Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Yaponiya davlatining turizm iqtisodiyoti



Download 1,22 Mb.
bet54/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Yaponiya davlatining turizm iqtisodiyoti


Yaponiya. (yaponcha «nippon nixon») Tinch okeanidagi orollarda Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Hududi to‘rt minga yaqin orollarni qamrab olgan. Shimoliy-Sharqdan Janubiy-Farbga qariyb 3 ming km.ga cho‘zilgan: eng yirik orollari: Xokkaydo. Xonsyu. Sikoku. Kyusyu. Mamlakatning asosiy orollari ulkan muhandislik inshootlari ya‘ni suv osti tunellar va ko‘priklar orqali o‘zaro bog‘langan. Maydoni 370 ming kv. km.. aholisi 125 mln. nafarga yaqin. Yaponiya bir millatli mamlakat. Aholisining 90%i dan ortig‘rog‘ini yaponlar tashkil etadi. Yaponiya aholisini soni jihatidan dunyoda oltinchi o‘rinda turadi.
Yaponiyaliklar o‘z yurtlarini «Nixon» deb ataydilar. bu so‘z ikki ieroglifdan tashkil topgan bo‘lib «Ni» quyosh va «Xon» ildiz. tomir so‘zlari birikmasining ma‘nosi «quyosh tomiri» demakdir. Odatda bu davlatni «Kun chiqar mamlakat» deb ham ataydilar.
Yaponiyaning eng yirik shaharlari: Tokio. Iokagama. Osaka. Kobe. Nagaya. Kioto.
Sapporo. Fukuoka.
Yaponiya poytaxti – Tokio dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. eng muhim sanoat. transport. turizm. savdo va madaniyat markazi hisoblanadi. SHaharning tashqi qiyofasida Yevropa va Yaponiya arxitekturasining qo‘shilib ketgan shakli aks etadi.
Tokiodan Tokio qo‘ltig‘i sohili bo‘ylab shahalar bir biriga tutashib ketgan. Ularda moddiy boylik ishlab chiqarmaydigan sohalarda ishlovchi xodimlar. xizmatchilar. ilmiy xodimlar. mehmonxona xizmatchilari. turizm sohasi xizmatchilari soni ko‘payib bormoqda.
Qo‘ltiqdan chiqaverishda hamma sohalar bo‘yicha sanoati rivojlangan hududning ikkinchi eng yirik markazi millioner shahar – Iokagama shahri joylashgan bo‘lib. u dengiz kanali orqali poytaxt bilan qo‘shilgan. Bu shaharda mamlakatning eng yirik mehmonxonalari va turizm markazlari joylashgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr Osiyo va Tinch okeani hududidagi mamlakatlar iqtisodiyoti uchun o‘ziga xos «sakrash» yillari bo‘ldi. Ko‘p yillar o‘rtacha va qoloq bo‘lib kelgan davlatlar tarixan qisqa vaqt ichida ulkan yutuqlarga erishdi. Ikkinchi jahon urushidan qattiq siyosiy va iqtisodiy talofat ko‘rgan. xatto taslim bo‘lishdek og‘ir musibatni boshidan kechirgan Yaponiya bir avlod umri davomida sanoat hamda ilmiy-texnika rivojida dunyoda eng taraqqiy etgan mamlakat darajasiga ko‘tarila oldiki. «Yaponiya mo‘‘jizasi» jahondagi barcha olimlar. iqtisodchilar. sotsiologlarni xayratga soldi. Yaponiyaning rivojlanish «sir»lari hammani shu jumladan. bizni ham qiziqtirishi tabiiy. Ayniqsa sanoatning va xizmat ko‘rsatish sohalarining nihoyatda tez o‘sish sur‘atlari. jahonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga tezlik bilan moslashuvchanlik. horijdagi ilg‘or tajribalarni nihoyatda ustalik bilan ijodiy qabul qilish va yanada rivojlantirish borasidagi nodir qobilyat yaponiyaliklarga xos xususiyatdir. Aynan shu bois u qisqa vaqt ichida jahonda AQSHdan keyin ikkinchi davlatga aylandi.
Yaponiyada quriqlikdagi transport ham. dengiz transporti ham birday rivojlangan. Bu. turizm industriyasini rivojlanishida katta rol‘ o‘ynaydi. Temir yo‘llarning uzunligi 27.327 km.. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi esa 1.111.974 km.. ichki daryo portlari 1.770 km. atrofida. Asosiy dengiz portlari: Muroran. Kitakyusyu. Kobe. Osaka. Tokio. Iokogama. Kavasaki. Kagosima. Nagoya. Ximedzi. Nagasaki. Tiba.
YaMM – 2527.4 mlrd. dollar. jon boshiga 20200 dollarni tashkil etadi.
Yaponiyada 10 mln. gektar yerda qo‘riqxonalar tashkil etilgan. mamlakat hududining 1/4 qismiga to‘g‘ri keladi. tabiat qo‘riqxonalari davlat tomonidan qo‘riqlanadi. SHuning yarmini 23 ta milliy bog‘ va davlatga qarashli qo‘riqxonalar tashkil etadi. 1970 yilda 40 ta dengiz suv osti milliy bog‘lari bunyod etilgan.
Bunday bog‘lar Yaponiyada xalqaro turizmni rivojlantirishga va xorijiy turistlarni qiziqishlariga sabab bo‘ladi. Yaponiya mo‘‘tadil subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. hududining 3/4 qismi qir va tog‘lardan iborat. Yaponiyaning go‘zal tabiat manzaralari va u yerda joylashgan turistik maskanlar har qanday xorijiy sayohatchilarni o‘ziga jalb etadi. Yaponiyada boshqa sohalar kabi xalqaro va milliy turizmni rivojlanishiga katta ahamiyat qaratilgan. Yaponiyada ko‘ngil ochar turizm yaxshi rivojlangan. Yaponiya turizm bozorini asosan Buyuk-Britaniya. AQSH. Germaniya. Koreya. Tailand. Avstraliya. Yangi Zelandiya mamlakatlari ta‘minlaydi.
Yaponiyaga 2000 yilda 4.8 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 1999 yilga nisbatan 7.2% ga o‘sish kuzatilgan. 2002 yilda 5.3 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan 2001 yilga nisbatan 9.8% ga o‘sish kuzatilgan.
Yaponiyaning chetga chiqish turizmi asosan AQSH. Kanada. Meksika. Argentina. Braziliya. Xitoy. Malayziya. Gonkong. Tailand. Koreya. Singapur. Avstraliya hamda Janubiy- Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Yaponiya davlati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 0.8%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga qilingan tashriflarning 4%i Yaponiya davlatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 9.8% ga ko‘paygan.
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.75%i. Osiyo va
Tinch okeani mintaqasi tushumlari bo‘yicha 3.7% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 6% ga o‘sganligi kuzatilgan (5.4.1-jadval). 2002 yilda har bir xorijiy tashrif 668 AQSH dollarini tashkil qilgan.O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil 26 yanvarda o‘rnatiladi. Yaponiya bilan O‘rta Osiyo o‘rtasida Buyuk ipak yo‘li orqali qadimgi savdo aloqalari mavjud. Xozirgi kunda bu aloqalar qayta tiklanib mustahkamlanmoqda.

  1. Download 1,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish