi o’sha komediya – “Revizor” ko’rsatilgan ekan, asarda afg’on shahar hokimi va afg’on amaldorlar ishtirok etganlar. Qizig’i shundaki, qahramonlarning kiyimi ham, nomlari ham afg’oncha bo’lgan.

Ganada Uilyam Shekspirning “Hamlet” tragediyasi asosida qo’yilgan “Hamile” nomli sahna asari minglab tomoshabinlarni o’ziga jalb etgan. Unda Hamlet – “Hamile”, Ofeliya-“Habib”, Poloniy “Ibrohim”ga aylangan va hakozo. Hamlet otasining ruhi boshida afrikaliklar kiyadigan shoxli maskasi bilan paydo bo’larkan, u o’zining timsoh zahri bilan o’ldirilganligini aytadi.

-Shekspir umuminsoniydir va har bir xalq uning asarlarida o’zini ko’rishi mumkin, -deb talqin etadi rejissyor Tomas A.Daniels. - Asardagi voqeani Ganaga ko’chirishdan maqsad ulug’ yozuvchining asarini tomoshabinlarga yaqinlashtirib tushunarli qilib ko’rsatishga intilishdan iborat edi. Shu usulda A.P.Chexovning ham bir pyesasini ekranlashtirmoqchimiz, deb ta’kidlaydi u.

Ozarbayjon shoiri, “Xamlet”ning birinchi tarjimoni Sobir bir vaqtlar voqea joyini Daniyadan sharqqa ko’chirgan, qahramonlarni sharq libosiga o’rab, hatto ayrimlarining nomlarini ham ozarbayjonchaga aylantirgan edi.



6-MA’RUZA

MAVZU: TARJIMONLIK TRANSFORMATSIYALARI: GRAMMATIK ALMASHTIRUV

REJA:

1. So’z va so’z birikmalari o’rnining tarjimada almashinuvi

2. So’z shakllarini almashtiruvi

3. So’z turkumlarini almashtiruvi

4. Gap bo’laklarini almashtiruvi

5. Qo’shma gapda sintaktik almashtiruv

Tarjima muqobilligiga (adekvatligiga) erishish uchun tarjimon turli-tuman tillararo o’zgartirishlar - tarjimonlik transformatsiyalarini – bajara olishi kerak. Albatta, bunday o’zgartirishlar ma’lum bir maqsadni ko’zlab bajariladi, ya’ni, asl matndagi barcha axborotlarni tarjima matnida iloji boricha to’liq berish maqsadida bu jarayonda tarjima matni tilining normalariga to’la rioya qilish kerak.

Tarjima jarayonida bajariladigan barcha transformatsiya(o’zgarish)larni to’rtta elementar turga bo’lish mumkin:

1. So’z va so’z birikmalari o’rnining tarjimada almashinuvi.

2. Almashtiruv.

3. Qo’shish.

4. Tushirib qoldirish.

Albatta, tarjimadagi o’zgarishlarning bunday elementar turlarga bo’linishini ma’lum darajada taxminiy va shartli deb qabul qilish kerak. Chunki, birinchidan, ko’p hollarda u yoki bu o’zgartirishni elementar transformatsiyalarning ikki turiga mansub deb ta’kidlash mumkin. Masalan, nemis tilidagi bog’lovchisiz qo’shma gaplarni o’zbek tilida bog’lovchili qo’shma gaplar bilan berishni ham almashtiruv (sintaktik bog’lanishning bir turi boshqa turga almashtiriladi), ham qo’shish deb izohlash mumkin (chunki asl matnda yo’q bo’lgan bog’lovchi tarjima jarayonida qo’shiladi).

Ikkinchidan, elementar tarjimonlik transformatsiyalarining bunday to’rtta turi amaliyotda "sof" shaklda juda kam uchraydi - odatda bular bir-birlari bilan bog’lanib keladi, transformatsiyalar murakkab, "kompleks" xarakterga ega bo’ladi.

Yuqorida aytilganlarni inobatga olgan holda tarjima jarayonida bajariladigan transformatsiyalarning to’rtta turini ko’rib chiqamiz.



So’z va so’z birikmalari o’rnining tarjimada almashinuvi. Tarjimonlik transformatsiyaning bir turi deb sanalgan ushbu almashtirib turida biz tarjima matnida asl matnga nisbatan til elementlarining ketma-ketlik tartibini o’zgartirilishini tushunamiz.

Odatda quyidagi elementlarning, shu jumladan, so’zlar, so’z birikmalari, mustaqil gaplarni va qo’shma gap qismlarini, o’rnini almashtirib qo’yish mumkin.

Tillarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra tarjima jarayonida so’z va so’z birikmalarning gapdagi o’rnini o’zgartirish eng ko’p uchraydigan holdir. Ma’lumki, nemis va o’zbek tillarida so’z tartibi bir xil emas; tabiiyki, bu narsa tarjima jarayoniga ta’sir qilmasdan qolmaydi.

Masalan: All dies (1) /sagte (2) /die Teekanne (3) / in ihrer sorglosen



Jugendzeit (4). (H.Ch. Andersen. Teekanne. In: H.Ch.Andersen. Fliedermütterchen. Berlin, 1973. S.196).

Bu gaplarni (1) / choynak (3) / g’am-koyishsiz yoshlik yillarida (4) / aytar ekan (2). (G.X.Andersen. Choynak. G.X.Andersen. Juldurvoqi qirol taxtida. S.Yo’ldoshov tarjimasi. Toshkent, 1976. 229-230 bb.)

(Bu misolda 1, 2, 3, 4 raqamlari bilan gapning asosiy bo’laklari – to’ldiruvchi (1), kesim (2), ega (3), payt holi (4) belgilangan).

Ushbu misolda kesim o’rni o’zgargan: nemis tilida darak gapda kesim ikkinchi o’rinda kelsa, o’zbek tilida gap ohirida keladi.

Yana bir misolni ko’rib chiqamiz.

Die wichtigsten Aufgaben (1) / des Bundestages (2) / sind die Gesetzgebung, / die Wahl (3) / des Bundeskanzlers (4) / und / die Kontrolle (5) / der Regierung (6). (Tatsachen über Deutschland. Frankfurt/Main, Societäts-Verlag, 2000. S.151.)

Bundestagning (2) / eng muxim vazifalari (1) / konun chiqarish / federal kantslerni (4) / saylash (3) / va / hukumatni (6) / nazorat qilish (5)/ dan iborat. Ushbu misolda asl matnda qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalangan moslashmaydigan aniqlovchi (2, 4, 6) aniqlanmishdan keyin kelgan. Tarjima matnida esa bu aniqlovchilar aniqlanmishdan oldin keladi.

Almashtiruv tarjimonlik transformatsiyaning eng ko’p qo’llaniladigan turi hisoblanib, xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tarjima jarayonida grammatik birliklar - so’z shakllari, so’z turkumlari, gap bo’laklari, sintaktik bog’lanish turlari, hamda leksik birliklar almashtirilishi mumkin. Shu sababdan grammatik va leksik almashtiruvlarni farqlash mumkin. Yana shuni ham aytib o’tish joizki, ayrim birikmalardan tashqari murakkab konstruktsiyalar ham almashtirilishi mumkin. Bunday holda kompleks leksik-grammatik almashtiruv haqida gapirish mumkin.

Quyida grammatik almashtiruvning turlari haqida gapirib o’tamiz.



So’z shakllarini almashtiruvi. Ikki tilning grammatik tizimlari o’rtasida mavjud bo’lgan farqlar tarjimonlik ishida qiyinchiliklar tug’diradi. Ikkala tilda bir xildek ko’ringan grammatik kategoriyalar aslida o’z ma’nolarining hajmi, vazifasi va leksik materialini qamrab olishi jihatidan hech qachon bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Masalan, o’zbek va nemis tillarida otlarning ikkita son shakli - birlik va ko’plik shakllari – mavjud; ammo bu bir xildek tuyulgan grammatik shakllar orasida to’la semantik va funktsional bir xillik bo’lmaydi. Ko’p hollarda o’zbek tilidagi birlik shakliga nemis tilidagi ko’plik shakliga to’g’ri keladi. Masalan: Auf der Straße lag tiefer Schnee. Die Eltern (1) hatten keine Kohlen (2), so daß die Wohnung eiskalt war.

Ko’chada qor uyumlari turardi. Ota-onaning (1) ko’miri (2) yo’q edi, shuning uchun uy juda sovuq edi.

Uchta kitob - drei Bücher

Bir necha bola - einige Jungen

Juda ko’p daftar - sehr viele Hefte

Dasta-dasta gul - Blumensträuße

Ikki juft etik - zwei paar Schuhe
Ba’zida esa o’zbek tilidagi ko’plik shakliga nemis tilida birlik shakli to’g’ri keladi.

Yanada dillarimda (1) nash’alar (2) o’ynar (Uyg’un).

Wieder ist in meinem Herzen (1) Freude und Vergnügen (2).

Sening xotirangni unutmas aslo,

Mening yuraklarim O’rta Osiyo. (Vera Inber)

Mein Herz wird immer bewahren,

Mittelasien, Andenken an dich.

So’z turkumlarini almashtiruvi. Ko’p hollarda olmosh o’rniga tarjima tilida ot qo’llaniladi yoki, aksincha, ot o’rniga tarjima tilida olmosh ishlatiladi.

Es war ein schwerer Schlag, den sie erlitt, und das schwerste war, daß alle (1) lachten, über sie (2) lachten und nicht über die ungeschickte Hand. (H.Ch.Andersen. Die Teekanne. In: H.Ch.Andersen. Fliedermütterchen. Berlin, 1973. S.196-197).

Unga qaqshatqich zarba berilgan edi, eng malol keladigan joyi shunda ediki, odamlar (1) shalayim qo’ldan emas, balki yerga tushib singan choynakdan (2) kulishibdi. (G.X.Andersen. Choynak. /G.X.Andersen. Juldurvoqi qirol taxtida. S.Yo’ldoshev tarjimasi.T.,1976. 230 b.)

Bu misolda gumon olmoshi "alle" o’zbek tilida "odamlar"so’zi (ot) bilan, kishilik olmoshi "sie"- "choynak" so’zi (ot) bilan almashtirilgan.

Gap bo’laklarini almashtiruvi. Gap bo’laklarini almashtirganda asl matn so’zlari va so’z birikmalari tarjima tilida boshqa sintaktik funktsiyada qo’llaniladi. Masalan: Das Lied wurde von Frauen gesungen - qo’shiqni ayollar aytdilar. Ushbu misolda nemis tilidagi majhul nisbat o’rniga o’zbek tilida aniq nisbat qo’llanilgan. Nemis tilidagi gap egasiga (“das Lied“) o’zbek tilidagi to’ldiruvchi (“qo’shiqni“) to’g’ri keldi; nemis tilidagi "von" predlogi bilan kelgan to’ldiruvchi ("Frauen") o’zbek tilida ega vazifasida keladi (“ayollar“).

Yana bir misol: Ich brauche einen Taschenrechner- menga cho’ntakhisoblagich (kalkulator) kerak.

Bu misolda nemis tilidagi ega (“ich”) o’zbek tilida to’ldiruvchi (“menga“) bilan almashtirilgan. Nemischa gapdagi to’ldiruvchi (“einen Taschenrechner“) o’zbek tilida ega vazifasida kelgan (“cho’ntakhisoblagich“).

Sie hat einen Sohn - uning o’gli bor.

Bu misolda ham nemis tilidagi ega (Sie) va to’ldiruvchi (einen Sohn) tarjima tilida sintaktik funktsiyasini o’zgartirgan.



Qo’shma gapda sintaktik almashtiruv. Qo’shma gapda sintaktik transformatsiyalarning quyidagi turlari uchraydi:

1) sodda gap qo’shma gapga almashtiriladi;

2) qo’shma gap sodda gapga almashtiriladi;

3) bosh gap ergash gapga yoki, aksincha, ergash gap bosh gapga almashtiriladi;

4) ergashish bog’lanish bilan almashtiriladi;

5) bog’lovchili bog’lanish turi bog’lovchisiz bog’lanish turiga almashtiriladi.

1) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi

Masalan: Dann hüpften und tanzten sie und sprangen über Stühle und Bänke. Endlich tanzten sie zur Tür hinaus. (Brüder Grimm. Die Wichtelmänner. Erstes Märchen. In: Die Kinder- und Hausmärchen der Brüder Grimm. 19. Auflage. Berlin, 1982. S. 143)



Keyin ular qiyqirishib, raqs tushishibdi, stol-stullar ustida sakrab o’ynab, oxiri eshikdan chiqib ketishibdi. (Roza Sobirova tarjimasi. UrDU, 1996.)

Bu misolda asl matndagi ikki sodda gap tarjima tilida qo’shma gapga almashtirilgan (gaplarning birlashuvi).

2) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi

Masalan: Aber sie sprach nicht von ihrem Deckel, der war zerbrochen, der war gekittet worden, ... (H.Ch.Andersen. Die Teekanne, In : H.Ch.Andersen. Fliedermütterchen. Berlin, 1973. S.196)



Qopqog’i singanligi, qadoqlanganligi haqida lom-lim demas ekan.

(G.X.Andersen. Choynak. (S.Yo’ldoshev tarjimasi).­/G.X.Andersen. Juldurvoqi qirol taxtida. T., 1976. 229-bet.)

Bu misolda asl matndagi uchta sodda gapning birikuvidan yasalgan qo’shma gap tarjima tilida sodda gap bilan almashtirildi.

Bald darauf trat auch schon ein Käufer ein, und weil ihm die Schuhe so gut gefielen, so bezahlte er mehr als gewöhnlich dafür, und der Schuster konnte von dem Geld Leder zu zwei Paar Schuhen erhandeln. (Brüder Grimm. Die Wichtelmänner. In: Die Kinder-und Hausmärchen der Brüder Grimm. 19. Auflage. Berlin,1982.S.142.)



Tez orada xaridor ham kelib qolibdi. Unga etiklar shunday yoqibdiki, u belgilangan bahosidan ham ortiq pul tashlab ketibdi. Etikdo’z esa bu pulga ikki juft etikka yetadigan teri sotib olishga muvaffaq bo’libdi. (Roza Sobirova tarjimasi. UrDU, 1996.) Bu misolda asl matndagi bitta qo’shma gap tarjima tilida uchta sodda gapga bo’lingan (gap bo’linishi).

3) Bosh gapning ergash gap bilan, yoki aksincha, ergash gapning bosh gap bilan almashtirilishi.

Yuqoridagi misolning davomini yanada ko’rib chiqaylik: ...und weil ihm die Schuhe so gut gefielen (1), so bezahlte er mehr als gewöhnlich dafür (2),...

- Unga etiklar shunday yoqibdiki (1), u belgilangan bahosidan ham ortiqcha pul tashlab ketibdi (2). Bu misolda nemis tilidagi sabab ergash gap (1) o’zbek tilidagi bosh gapga (1) almashtirilgan. Nemis tilidagi bosh gap esa (2) o’zbek tilidagi natija ergash gap bilan almashtirilgan.

4) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi


Doch sie, die mich am meisten

Gequälet, geärgert, betrübt,

Die hat mich nie gehasset

Und hat mich nie geliebt. (H.Heine. Sie haben mich gequälet... In: Aus der Schatzkammer der deutschen Lyrik./Eine Auswahl für die 10. Klasse. Zusammengestellt und eingeleitet von V. N.Dewekin. Moskau, 1975, S, 57.)

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish