Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Janubiy Osiyo mamlakatlari turizmi



Download 1,22 Mb.
bet58/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Janubiy Osiyo mamlakatlari turizmi


Janubiy Osiyo mintaqasi yer sharida aholi eng zich yashaydigan hududlar qatoriga kiradi.
Bu mintaqada aholi soni 1.5 mlrd. kishiga yaqilashmoqda.
Janubiy Osiyo mintaqasida hindiston. Eron. Bangladesh. Pokiston. Afg‘oniston. Mal‘div Respublikasi. Nepal. SHri-Lanka mamlakatlari joylashgan.
Turizm bu mintaqada juda sekinlik bilan rivojlanmoqda. 1970 yildan 1996 yilgacha ya‘ni 26 yil davomida xalqaro turizm 20% ga o‘sganligi kuzatilgan. 1970 yilda bu mintaqaga 0.9 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa 1996 yilda 4.5 mln. turistlar tashrif buyurgan. Xalqaro turizm tushumlari 100 mln AQSH dollari darajasiga ko‘tarilgan. 1970-80 yillarda xorijiy turistlar tashrifi hamda tushumlar miqdori bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgan. 1970 yilda jahon turizm tushumlarining 0.56%ini tashkil qilgan bo‘lsa. 1980 yilda 1.5% ni tashkil etgan. 1985-1993 yillarda turistik tashriflar soni o‘sgan bo‘lsa ham tushumlar miqdori bo‘yicha pasayish kuzatilgan. Jahon turizm tushumlarining 0.62% ni tashkil qilgan. 1994 yildan boshlab sekinlik bilan bo‘lsa ham o‘sish kuzatilgan. 1996 yil Janubiy Osiy mamlakatlariga 4.485 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Turizm tushumlari 3.963 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Jahon turizm tashriflarining 0.76%i. jahon turizm tushumlarining 0.94%i to‘g‘ri kelgan. Bu mintaqada siyosiy barqarorlik. o‘zaro kelishmovChiliklar. turizm sohasi bo‘yicha sarmoya siyosatini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli. xalqaro turizm sust darajada rivojlangan.


Janubiy Osiyo mintaqasida turizm harakatlarining rivojlanish dinamikasi. 1970-2002 yillar


Yillar

Turstik tashriflar mln. kishi

O‘rtacha yillik o‘zgarish
%

Jahon turizm tashriflari ichidagi ulushi
%

Turistik tashriflar-dan tushgan tushum mlrd.
AQSH
dollari

O‘rtacha yillik o‘zgarish
%

Jahon turizm tashriflari ichidagi ulushi
%

1970

0.912

-

0.55

0.1

-

0.56

1975

1.557

70.72

0.70

0.329

229.0

0.81

1980

2.280

48.44

0.79

1.549

370.6

1.5

1985

2.540

11.4

0.77

1.400

-9.62

1.21

1986

2.731

7.52

0.80

1.77

19.07

1.19

1987

2.707

-0.88

0.74

1.875

12.48

1.09

1988

2.881

6.43

0.72

1.929

2.88

0.97

1989

3.054

6.0

0.71

2.022

4.82

0.95

1990

3.179

4.09

0.69

1.990

-1.58

0.77

1991

3.279

3.15

0.72

1.968

-1.11

0.76

1992

3.509

7.01

0.73

2.076

5.49

0.7

1993

3.459

-1.42

0.69

2.015

-2.94

0.62

1994

3.949

14.17

0.72

3.159

56.77

091

1995

4.300

8.89

0.76

3.642

15.29

091

1996

4.485

4.3

0.76

3.963

8.8

094

2002

6.079

24.4

0.88

5.367

35.0

1.14

MANBA: Butun jahon turizm tashkiloti.

2002 yilda Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga 6.079 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 1996 yilga nisbatan o‘sish sur‘atlari 24.4% ni tashkil etgan. Jahon bo‘yicha turizm tashriflarining 0.88%i Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan. Xalqaro turizm tushumlari 5.367 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan. Har bir turistik tashrif 2000 yilda 882 AQSH dollarga to‘g‘ri kelgan.


2002 yilda Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga qilingan tashriflar




Asosiy turistik mamlakatlar

2000 yil
mln. kishi

O‘zgarish %
2000/1999

1.

Hindiston

2.649

+ 6.7

2.

Eron

1.342

+ 1.6

3.

Mal‘div Respublikasi

0.467

+ 8.7

4.

Nepal

0.464

- 5.7

5.

Pokiston

0.557

+ 28.8

6.

SHri-Lanka

0.400

- 8.3

7.

Bangladesh

0.200

- 15.6




Jami

6.079

6.8

MANBA: Butun jahon turizm tashkiloti.
Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qilish bo‘yicha 2002 yilda tarixiy ahamiyatga molik muvaffaqiyatlarga erishdi. 2002 yilda jahon turizm harakatlari 2.7% ga o‘sishga erishilgan edi. Janubiy Osiyo mintaqasida oldingi yilga nisbatan o‘sish sur‘atlari 6.8% ni tashkil etdi. Bu yillik o‘sish dunyo bo‘yicha o‘rtacha o‘sishdan yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Bu mintaqada xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar bo‘lib o‘tmagan bo‘lsada. Eron va Hindistonning ekzotik dam olish joylari xorijiy turistlarning diqqat e‘tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Boshqa tomondan esa Nepal va SHri-Lanka hududlarida oldingi yilga nisbatan 5.7- 8.3% ga kamayish kuzatildi. Buning sababi hududda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy beqarorlik deb hisoblash mumkin.
  1. Hindiston davlatining turizmi


Hindiston Osiyo qit‘asining janubida joylashgan davlat. Hududi 3.287.732 kv.km. Yirik shaharlari: Dehli (8.4 mln. aholi). Kal‘kutta (11 mln). Bombey (12.6 mln). Madras (5.4 mln). Bangalor (4.1 mln). Haydarobod (4.3 mln). Ahmadobod (2.7 mln). Aholisining ko‘pligi jihatidan dunyoda Xitoy Xalq respublikasidan keyin 2-o‘rinda turad. Aholisining soni 1 milliarddan ortiqroq.
XIX-asrning o‘rtalaridan to 1947 yilgacha Buyuk Britaniyani mustamlakasi bo‘lgan. 1947 yil 15 avgustda mamlakat siyosiy mustaqillikka erishdi. 1950 yil 26 yanvarda respublika deb e‘lon qilindi. Ammo davlat ikki mamlakatga Hindiston va Pokiston mamlakatlariga ajralib ketadi. hozirigi kunda hindiston hududida 3 ta mustaqil davlat paydo bo‘lgan: Hindiston. Pokiston va Bangladesh. Hindiston Buyuk Britaniya boshChiligidagi hamdo‘stlik a‘zosi hisoblanadi.
Hindistonda 500 dan ortiq qabilalar itiqomat qiladi. Ular 100 dan ortiq turli tillarda so‘zlashadilar. ammo hind va ingliz tillari rasmiy til hisoblanadi. Aholining 83% hinduizm. 11%islom diniga e‘tiqod qilishadi. Shu bilan birga Sinx. Xristianlik. Jaynizm. Buddizm va boshqa dindorlar ham bor.
Keyingi yillarda xukumat iqtisodiyotni boshqarishda liberal qonunlarni keng joriy etmoqda. ma‘muriy choralardan moliya iqtisodiyoti va bozor munosabatlariga o‘tilmoqda. Bu esa xususiy tarmoq faoliyatiga yangi imkoniyatlar yaratib berish demakdir. Sarmoya qo‘yish siyosatida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa hind sanoatini moderinizatsiyalash
uchun chet eldan keltirilgan yordam uchun ko‘pgina imtiyozlar joriy etilgan.
Mamlakatning asosiy savdo sheriklari AQSH. Buyuk Britaniya. Yaponiya. Germaniya. Mamlakatda yetishtiriladigan choy. to‘qimaChilik mahsulotlari. tibbiy dori-darmonlar ko‘p mamlakatlarda yaxshi ma‘lum.
Eksportning 60% dan ortig‘i sanoata rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish sur‘atlari ancha yuqori. YaMM 125.390 mlrd. AQSH dollar. jon boshiga esa 1.360 AQSH dollar. Temir yo‘llarining uzunligi 61850 km.. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi esa 1.970 ming km. Asosiy dengiz portlari: Bombey va Madras.
Hindiston dunyoning eng qadimiy va madaniyati yuksak mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham xorijiy turistlarni bu mamlakatga qiziqishlari katta. hindistonda xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Hindistonning tarixiy-me‘moriy yodgorliklari. tarixiy joylari. muqaddas ziyoratgohlari xorijiy turistlar xordiq chiqarishi uchun qulay bo‘lgan milliy ruhdagi dam olish maskanlari. tabiati an‘anaviy hunarmandchilik. xalq ommaviy san‘ati dunyo aholisini doimiy ravishda jalb qilib kelgan. 2002 yilda hindistonga 2.649 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Janubiy Osiyo mamlakatlariga qilingan tashriflarning 43.4% Hindistonga to‘g‘ri kelgan.
Hindiston mamlakatining xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi ko‘rsatishicha jahon turistik tashriflarining 0.38%i. Janubiy Osiyo mintaqasiga qilingan tashriflarning 43.4%i hindiston mamlakatiniga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 6.7% ga ko‘paygan (5.13.1-jadval).
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.42%i. Janubiy Osiyo mintaqasi tushumlari bo‘yicha 43.1% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 2.2% ga o‘sganligi kuzatilgan. Har bir xorijiy tashrif Hindistonda 765 AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha 13.3% ga. Osiyo mintaqasi bo‘yicha 6.2% ga yuqori bo‘lgan.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida Buyuk Ipak yo‘li orqali qadimdan yaxshi iqtisodiy va madaniy munosabatlar mavjud bo‘lgan. Bobur va uning avlodlari bu ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlagan.
O‘zbekiston bilan Hindiston respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar rasmiy ravishda 1992 yil 18 martda o‘rnatilgan bo‘lib. ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Hindistonlik quruvchilar Toshkent. Samarqand va Buxoro shahalarida 3 ta super mehmonxonalarni qurib. ishga tushirdilar. hozirga kunda Toshkent Dehli shaharlari o‘rtasida samolyot qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 15 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. 30 dan ziyod qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda.

  1. Download 1,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish