Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


«Eng daxshatlisi, - filologiya fanlari doktori H. Homidov yozganidek



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana04.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#429969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Saboxat

«Eng daxshatlisi, - filologiya fanlari doktori H. Homidov yozganidek
yomon muallim, ustod iymon–e’tiqodni kuydirib, odamlarni Yazdon yo’lidan 
qaytarib, johillik sari yetaklaydi. Vatan ravnaqi odamlarning ijodiy mehnatini 
ko’ra olmaydi, yer ochib, qo’sh haydab, ekin ekkanlaru bog’ bunyod etganlarga 
rashq ko’zi bilan qaraydi, xalqni esa qutlug’ an’analaridan mahrum etadi».
Har bir yoshning poklik, haqi halol, qo’li to’g’ri, nekbin bo’lib voyaga 
yetkazilishi ko’zda tutilgan. Ana shu ehtiyoj va talablardan kelib chiqib 
«Avesto»da tarbiyachilar, muallimlar, ustod-u mudarrislarning burchlari 
belgilangan. Ustoz haqida gap ketganda «Avesto»ning aksariyat qismlarida 
«ustodlar ustodi», «barcha bilim va hunarlar kaliti» Yazdon madh etiladi: u hamma 
narsaning yaratuvchisi, har ikki olam sehrini bilguvchi, barcha bilimlar egasi uni 
bandalariga in’om etuvchidir. Zardusht esa barcha pok niyatli odamlarga Yazdon 
buyurgan ilmlarni «yaxshilik yo’sini ila o’rgatib, ularni yaxshi bilan yomonni 
ajrata oladigan qiladi, to’g’ri yo’lga hidoyat etadi» deyiladi. Zeroki, «kimda–kim 
aql-u farosat bilan yomonlikka qarshi kurashsa, u Ahura Mazda yo’lini tutgan 


bo’ladi». Xullas Yashtlarda Zardusht odamlar ruhiyatiga rost so’z, pok aqida, halol 
niyatni singdiradigan ustozlar peshvozi sifatida madh qilinadi.
Yaxshi ustozlar «sog’lom aql, xushli farzandlar, jasur, dono va turli tillarni 
biladigan o’g’il–qizlar, elni balo-qazolardan himoya eta oladigan o’g’lonlar, 
«yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan avlodni» 
tarbiyalaydi. Bunday muallim yoshlar qalbida o’z dini, xalqi, yurtiga mehr 
uyg’otadi, ularni halol mehnat evaziga rizq-ro’z topib yashashga o’rgatadi. 
Nekbinlik, pokdomonlik, do’stlik-u hamkorlik, hamjihatlik-u xushravobinlik 
odamlarga faqat yaxshilik istash o’quvchilarga donishmand ustozlardan yuqadi
yodgorlik bo’lib qoladi. Goh va Yashtlardagi aksariyat parchalarda yaxshilik 
yomonlikka, adolat zulmga, donolik nodonlikka zid qo’yib tasvirlanib, birinchisi 
olqishlanib, ikkinchisi illat sifatida qoralanganidek, yaxshi ustozlar nodon 
ustozlarga qarshi qo’yib tasvirlangan. Yomon ustoz o’z loqaydligi, farosatsizligi, 
uquvsizligi, hunari, bilimi, malakasini takomillashtirish yo’lida zahmat 
chekmasligi 
bilan 
yosh 
avlodning, 
umuman, 
odamlarning 
zehnini 
o’tmaslashtiribgina qolmay, aqlini zanglatadi, hayotga, mehnatga bo’lgan 
munosabatlarini zaiflashtirib «ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirib qo’yadi».
Zardushtning Tangri bilan muloqoti – Miroj voqeasi bayonida ham yaxshi 
va yomon ustozlar haqida mulohazalar mavjud. «Noshud yomon muallim o’quvchi 
qalbidan hiradmanlikni yo’qotar ekan, ey Yazdon! Yomon ustoddan o’z 
panohingda asra», - deydi Zardusht. 
Ilm va tarbiya tufayli barkamollikka erishishni targ’ib etuvchi 
umumbashariy g’oya Qur’oni karim va payg’ambar Hadislarida alohida 
ta’kidlanadi. Ularda uqtirilishicha, ilm insoniy barkamollik vositasi bo’lib, 
beshikdan qabrgacha o’rganish zarur. Bu yo’lda to’rtta shart – olim bo’lmoq yoki 
ilm o’rgatuvchi bo’lmoq, tinglovchi bo’lmoq yohud ilmga muhabbatli bo’lmoq 
zarurligi uqtirilib, «beshinchisi bo’lma, halok bo’lasan», deyiladi.
«Avesto», avvalo, ta’lim-tarbiya va ezgulik kitobidir. Unda axloq va 
axloqsizlik, poklik va razillik o’zaro zid bo’lib, u ezgulik va yovuzlik olamlari 
o’rtasidagi kurashning tarkibiy qismidir. Bunda yaxshi andisha, yaxshi so’z va 
yaxshi amal ilohiylashtirilib, bu uch asl nom bilan atalgan muqaddas ruhlarga uch 
marta namoz o’qilgan, bularning teskarisi bo’lgan yovuz ruhlar esa la’natlangan. 
Chunki inson komillikka intilar ekan, axloq aqidalariga e’tiqodli bo’lib, zulmat 
ichida qolmasligi uchun o’z qalbida haqiqat va rostlik chirog’ini yoqishi, jaholat 
pardasini chil-parchin qilmog’i kerak, deb ta’lim berilgan. Bu hol ma’rifatga 
asoslangan ezgulik olami – axloq dunyosi bilan jaholatga qoplangan yovuzlik 
olami – tubanlik dunyosi o’rtasidagi kurash talqinlarida yorqin aks etadi.
Zardushtiylik ta’limotida ezgulik, avvalo, yaxshi fikrni ifoda etuvchi ezgu 
so’zdan boshlanadi. Bunday so’zlar ancha bo’lib, har biri ezgulikning muayyan 
qirralarini ifodalaydi va kishilar ruhiyatiga ta’sir etadi. Bunday so’zlarni 
mohiyatiga ko’ra, shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin.
1) Eng ezgu so’z – Oliy iloh nomi – «Ahura Mazda» so’zi. 
2) Yakka Tangri nomidan aytiladigan ilk so’zlar – ilohiy duolar. 
3) Dunyoviy mohiyat kasb etuvchi rost, haqqoniy so’zlar. 


Zardushtning Ahura Mazdadan «mening dilimga solgan ilk so’zing ne edi», 
deb so’rashi ham tasodifiy emas. «Yasna»ning 19 – Gohida Oliy Iloh bu ilk so’z – 
«Ahuna Vayrah» deb javob beradi. Mazdaparastlarning ushbu mashhur duosi har 
bir zardushtiy tilida doimo takrorlanadigan olqish va hamdu sanolar bo’lib, uning 
mazmuniga ezgu amal, andesha, bunyodkorlik, darveshlarga panohparvarlik Ahura 
yo’li ekanligi ulug’lanadi. Unga amal qilgan kishi esa ezgulik ne’matlaridan 
bahramand bo’ladi. Bu Ahura Mazda tilidan shunday bayon etiladi: «Kimki bu 
jahoniy tirikligi davomida «Ahuna Vayrah»ni yoddan tilovat qilsa yohud uni 
xotirasida saqlasa yohud uni lab ostida sekin zikr qilsa yohud kuylayotgan 
chog’ida uni olqishlasa Men–Ahura Mazda uning ruhini Chirvod ko’prigidan olib 
o’tib, uch karra behishtga – eng oliy tiriklik – eng oliy Osha – Haqiqat, eng oliy 
yorug’likka olib boraman.
Ezgulik ma’nosini anglatuvchi so’zlar muqaddas bo’lib, ularga munosabat 
axloqiy me’yorlarga dahldor hodisa sifatida qaralgan. Shunday so’zlar qatorida 
«Ahu» va «Rtu» so’zlari, ayniqsa, qadrlangan va Ahura Mazda farzlari tarkibida 
ularga katta o’rin berilgan. Bu ikki so’z ko’p hollarda birgalikda ishlatilib, Oliy 
iloh va Zardushtning sifatlari tarzida keladi va dunyoviy shodlik, jonni saqlash, 
inson umrini asrash ma’nolarini ifodalaydi. Shuning uchun ham bu so’zlarning 
zardushtiylar tomonidan «aytilgan, tilga keltirilgan va o’qilgan barcha so’zlar 
orasida eng zaruri» ekanligini ta’kidlab, Ahura Mazda kishilarga shunday iltijo 
qiladi: «Bu so’z shu qadar qudratlidirki, agar insonlar uni o’rgansalar va yodlarida 
saqlasalar, ular o’lim nimaligini bilmaydilar. Bu bizning so’zimiz. Har bir jahon 
ahli Osha – Haqiqatning oliy nurlari va Hidoyati bilan uni yod olsinlar, fikr 
qilsinlar».
«Avesto»da ta’kidlanishicha, barcha ezgu so’zlar Ahura Mazdaga 
tegishlidir. Bu so’zlarning tub mohiyati axloqning uch tamoyiliga ham «ezgu» 
so’zining qo’shilishida (ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal) yorqin mazmun–
mohiyatini izohlab, kishilarni ularga rioya qilishga undaydi (20 – Gohda). 
Jumladan, «Do’stlikka chinakkam do’st bo’lganlarga eng oliy ezgulik muyassar 
bo’ladi», «Osha – Haqiqatning jamiki fayz–shukuhi, kuch–qudrati haqiqat 
istovchilarga muyassar bo’ladi», «Haqiqatni aniqlovchilarga haqiqatning mukofoti 
nasib etadi» kabilar.
Kishilarni ezgulikka yo’llashda ezgu so’zning o’rni alohida ta’kidlanib, u 
pok fikrning ifodasi va inson axloqining tarkibiy qismi hisoblangan. Shuning 
uchun kishilarga so’zda, mulohazada va kundalik hayotda pok e’tiqodga suyanish 
tavsiya etilgan. Hususan, so’z va ish birligi g’oyasi alohida ta’kidlangan. 
Zardushtiylar hayotida so’zning o’rni va qudrati, inson shaxsi va 
ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyatiga donishmandlik ramzi sifatida alohida urg’u 
berilgan. Subutsizlik, aytilgan so’zga amal qilmaslik qattiq qoralangan. 
Vendidodning 4 fargardi, 2–bo’lim, ikkinchi qismida Zardusht «Ey dunyoni 
yaratuvchi zot! Ey haqiqat! qasamlarning sanog’i nechtadir, deb so’raydi. Ahura 
Mazda mening qasamlarim oltita bo’lib, birinchisi so’z qasamidir, deb javob 
beradi. Qasamlar boshida so’z qasami turishi bejiz emas. Chunki insonning ichki 
dunyosi va fikri, avvalo, so’zda ifodalanadi, iymon e’tiqodi aytgan so’zida va 
qilgan ishida aks etadi. So’zdagi ma’no–mazmun shaxsning aql–farosat darajasini 


belgilaydi. Shuning uchun ham Vendidodning uchinchi qismida kim so’z qasami 
yolg’iz so’zning o’zigina deb tushunsa, uni qo’l qasami bilan tuzatish va unga 
tavqi to’latish zarurligi aytilgan. Bundan tashqari, yaxshilik ma’budasini 
ulug’lovchi duolar faqat ezgu so’zlar bilan ifodalanishi so’zga e’tiborini yanada 
kuchaytirgan. Zardushtiylik marosimlarida «Men zardushtiylik diniga sodiq 
bo’lishga va’da beraman, men ezgu fikrlar, yaxshi so’zlar, yaxshi ishlarga 
ishonaman» kabi so’zlar orqali qasamyod qilishgani bejiz emas.
Quyoshni samoviy safarda kuzatuvchi ma’bud Mitra ta’rifiga bag’ishlangan 
Yashtda ham ezgu so’z talqinlariga keng o’rin berilgan. Bunda kishilar Mitraga 
sig’inib, «muqaddas so’zlar-u sidqidildan so’zlamoq» namunasini ko’radilar. 
«Avesto»dagi ezgu so’zlar real va ruhiy olamga bab-baravar tegishlidir. U 
insonning jismi va ruhini poklashga, jismoniy va ma’naviy yetuklikka xizmat 
qiladi. Uning qalbi ezgu niyatlar va Tangriga sadoqat tuyg’ularini jo etadi, yovuz 
kuchlar kirdikorlarini fosh qiladi. Bunda ustozlar, kohinlar o’gitlari va murabbiylar 
faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida bunga katta 
e’tibor berilgan.
Inson xarakterini belgilovchi beshta asosiy xususiyat «Avesto»da 
ta’riflangan. Ulardan ikkitasi bevosita ezgu so’zga aloqadordir. Bular so’zning aniq 
va ma’noli bo’lishi hamda oliy Tangri Ahura Mazdaga e’tiqod faqat ezgu so’z 
bilangina ifodalanishidir. Zero, kitobda «eng muhim so’z qaysi?» savoliga 
«burch», «saxiylik», «yaxshi niyatni ifodalovchi so’z» kabi javoblarni uchratish 
mumkin. Shuningdek, inson faoliyatining mohiyatiga aloqador o’zak vositalar 
sifatida aql, bilim, odob qatorida ezgu ish bilan uyg’unlashgan ezgu so’z ham qayd 
etiladi.
Rostgo’ylik va haqgo’ylik tangrining nomi bo’lib, «Avesto»da bular 
odamlarni hidoyat yo’liga boshlovchi fazilatlardir. Rostgo’ylik, ezgu so’z kishilar 
qalbini pok, dilini ravshan qilib, unga amal qilganlar tangri inoyatiga musharraf 
bo’lishi ta’kidlanadi. Shuning uchun rostgo’ylikka undovchi har bir kalima 
ilohiylik bilan muhrlangandir. 
Qadimda kishilarning so’zda sehr bo’lishi haqidagi qarashlari «Avesto»da 
ham aks etgan. Jumladan, Vendidodning yigirma birinchi fargardida so’zning 
sehrli kuchi, xastaliklarni davolashdagi o’rni xususida fikr yuritiladi. Ezgu so’zlar 
bilan davolashda oliy ilohni ulug’lovchi duo va oyatlarni bexato qiroat bilan 
o’qish, muhimi har bir kalimada haloskorlik mo’jizasi borligiga ishonish talab 
qilinadi. Zero, ezgu so’z ruhiyatga oziq, xasta dilga malham, kayfiyatga 
ko’tarinkilik bag’ishlovchi vosita sifatida e’zozlangan. 
«Avesto»da ezgulikni ifoda etuvchi va bevosita dunyoviy ma’no ustuvor 
bo’lgan so’zlar ishtirokidagi hikmatlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish 
mumkin: 
1) 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish